2 kun Sheshanba
Umumiy guruhlarda ishlash ( matematika)
Mavzu: Yil kalendari
Maqsad:
Bolalarda yil kalendari haqida tushuncha hosil qilish.
Kutilayotgan natija:
Bolalar yil kalendari haqida dastlabki tushunchalarni egallaydilar.
Kerakli jihozlar:
2 ta kalendar
Oylarning nomi alohi-alohida yozilgan kartochkalar (har bir bolaga)
Faoliyatning borishi:
Tarbiyachi bolalarga kalendarni ko‘rsatadi va «Bolalar, bu nimaligini bilasizmi?», deb so‘raydi.
Tarbiyachi: Bolajonlar, bu kalendar deyiladi. Sizlar bir yilda 4 ta fasl borligini bilasizlar, mana shu fasllarning har birida 3 oy bor. Mana shu oylar kalendarda aks etadi. Masalan: bahor oylari-mart, aprel, may, yoz oylari-iyun, iyul, avgust, kuz oylari-sentyabr, oktyabr, noyabr, qish oylari- dekabr, yanvar, fevral.
Do'stlaringiz bilan baham: |