TURMUSH MASALASI - QACHON TURMUSH QURMOQCHIMAN? – KO’NGLIMDAGIDAY QIZNI TOPGANIMDAN KEYIN. UNI AVVALO IBO-HAYOLI, ALLOHDAN QO’RQADIGAN, O’RANGAN, TOAT-IBODATDA BO’LGAN, TO’G’RISO’Z ,SHIRINSO’Z VA CHIROYLI, SABR-TOQATLI … SHUNDAY TASAVVUR QILAMAN. FARZAND MASLASIGA KELSAK ALLOHNING BERGANI. REJADA 2-3 TA. OILADA ERNING VAZIFASI OILASINI BOQISH, E’TIBORLI BO’LISH. BIR SO’Z BILAN AYTGANDA MODDIY VA MA’NAVIY QO’LLAB QUVVATLASH. AYOLNING VAZIFASI ER ITOATIDA BO’LIB, ERNING TOPGANINI TO’G’RI TAQSIMLASH VA BOLALARGA CHIROYLI TARBIYA BERISH.
10 YILDAN SO’NG - ASOSIY MAQSADIM BAXTLI OILA QURISH. MAQSADIMDAY UY QURISH, MASHINA OLISH( MERCEDES- BENZ A-250 BLACK) VA O’Z BIZNESIMNI RIVOJLANTIRISH. BUNING UCHUN HOZIR CHUQUR BILIMGA EGA BO’LIB XALQARO DARAJAGA CHIQISH.
USTOZLARIM - DADAM-MENING QAYSI YO’LDAN YURISHIM KERAKLIGINI ANGLATGAN USTOZIM
- MAKTABDAGI USTOZLARIM - MENGA BILIM BERIB , KO’KLARGA KO’TARGAN USTOZLARIM
- UNIVERSITETDAGI USTOZLARIM – BILIMNING YANGI SARHADLARI SARI BOSHLAGAN USTOZLARIM. ULARDAN BIR MASALANING TURLI MOHIYATINI KASHF ETDIM.
- YOZUVCHI, SHOIR, FAYLASUFLARNING GAPLARI, FIKRLARI.
- HAYOT- HAMMA UCHUN USTOZ
O’QIGAN KITOBLARIM HAQIDA - O’ZBEK ADABIYOTIDAN: NAVOIY, OYBEK, CHO’LPON, O’TKIR HOSHIMOV, XUDOYBERDI TO’XTABOYEV, ODIL YOQUBOV, PIRIMQUL QODIROV, ASQAD MUXTOR KABI SHOIR-YOZUVCHILARNING ASARLARINI O’QIGANMAN
- JAHON ADABIYOTIDAN: ALEKSANDR DYUMA, SHEKSPIR, ALEKSANDR VOLKOV, TOLSTOY, JYUL VERN, CHINGIZ AYTMATOV, PUSHKIN, LERMONTOV , FET KABI SHOIR-YOZUVCHILARNING TARJIMA ASARLARINI O’QIGANMAN.
MEN YOQTIRGAN KITOB - MENGA ALEKSANDR DYUMANING “ UCH MUSHKETYOR”, “ IF QAL’ASINING MAHBUSI” ASARLARI JUDA YOQADI. AYNIQSA “UCH MUSHKETYOR” ASARIDAGI DARTANYAN OBRAZI VA “IF QAL’ASI MAHBUSI” ASARIDAGI DANTES OBRAZLARI YODIMDA QOLGAN.
- PIRIMQUL QODIROVNING “ AVLODLAR DOVONI” ROMANIDAGI HUMOYUN VA AKBARSHOH OBRAZLARINI KATTA QIZIQISH BILAN O’QIGANMAN.
ISLOHOTLAR HAQIDA - ISLOHOT ISLOHOT UCHUN EMAS , AVVALO INSON UCHUN.
- HOZIRGI DAVRDAGI RO’Y BERAYOTGAN O’ZGARISHLAR , CHIQARILAYOTGAN QONUNLAR , YARATILAYOTGAN IMKONIYATLAR , SHUBHASIZ ERTAMIZNI BUGUNDAN FAROVON QILISHGA QARATILGAN.
- FIKRIMCHA, MAKTABLARDA BOLALARGA BERILAYOTGAN BILIM NI QONIQARLI EMAS DEB HISOBLAYMAN. BU HAMMA MAKTABLARGA HAM TA’ALUQLI EMAS, BIROQ KOPCHILIK MAKTABLARDA PEDAGOGLARNING BOLANI BILIMGA QIZIQTIRISH SALOHIYATI YETISHMAYDI. SHUNING UCHUN INNAVATSION TEXNOLOGIYALAR ORQALI BILIM BERISHGA O’TISH ZARUR DEB HISOBLAYMAN.
YAKUNIY QISM
Do'stlaringiz bilan baham: |