Mening mahallam-mening faxrim
Ne’matjonov Jahongir Nazirjon o’g’li
Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti
Moliya va Buxgalteriya hisobi fakulteti
Soliqlar va soliqqa tortish ta’lim yo’nalishi 3-kurs talabasi
Annotatsiya.
Ushbu maqola mamlakatimizning naqadar go’zal ,betakror ,benazir va takrorlanmas diyorlardan ekanligi ,shuningdek, har bir inson o’z vatanini sevishi,uni muqaddas bilib ardoqlashi kerakligi ,ona diyori uchun kerak bo’lsa jon fido qilishi kerakligi mazmunidagi haqiqatlar keltirilib, shu mavzuda so’z yuritilgan va tahlil qilingan. Maqola vatanimizning har bir farzandi uchun muhim hisoblanib, har bir hamyurtimizda vatanga bo’lgan muhabbatni oshirishiga qaratilgan.
Kalit so’zlar:ona vatan, mamlakat ,hamyurt,sodiqlik,vatanga bo’lgan muhabbat, yurt ravnaqi,faxr tuyg’usi, rivojlanish,ilm-fan,tarix,buyuk allomalar,yosh-avlod, mahalla
Annotation.
This article presents the facts about how beautiful, unique, unique and unrepeatable our country is, as well as the fact that everyone should love their homeland, consider it sacred, and sacrifice their lives for the sake of their motherland. mentioned and analyzed. The article is important for every child of our country and is aimed at increasing the love for our country in each of our compatriots.
Key words: motherland, country, compatriot, loyalty, love for the motherland, prosperity of the country, sense of pride, development, science, history, great scientists, young generation, neighborhood
Аннотаться.
В статье представлены факты о том, насколько прекрасна, неповторима, неповторима и неповторима наша страна, а также о том, что каждый должен любить свою Родину, считать ее священной и жертвовать своей жизнью ради Родины. Статья важна для каждого ребенка нашей страны и направлена на повышение любви к нашей стране в каждом из наших соотечественников.
Ключевые слова: Родина, страна, соотечественник, верность, любовь к Родине, процветание страны, чувство гордости, развитие, наука, история, великие ученые, молодое поколение, район
O’zbekiston - naqadar buyuk va juda juda tarixiy o’lka. Qanchadan –qancha shaxslar,turli xildagi asrlar,zamonlarni ko’rdi bu diyor. Ne-ne tarixiy va buyuk shaxslarni, olimlarni ,zamonasining eng ilg’or insonlarini butun yer yuziga tanitdi bizning yurt.Tarixan juda ko’p jarayonlarni boshdan kechirgan bu o’lkada hozirga kelib ham hayot shiddat bilan davom etmoqda.Insonlari juda sofdil ,mehmondo’st ,mehnatsevar, ilmga chanqoq va o’z yurtiga juda ham muhabbatli bo’lganligi taraflama boshqa mamlakat odamlari orasida o’tmishdan ham yaqqol ajralib turishgan va hozirga kelib ham shunday bo’lib qolmoqda.
Bugun O‘zbekiston – ilmga chanqoq va qat’iyatli yoshlar mamlakati! Har bir farzandining orzu-istaklari uchun qanot bermoqda.Va har bir insonning o’z tug’ilib o’sgan mahallasida bo’layotgan o’zgarishlarni ko’rib ko’zi quvnamasligini iloji yo’q. Ammo bu tinch -totuv kunlarga erishguncha yurtimiz boshiga qanchadan qancha musibatlar tushmagan deysiz. O‘zbek xalqi qanchalar og’ir kechmishlarni boshidan kechirsa-da, doim erk istadi, ozodlikka intildi, yaxshi kunlarni orzuladi va erishdi. Ma`rifatparvar adib vatandoshimiz Abdurauf Fitrat o‘z kitobida vatanining qayg’usi va taqdiri haqida shunday yozadi:
“Ey ulug’ Turon… Sen mening vatanimsan…
Mashhur xorij adabiyotshunoslaridan Jorj Bayron ham kim o’z yurtini sevmasa ,u boshqa hech narsani seva olmaydi mazmunidagi gaplari ham doimo o’z tasdig’ini topib kelmoqda. Vatanga va o’z tug’ilib o’sgan mahallasiga muhabbat tuyg’usi bo’lmaganda edi, yurtlar vayron va zamin talato’p bo’lgan bo’lar edi. Ammo, vayronagarchiliklar shohidi bo’layotgan yerlarni eshitasiz-u, beixtiyor “Bizga, Vatanimizga ko’z tegmasin” - deya duo ham qilishga shoshilasiz. Ne uchunkim, bugunning hali atrofni chuqur anglab ololmagan ba’zi bir gunohkor, nonko’r shu yurt vakillarining o’zga yurt qirg’inbarotiga shoshilib aralashishga ketayotganlarini eshitasiz. Bu zamin ne-ne yovlarga qarshi kurashgan, shahid bo’lib ketgan ota-bobokalonlar ruhi oldida qarzdor. Bugungi kunning nafasini ajdodlarimiz orzu qilib yashaganlarini barchamiz tarix varaqlaridan o’qib bilamiz. Biz yoshlar kuchli, bilimli, sog‘lom hamda yuksak ma’naviyatli bo’lib ulg’ayishimiz, siyratimizda ona xalqimiz va o’z tug’ilib o’sgan mahallamizga mehru muhabbatni sarbaland, yurt ravnaqini ta’minlashga hissa qo‘shishni sharaf deb biladigan komil inson sifatida voyaga yetishimiz zarur.
Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish boʻyicha beshta muhim tashabbus zamonamizning porloq kelajagi uchun kalit vazifasini bajaradi.Oʻz salohiyati bilan tengdoshlaridan ajralib turgan va qalbida ezgu maqsadlarni joylagan tengdoshim! Yuksak marralarni zabt etish uchun orzularni birlashtiraylik! Keling, yorqin hayot zinapoyalarini mustahkamlash uchun bir safda birga boʻlaylik! Darhaqiqat, bugungi oʻzgarishlar davri yuksak mahoratni talab etadi. XXI asr zamonaviy texnologiyalar asri ekanligini inkor etishning ilojisi yoʻq. Shunday ekan, dunyo tillarini o'rganishimiz zarur. Buyuk bobomiz Farobiy oʻz davrida 70 ta tillarni mukammal bilganligi haqida maʼlumotlar uchraydi. Demak, biz ham dunyo tillarini o’rganishimiz, zamon bilan hamnafas bo’lishiz zarur ekan! Prezidentimiz Shavkat Miramonovich Mirziyoyevning ushbu so’zlari esa yosh avlodga o’ziga hos bir chaqiriq bo’ldi “… Dunyoda xech qachon eskirmaydigan, yoʻqolmaydigan bebaho bir boylik borki, u ham boʻlsa, farzandiga bergan bilim va hunardir”.1 Darhaqiqat, prezidentimizning bu murojaatlarida juda katta teran ma’no borligini ko’p shaxslar yahshi anglaydilar.
So‘nggi o‘n yillikda O‘zbеkiston kam ta’minlanganlikni qisqartirish va to‘laqonli ovqatlanmaslik bilan bog‘liq masalalarni hal etishda sеzilarli yutuqlarga erishdi. Rasmiy statistikaga ko‘ra, mamlakatda kam ta’minlanganlik 2001 yilgi 28 foizlik ko‘rsatkichdan 2020 yilda 23 foizga pasaydi. Ijtimoiy birdamlik daromadlarning odilona taqsimlanishi, yangi ish o‘rinlari yaratilayotganda asosan qishloq joylariga urg‘u bеrilayotganligi va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga alohida e’tibor qaratilayotganligi bois erishilmoqda. By ma’lumotlar esa bizning o’z mahallamizga bo’lgan faxr tuyg’usini oshirmasdan qolmaydi, albatta.
Boshlang‘ich va o‘rta ta’limda gеndеr tеngligi saqlanmoqda, oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan talabalar orasida esa ayollarning ulushi 1998 yilgi 25 foizlik ko‘rsatkichdan 2020 yilda 36,1 foizga ko‘tarildi. O‘zbеkiston parlamеntida ayollar 1994 yilda 4 foiz bo‘lgan bo‘lsa, 2020 yilda bu ko‘rsatkich 19 foizga еtdi.2
O‘zbеkistonda onalar o‘limi ko‘rsatkichi 2000 yilda 100000 tug‘ruqqa 33,1 tani tashkil etgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich asta-sеkin 2020 yilda 23,1 taga kamaydi. Mazkur yutuqqa tug‘ilishni pasaytirish, istalmagan homila va abortlar sonini kamaytirish, homiladorlik orasidagi muddatlarni uzaytirish natijasida erishildi.
“Vatan ne? deb so‘rganlarga bir kaftgina tuproq berdim!” deydi shoir. Shu sabab ham vatanga muhabbat ostonadan, ona zamindan boshlanadi. Tanimiz ham tuproqniki – kamtarniki, demak. Har insonning o‘z kindik qoni to‘kilgan tuprog’ini – ona yurtini va mahallasini sevishi balki shundandir.
Mahalla! U – beminnat. U – bag’rikeng. U – suyuk. Ba`zan baralla aytgim keladi:
-Mahalla mening tomirlarimda!...
Men hech ikkilanmasdan O‘zbekistonni yoshlar mamlakati deya olaman. Demak, O‘zbekiston – yoshlar mamlakati ekan, biz yoshlar ham shu vatanga munosib bo‘lishimiz, qanchadan qancha mashaqqatlar evaziga qo‘lga kiritilgan mustaqilligimizni, Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev sa’y-harakatlari bilan kechayotgan erkin va farovon turmushimizni, tinch va osuda hayotimizni ko‘z-qorachig’imizdek asrashimiz, uning g’ururi, faxr-u iftixori ham bo‘lmog’imiz lozim. Vatan ravnaqi, taraqqiyotiga ozgina bo‘lsa-da o‘z hissamni qo‘shdimmi?, degan savolni o‘z-o‘zimizga har kuni bermog’imiz kerak.
Eng muhimi, o‘z vatanidan turib dunyodan ogoh va zamon bilan hamnafas bo‘lib yashaydi. “Moziyga qaytib ish ko‘rmoq xayrlikdir”, degan edi Abdulla Qodiriy. Biz ham moziyga nazar tashlasak, o‘zbek xalqi qadim-qadimdan buyuk allomalari bilan dunyoga tanilgan edi. Musulmon olamida tan olingan oltita ulug’ muhaddislarning uchtasi bizning yurt farzandlaridir. Bular – Imom Buxoriy, Imom Termiziy va Imom Nasoiydir. Shundayin buyuk insonlarni yetishtirgan yurt farzandi ekanimdan faxr tuyaman. Bu his, o‘z navbatida, o‘zimga bo‘lgan ishonch, kelajakka umid, yelkamga esa ulkan mas`uliyat yuklaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |