Saytning boshlang‘ich sahifasi (birinchi sahifa, indeks sahifasi) serverdan jo‘natilgan web-sahifa, so‘rov aniq hujjatga emas, katalogga yoki butun saytga kelsa, bu haqidagi ma’lumotni URL ohiridagi to‘g‘ri slesh beradi. Aynan qaysi sahifa ekanligi server sozlashlarda aniqlanadi. “Microsoft IIS”da bu – default.htm, “Apachie”da esa – index.html. Bu faylni ko‘pincha indeksli deb atashadi.
O‘z auditoriyangiz haqida albatta o‘ylang. Kimlar sizning saytingizda asosiy (ikkilamchi) auditoriyasi bo‘ladi. Ularning yoshi nechida? Ular nima bilan shug‘ullanishadi? Sizning saytingizda qancha vaqt o‘tkazishadi? O‘zingizdan so‘rang, har bir ma’lumotlar bo‘lagiga, har bir rasmga va har bir detalga auditoriyangiz qanday munosabatda bo‘ladi.
Sayt dizayni judayam murakkab va chigallashgan va juda sodda ham bo‘lishi kerak emas. Yaxshi dizaynning asosiy tarkibi – uning faolligidir. Sayt tez yuklanishi, matn o‘qimishli, sayt bo‘yicha navigatsiya esa – oddiy va tushunarli bo‘lishi kerak. Bundan so‘ng foydalanuvchini qiziqtirishi muhim.
Sayt reytingini oshirish uchun bir nechta maslahatlar:
1. Sahifa kengligini piksellarda emas, foizlarda bering. Gorizontal prokrutka – bu har bir saytning eng jiddiy kamchiliklardan biri. Agar resurs butunlay boshqa kamchiliklardan xolis bo‘lsa, gorizontal prokrutka, ayniqsa o‘qish uchun ma’lumotlar bo‘lgan sahifalarida ba’zi foydalanuvchilarni butunlay chiqib ketishga majbur qialdi.
2. Foydalanuvchilar uchun eng qiziq bo‘lgan ma’lumotlarni sahifaning tepa qismida joylashtiring, u prokrutkasiz bo‘lishi uchun. Sizning birinchi vazifangiz – foydalanuvchini qiziqtirish, keyin uni ushlab qolish uchun ko‘proq kuch sarflashingizga to‘g‘ri keladi, ammo agar foydalanuvchilar darrov ketishsa, u holda ushlab qolinadigan hech kim qolmaydi.
3. Agar sizning saytingizda matn ssilkalar o‘rniga tugmalar bo‘lsa, u holda navigatsiyaning matnli alternativ variantini albatta joylashtiring, aks holda foydalanuvchilar o‘chirilgan grafika bilan sizning saytingizda harakatlana olmaydi.
4. Ssilkalar tagiga har doim chizilgan bo‘lishi kerak – bu standart. Imkoni boricha ssilkalarni ko‘k rangda qiling, agar ular sizning o‘ylashingiz bo‘yicha boshqa rangda bo‘lsa, u holda saytning barcha sahifalarida rang bir hil bo‘lishini ta’minlang. Ssilkalardan tashqari hech qanday so‘z va so‘z birikmalarini chizib ko‘rsatmang, foydalanuvchilar ulargni sichqon yordamida bosishadi. Ajratish uchun qora shrift yoki kursiv, boshqa kegel va shriftdan foydalaning.
5. Ochilgan va ochilmagan ssilkalarni har hil ranglar bilan ajrating. Ayniqsa bu qoida katta arxivlar uchun mo‘ljallangan tarkibli sahifalar uchin qulay. Bitta ssilkani ikki marta ochishni hech kim yoqtirmaydi.
6. Agar sahifa uzun bo‘lsa (3 ekrandan ko‘p), u holda sahifaning pastki qismida takrorlanuvchi navigatsion panelini joylashtirish kerak, foydalanuvchilar sahifa boshiga qayta chiqmasligi uchun.
7. Rasm ko‘rinishidagi navigatsion ssilkalar foydalanuvchining yo‘nalishini ko‘rsatuvchi tushuntirishlar bilan tafsilotlarga ega bo‘lishi kerak.
8. Har bir rasm albatta matn tafsilotiga ega bo‘lishi kerak. Birinchidan, foydalanuvchi kursorni rasmga boshlab borganda, sizning tafsilotingiz bilan yo‘l ko‘rsatuvchini ko‘radi. Ikkinchidan, agar sizning foydalanuvchilaringiz brauzerida grafika o‘chirilgan bo‘lsa, u holda ular shu joyida qanday rasm joylashganligini bilishadi.
9. Sayt logotipi har doim saytning boshlang‘ich sahifasiga ssilka bo‘lishi kerak.
10. Foydalanuvchi saytda ma’lumotlar arxiviga ssilkani tez va oson topishi kerak.
11. Agar siz biror bir faylni ko‘chirishni taklif qilsangiz, u holda uning o‘lchamlarini ko‘rsating, foydalanuvchining shaxsiy vaqtini ketkazishga majbur qilmang.
12. Agar ssilka yangi oynada ochilsa, u holda bu haqda oldindan ogohlantiring, ko‘p tajribali internet foydalanuvchilarda qayta paydo bo‘ladigan qo‘shimcha barcha oynalarni yopishga refleks mavjud.
13. Navigatsiya bloklarni har bir sahifaga o‘rnating, agar saytda bo‘limlar osti bo‘lsa, u holda ularga ham ssilkalar bering, bu ma’lumotni izlash va sayt bo‘yicha ko‘chib yurish vaqtini tejaydi.
14. Agar saytda bittadan ko‘p bo‘lim mavjud bo‘lsa, resursingiz kartasini yarating. Agar siz kartangizni daraxt ko‘rinishida qilsangiz, u holda u ancha ko‘rgazmali bo‘ladi.
15. Sahifada huddi shu sahifaga ssilka yaratmaslikka haraqat qiling, natijada odiiy refresh hosil bo‘ladi va foydalanuvchi vaqtini yo‘qotadi. Rozi bo‘ling, yoqimsiz voqea, siz biror joyga bormoqchisiz, natijada esa ketmoqchi bo‘lgan joyingizda yana paydo bo‘ldingiz.
16. Agar sizning saytingiz ko‘p sonli matnli axborotlardan informatsion resursdan iborat bo‘lsa, u holda sayt bo‘yicha iloji boricha qidiruv skriptni o‘rnating.
Do'stlaringiz bilan baham: |