61-Mavzu:
Buyuk alloma Z.M. Bobur Andijon farzandi.
Maqsad:
Bolalarni buyuk allomalar bilan tanishtirish. Bobolarimiz yaratgan asarlarini bizga
qoldirgan ma’naviy merosini qadrlashni o`rgatish va mazmun mohiyatini tushuntirish. Buyuk
allomalarimiz asarlaridagi odamiylik, vatanparparlik, adolat, muhabbat, do`stlik, vafo,
halollik va mardlik kabi go`zal fazilatlarni bolajonlar ongiga singdirish. Bolalarni zukkolik,
tez fikrlash qobilyatlarini shakllantirish, xotira va tafakkurlarini rivojlantirish, buyuk
allomalarimizga bo`lgan hurmatini oshirish.
Kerakli jixozlar va materiallar:
Buyuk ollomalar rasimlari, Andijon shahrining hozirgi ko`rinishiga oid rasmlar, qo`chimcha
adabiyotlar va ma’lumotlar.
Faoliyatning borishi:
Bolajonlar bugun biz sizlar bilan buyuk alloma, shoh va shoir, davlat
arbobi Andijon farzandi Z.M. Bobur haqida suhbatlashamiz. Z.M. Boburning rasmi
ko`rsatiladi.
Bolajonlar rasmda kimni ko`ryabsiz?
Juda to`gri bu buyuk alloma, shox va shoir, davlat arbobi Z.M. Bobur. Z.M.Bobur 14-
fevralda Andijonda tug`ilgan. U buyuk sarkarda A.Temurning beshinchi avlodi, Farg`ona
hukmdori Umarshayxning farzandi.
Bobomiz Z.M. Bobur yoshligidanoq juda zehni o`tkir, ziyrak bola bo`lgan. Buni biz “Bobur
va kabutar” rivoyatidan bilishimiz mumkun.
Kunlardan bir kun Boburning otasi Umarshayx saroy a’yonlari bilan saroyda o`tirgan
ekan. Bir kabutar uchib kelib ayvon peshtoqiga qo`nibdida “g`ulu-g`ulu” qilaveribdi.
Umarshayx a’yonlaridan “kabutar ne deydur” deb so`rabdi. Ular “Oliy hazrat, kabutar
qilichlarini qindan sug`urmoq kerak deydur” deb javob berishibdi. Bir chekkada jim o`tirgan
Mirzo Bobur “Yoq kabutar unday demaydur, ota u qovun sayliga chaqiribdur. Jonivor
hushxabar keltiribdur” debdi. Umarshayx kabutarni tutib keltirishlarini buyuribdi. Kabutarni
tutib kelib oyog`idagi mis xalqani olib qarashsa, ichidam bir xat chiqibdi. Xatda “Oliyxazrat,
qovun ayni pishdi. Kelib qo`l urib bersalar” deb yozilgan ekan. Mirzo Boburning gapi to`g`ri
chiqqanidan hayratga tushgan Umayshayx o`g`lidan “Bunchalik topqirligingni boisi nedur?”
deb so`rabdi. Bobur “Ota bu kabutar o`tgan yili qovun sayli hushxabarini habar qilg`on edi,
uning o`ng qanotida qora xoli bor edi shundan tanidim” deb javob beribdi. Yosh Boburning
hushyorligi, topqirligiga qoyil qolgan Umarshayx a’yonlariga qarab “Qilichini emas, aql-
idrokini ishga solmoq lozimdir” deb barchani qovun sayliga otlanishga farmoyish beribdi.
Bolajonlar rivoyatdan ko`rinib turibdiki, u o`zining ziyrakligi, sinchkovligi va hushyorligi
bilan barchani lol qoldirgan. Shu bilan birga bir beozor qushni hayotini saqlab qolgan. Mirzo
Bobur ana shunday xislatlari bilan bir beozor qushni hayotini saqlab qolgan. Mirzo Bobur ana
shunday xislatlari bilan bir qatorda ko`p vaqtini kitob oqishga, bilim olishga bag`ishlardi.
U she’r o`qishni, musiqa eshtishni yaxshi ko`rgan. Bobur komondan o`q otish va
qilichbozlikdan saboq olgan. Bobur 12 yoshida taxtga o`tirgan. 16 yoshidan boshlab she’rlar
yozgan. Keyinchalik o`z yurtini tark etib, Afg`oniston va Hindistonga yuz tutganda Bobur
she’ryatida Vatan tuyg`usi, Vatan sog`inchi, unga qaytish umidi mav ura boshladi.
Bobur o`zga yurtda shoh bo`lsa ham o`z ona yurtini sog`inib, qumsab yashagan va
ushbu ruboyisini yozgan:
Tole yoqki boshimg`a balolig` bo`ldi
91
Har neyniki ayladim xatolig` bo`ldi
O`z yurtini qo`yib Hind sari yuzlandim
Yo rab netayin, bu ne yuzi qarolig` bo`ldi.
Zaxiriddin Muhammad bobur faqat yirik davlat arbobi va mohir lashkarboshigina bo`lib
qolmay, balki shu bilan birga, buyuk shoir, adib, tarixchi olimdir.
Ilm – ma’rifatni qadrlagan va unga homiylik qilgan shoirilm o`z-o`zidan bunyod
bo`lmaydi, kishi faqat havas va ishtiyoq bilangina ega bo`la oladi deydi:
Kim yor anga ilm tolibi ilm kerak
Organgali ilm tolibi ilm kerak
Men tolibi ilmu tolibi ilm yo`
Men bormen ilm tolibi ilm kerak
Yaxshi xulq – atvor, kishilarga yaxshilik qilish ezgu xiclat va olijanob fazilatdir:
Xulqingni rost etgil har sorig`aki borsang
“Ahsanta” der bori el, gar yaxshi ot chiqarsang
Bori elga yaxshilik qilgilki, mundin yaxshi yo`q, kim degaylar dahr aro qoldi, falondi
yaxshilig`.
Bobur xalqimizning “qilmish –qidirmish” degan gapiga amal qilib, yaxshi kishi yaxshilik,
yomono kishi yomonlik ko`radi mazmunidagi misralarni bitadi.
Shoirning lirikasidagi vatan ishtiyoqi, g`ariblikning hasrat va nadomat motivlari ham
bevosita uning murakkab hayoti va kurash yo`li, shodyona va alamli sargushatlari bilan
bog`liq.
Bobur temuriylar sulolasining hukmronligini halokatdan qutqarib qolmoqchi bo`ldi,
biroq bunga erisholmadi. U Movaraunnahrda yirik mustahkam davlat vujudga keltirmoqchi
bo`ldi, biroq orzu-umidlari barbod bo`ldi.
Ko`ngli tilagan murodga yetsa kishi
Yo barcha murodlarni tark etsa kishi
Bu ikki muyassar o`lmasa olamda
Boshni olib bir sorig`a ketsa kishi
Bobur Afg`oniston va Hindistonni egallab, katta imperiya qurdi. Biroq u umrining
oxiriga qadar tug`ilib o`sgan yurtidan-diyoridan ko`ngil uzolmadi, vataniga qaytish fikridan
kecha olmadi. U Afg`onistondaligida yor-do`stlariga yozgan bir ruboiynomasida:
Beqayd mehu xarobi sim ermasman
Ham mol yig`itirur laim ermasman
Qabulda iqomat qildi Bobur dersiz
Andoq demangizlarki, muqim ermasman, degan edi
Mana shu kayfiyatlarning ifodasi sifatida uning bir qator mungli va alamli she’rlari vujudga
keladi. Quyidagi ruboiy shular jumlasidandir.
Yod etmas emish kishibi g`urbatda kishi
Shod etmas emish ko`ngili mehnatda kishi
Ko`nglim bu g`ariblikda shod o`lmadi og
G`urbatda sevinmas emish albatta kishi
92
Bobur yurtini qoldirib chet elga ketishini bir “xatolik’, “yuz qarolik’ deb biladi, bu
ishidan qattiq pushaymon bo`ladi.
Bobur diyorini-vatanini ishtiyoq bilan sevadi.
Demak bolajonlar bizlar ham o`z ona vatanimizni sevib, e’zozlab, qadriga yetib
yashashimiz kerak. Aziz bolajonlar endi buyuk bobomiz Z.M. Bobur ruboyilaridan
o`rganamiz va yod olamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |