Faoliyatning borishi :
Tarbiyachi: Bolalar bugun biz sizlar bilan atrof olami mashg`ulotida “Mening
chiroyli kemacham” mavzusida suhbatlashamiz. Bolalar suv usti transportlariga
qaysilar kiradi? Ularning nomlarini menga kim sanab beradi?
1-bola: kema, qayiq, paravoz.
Tarbiyachi: Barakalla bolajonlar bu transportlarning nima uchun yer usti transportlari
deb ayatmiz?
2-bola: chunki hammasi suvda yuradi.
Tarbiyachi : to`g`ri bolajonlar men hozir sizlarga “Hazrat Nuxning” kemasi va to`fon
hodisasi ibratli hikoyasini o`qib beraman. Bolalar endi ushbu hikoya asosida savol –
javob o`tkazamiz.
Tarbiyachi : Bolalar sizlarga bir topishmoq aytaman va javobini topasizlar, keyin
bo`g`inlarga ajratamiz.
Qanoti bor ucholmaydi
Quruq yerni qucholmaydi.
Bolalar : Kema
Tarbiyachi : endi kema so`zini ajrataylik!
1-bola : Ke-ma ikki bo`g`indan iborat .
Tarbiyachi : Barakalla, endi bolajonlar hammamiz birgalikda kema rasmini chizamiz.
Chizish uchun bizlarga nimalar kerak bo`ladi ?
Bolalar : oq qog`oz va qalamlar.
Tarbiyachi : Barakalla kim chizgan kema chiroyli chiqar ekan. Kemani chizishda biz
qanday shakldan foydalanamiz ?
Bolalar : yarim doira shaklidan.
Tarbiyachi : raxmat. Bolalar qayiq, kema, paravozlardan nimalar uchun foydalanamiz
qani kim menga yatadi ?
1-bola : qayiqdan o`tirib baliq tutish uchun
2-bola : kemadan katta-katta yuklarni tashish uchun.
3-bola : paravozda sayrga chiqishda, atrofni kuzatishda.
Tarbiyachi: to`g`ri bolajonlar bizga suv osti transportlari ham juda kerak ekan.
Bolalar kelinglar endi birgalikda lego o`yinchoqlarimizdan foydalanib qayiqcha
yasaymiz. Tarbiyachi birgalikda qayiqcha yasaydilar mashg`ulotga faol qatnashgan
bolalarni rag`batlantiradilar.
147
72-Mavzu: Maktabga ekskursiya
Qo`llash usullari : kuzatish, ko`rsatish, tushuntirib borish, savol-javob
Kerakli jihozlar : mavzuga oid predmetli hamda ko`rgazmali rasm
Rivojlanish soxalari bo`yicha maqsadkar:
1. Jismoniy rivojlanish va sog`lom turmush tarzini rivojlantirish, bolalarda tevarak-
atrofga bo`lgan axloqiy sifatlarini shakllantirish
2. Ijtimoiy hissiy rivojlantirish:
Jamoatda bolalarni shu jamoa a’zosi kabi shaxsiy sifatlarini shakllantirish. Guruhda
bolalar o`rtasidagi do`stona munosabatlarni shakllantirish jamoada jipslikni
ta’minlash. Bolalarda o`zini va o`zgalarga bo`lgan emotsional hissiy holatlarni
ko`rsata olish.
3. Nutq, muloqot, o`qish va yozish malakalari. Yo`l harakati qoidalari haqida
tasavvurlarini kengaytirish. Fikrlash faolligini kuzatish qobilyatini taxlil qilish va
xulosa chiqarishni shakllantirish bolalar so`z boyligini oshirish.
4. Bilish jarayonini rivojlantirish :
Bolalarga yo`l harakati belgilarining ma’nolari bilan tanishtirishni davom ettirish
bolalarda favqulotda xolatlarda o`zini tutish ko`nikmalarini shakllantirish.
Havf keltirib chiqarish mumkin.
148
Do'stlaringiz bilan baham: |