Bog'liq Task1.Mening muommoli vaziyatni hal qilish strategiyam (1)
Mening muommoli vaziyatni hal qilish strategiyam.
Bank sohasida faoliyat olib borganligim sababli quyida aytib o’tadigan muommoli vaziyatim aynan bankdagi ish faoliyati bilan bog’liq. Umuman olganda o’qish mobaynida olgan bilimlarim ish faoliyatimda qo’llash doim samara berib keladi. Har qanday muommoli vaziyat vujudga kelsa buni yechish uchun maxsus yo’l xaritasi tuzib chiqish orqali mavjud masalani ijobiy hal qilish mumkin bo’ladi. Strategiyani tuzishda qanday hamkorlar bilan muloqotga kirish orqali yechim topiladigan masala bo’lsa BATNA usulini doim yordam bergan. Bankdagi ish faoliyatim davomida men asosan bank faoliyatiga doir yuzaga kelishi mumkin bo’lgan xavf hatarlarni oldini olish va kamaytish bilan bog’liq masalalarni o’rganib kelmoqdaman. Bankning iqtisodiy ko’rsatkichlarini o’rganish davomida tadbirkorlar uchun beriladigan ajratilgan kredit mahsulotlarimiz savdosi bir muncha tushganligi va kredit rasmiylashtirish jarayoni ko’p vaqtni olayotganligini aniqladik, bu jarayonda xodimlar ish vaqtidan ortiq ham ishlaydi, xodimlar soni yetarlicha ammo natija kutilganidek emas. Muommoni aniqlash kompleks yondashuvni talab etdi, asosiy omilni aniqlash muommoni yechimiga yaqinlashtiruvchi asosiy qadam bo’ldi. Muommoning sabablarini aniqladik bular kredit shartnoma rasmiylashtirishdagi talab etiladigan hujjatlarnining keragidan ortiqchaligi, aniq bir o’rnatilgan standardda emasligi va ishchi dasturning takomillashtirilmaganligi. Muommoni aniqlash orqali biz yechimni tasavvur (vision) qildik, ya’ni mukammal ishchi dastur yaratilganligi va xodimlar aniq bir standardga ega bo’lgan hujjatlarni ortiqcha qiyinchiliklarsiz va tez fursatda kiritayotganligini ko’rdik. Buning uchun biz aniq bir yo’l xaritasi tuzib chiqdik: Dastlab tadbirkorlardan eng asosiy talab etiladigan hujjatlarni, topshirish shakllarini aniqlab oldik va buni tayyorlash tadbirkordan qancha vaqtni talab etishi belgilab olish. Shundan so’ng xodimlar uchun mukammal ishchi dasturni ta’minlab berish bunda qo’lda kiritilib chiqiladigan ma’lumotlar maksimum kamaytiriladi, dastur aniq belgilangan standarddan boshqasini qabul qilmaydi va kredit berish yoki bermaslik xulosasini olish vaqtini tezlashtirish. Bunda dastur o’ziga kerakli bo’lgan ma’lumotlarni olish uchun ishonchli axborot bazasi bilan ta’minlash. Keyingi jarayonda xodimlarni malakasini oshirish uchun ish joyining o’ziga mutaxasisni yuborish bunda yuborilgan mutaxasis vazifasi xodim, tahlili uchun kerak bo’ladigan ma’lumotlar bazasini bilan ishlaydigan dasturni qanday tez fursatda va ortiqcha vazifalarsiz amalga oshirish kerakligini o’rgatish. Yuqoridagi rejalar amalga oshirilib, hammasi tizimlashtirilgandan so’ng mavjud muammoni to’liq bartaraf etishga muvaffaq bo’ldik.