E’tiborga molik jihati: go‘zallikni ko‘rish qobiliyati, vatanparvarlik va vatanga muhabbat hissiyoti.
Qo‘shimcha: bolalar nutqini oshirish. O‘zbekiston xaritasi bilan tanishtirish. E’tiborga molik jihati: atrof olamdagi o‘zgarishlarga o‘z fikrini bildira olishi.
San’at markazi
Tayyorlab olingan tabiiy ranglardan kuz manzarasini chizish
Maqsad: Kuzning o‘ziga hos hususiyatlari va kuzgi tabiat o‘zgarishlari bilan tanishish, “hazonrezgi” va “jala” mavzusidagi so‘zlar bilan so‘z boyliklari oshadi
Jihozlar va materiallar: qog‘oz, natyurmort, bo‘yoqlar, maxsus stakancha, tabiiy xom-ashyolar
Faoliyatni olib borilishi:
1. Kuz haqida suhbat
2. Bolalarda tabiat ranglari bo‘yicha tasavvurlarini kengaytirish
3. Namunaga qarab chizish
4. Ko‘rgazmani tashkil etish va rag‘batlantirish
Qo‘shimcha qism: Mavzuni mustahkamlash uchun tarbiyachi jamoada ishlashni o‘rgatishi va kuzni boshqa fasllar bilan taqqoslashi lozim
Do'stlaringiz bilan baham: |