Менга берилган материални ўзбек тилига таржимон қилганимда рус сўзларининг айримларини қуйидаги таржима қилиб ишлатганман


Yaratilgan MMDS, LMDS, MVDS tizimlari



Download 27 Mb.
bet106/140
Sana23.04.2022
Hajmi27 Mb.
#576081
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   140
Bog'liq
УЧЕБНИК ЦИФРОВОЕ ТВ Узб Лотин последнее

6.7. Yaratilgan MMDS, LMDS, MVDS tizimlari


6.7.1. MMDS tizimi

MMDS (Multichannel Multipoint Distribution Service) - ko‘p kanalli ko‘p nuqtali taqsimlanuvchi tizimlar 20 asrning 70- yillarida ishlab chiqilgan MDS (Multipoint Distribution System) 2,1-2,7 GGs diapazonida uzatgichdan 50 km radius masofani qamrab oladigan tizim o‘rniga kelgan. Ular 50-60 km radiusli zonaning 2,5-2,7 GGs diapazonida ishlashiga imkon beradi. Shu bilan birga bazaviy stansiya uzatgichining quvvati,odatda 100 Vt (1kVt gacha) dan oshmaydi, ammo oddiy analog televizion tarmoqlar uzatgichlari quvvati 10….50 kVt bo‘lishlari kerak edi.


Yer usti televideniyesida ko‘p kanalli MMDS tizimlaridan foydalanish, yer usti teleeshittirishning oddiy tizimlariga nisbatan bir qator afzalliklarga ega:

  • Ular analog signal standartidan kelib chiqqan holda, 25 tagacha televizion dasturlarni va MPEG-2 standartida raqamli signallarnii modulyatsiyalashda esa 4-6 marta ko‘proq dasturlani uzatish qobiliyatiga ega.

  • Radio va teleeshittirish uzatgichning umumiy quvvati 1000 Vt (asosan 1-10 Vt) dan oshmagan, ekologik xavfsiz darajada olib boriladi.

  • 15-25 sm chiziqli, o‘lchami kichik hajmli ixcham antennalardan foydalanish hisobiga abonent qurilmalarining nisbatan arzonligi.

  • Ushbu tizimlar uchun ajratilgan chastota diapazonlarida (2,5-2,7 GGs) shovqinlarning nisbatan past darajasi hisobiga signallar yuqori sifatining ta’minlanishi.

  • NTSC, PAL, SECAM televizion standartlari qabul qilish shartlariga bog‘liq bo‘lmagan signallarni raqamlashtirish hisobiga.

  • MMDS tizimlari ko‘p qavatli qurilishlarga ega yirik shaharlarda “o‘lik zonalarni” bartaraf etish imkonini beradi. Ular kabelli televideniye tizimlarini qurishga nisbatan tejamkorlikni ta’minlaydi. Agar tarmoqlangan kabel tizimida 5...20 km maydonni qoplash talab etilsa, unda retranslyatorli variant afzalroq bo‘lishi mumkin.


6.25- rasm. MMDS tizimi bazasidagi teleradioeshittirishni tashkil etilishi chizmasi.



  • Uzaytirilgan magistral va submagistral liniyalarining yo‘qligi hisobiga ekspluatatsion xarajatlar ancha qisqaradi.

  • MMDS texnologiyalari asosidagi, uyali televideniye tizimlari orqali, regional darajada retranslyatsiya qilinayotgan teledasturlar sonini oshirishga keng imkoniyatlar ochiladi: 2-5 telekanallar o‘rniga teletomoshabinlar 100 tagacha chet el raqamli kanallarini ko‘rishlari mumkin.

MMDS tizimining qurilish vaqti uning konfiguratsiyasiga bog‘liq holda bir necha kundan, to 2-3 hafta oralig‘ida bo‘lishi mumkin. 6.25-rasmda MMDS tizimidagi televizion eshittirishni tashkil etish strukturasi keltirilgan.
MMDS qurilmalarida kvadraturaviy amplituda modulyatsiyali 4ta pozitsiyali QPSK(modulyatsion simvolga 2 ta bitdan)dan,to 256 pozitsiyali QAM (256 - QAM modulyatsion simvolga 8 bit to‘g‘ri keladi) gacha qo‘llaniladi. Shuning uchun MMDS dagi ma’lumotlarni uzatish tezligi, mos kanal kengligida,juda katta qiymatlarga ega bo‘lishi mumkin. Shunday qilib, standart 8 MGsli televizion kanalda nazariy tezlik 56 MGs/sgacha bo‘lishi mumkin. Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, dastlab MMDS tizimi televizion programma signallarini bir tomonga yo‘naltirishga moslashtirilgan edi. Biroq so‘nggi yillarda ikki tomonlama ishlash (interaktiv) uchun qurilmalar paydo bo‘la boshladilar, ayniqsa teskari kanalli Internetni ta’minlash uchun. Bunda qoida bo‘yicha teskari,ikkinchi kanal 4-8 marta kichik bo‘lgan o‘tkazish polosasiga ega bo‘ladi.
MMDS tizimining muhim ko‘rsatgichlaridan biri, uning turli darajadagi daromadiga ega aholining keng qatlamlari uchun foydalanishni tashkil etish hisoblanadi. MMDS butun shahar axolisi uchun televizion dasturlar qabul qilishdagi oddiy va qimmat bo‘lmagan manbaa sifatida, hamda ayni vaqtda talabchan mijozlar uchun yopiq kanallar paketiga ega pullik televideniye tizimi sifatida qo‘llanilishi mumkin.
MMDS tizimlaridagi teleeshittirish bir kanalli va ko‘p kanalli sxema bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin. Shunday qilib, uzatgich guruhlari ko‘p kanalli yoki bir kanalli hamda analog yoki raqamli signallarning uzatishga mo‘ljallangan bo‘lishlari lozim. Undan tashqari, uzatgichlar bino ichida yoki antenna yaqinida, bino tashqarisida ishlashga mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin. Uzatgichlarni antenna oldida joylashtirish varianti fider liniyalaridagi xatoliklarni deyarli hisobga olmaslikka imkon beradi, biroq temperatura va namlikning sezilarli o‘zgarishlari ishlashning ishonchligiga bo‘lgan talablarning o'sishiga olib keladi va natijada xizmat ko‘rsatish murakkablashadi.
Bir kanalli variantda N-televizion dasturlarni uzatish uchun modulyator va uzatgichlardan iborat bo‘lgan N- uzatgich qurilmalari qo‘llaniladilar va chiqishda turli uzatgichlarning quvvatlarini yig‘ish, jamlash 6.26-rasmda ko‘rsatilganidek antennada amalga oshiriladi.
Ko‘p kanalli variantda uzatilayotgan N-televizion dasturalar avval o‘zlarining modulyatorlariga kelib tushadilar, keyinchalik ulardan umumiy antennaga ishlovchi keng polosali uzatgichni modulyatsiyalaydigan guruh signali shakllantiriladi (6.27-rasm).

6.26- rasm. MMDS tizimida bir kanalli uztgichlardan foydalangan holdagi tuzilmaviy sxema

6.27- rasm. MMDS tizimida ko‘p kanalli uztgichlardan foydalangan holdagi tuzilmaviy sxema.


Bir kanalli variantda butun quvvat bitta kanalga yo‘naltiriladi, ko‘p kanalli variantda esa 8 ta kanal uchun quvvat taxminan 50 martaga kamayadi, ya’ni quvvat har bir kanalda taxminan 2N martaga pasayadi. Shunday qilib, ko‘p kanalli uzatgichlar qamrab olish zonasi radiusi 6 km dan oshmaydigan, kichik shaharlar va shahar ko‘rinishidagi qishloqlarda ishlatilishiga mo‘ljallangan. Bunda 2,5....2,7 GGs polosadagi MMDS tizimi, standart 8 MGs polosali PAL yoki SECAM analog televideniyesining 24 kanalini tashkil etish imkonini beradi.


Ekranlashgan to'siqlar (balandlik, texnik qurilma va boshqalar) yoki joyning murakkab relefi mavjud bo‘lgan, yuqori qavatli shahar qurilishlarida abonent terminal antennalari va bazaviy antennalar orasidagi, yuzaga keladigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rinishni ta’minlanmasligi tufayli hosil bo‘ladigan “o‘lik zona”larni chiqarib tashlash uchun retranslyatorlardan foydalanish ko‘zda tutiladi (6.28-rasm).



6.28- rasm. MMDS tizimda retranslyator yordamida signal uzatish chizmasi


Retranslyator - ko‘pincha filtrlovchi blokli qabul qilish va uzatish antennalardan hamda keng polosali kuchaytirgichlardan iborat bo‘lgan, xizmat ko‘rsatmaydigan qabul-uzatish kompleksidir. Bunda retranslyator ko‘pincha, signalni qaysi chastotada qabul qilsa, aynan shu chastota tarqatadi. Asosiy uzatgich va retranslyatorlarning qamrov zonasidagi mavjud xalaqitlardan qutilish uchun retranslyatordan signal uzatish boshqa polyarizatsiyada amalga oshiriladi yoki retranslyatorning antennalari uzatish va qabul qilish yo‘llanma diagrammasi uchun mos konfiguratsiya tanlanadi. Retranslyator uzatgichi va qabul qilgichi tegishli antennalar yaqinida joylashadilar, ob-havo sharoitining ta’siridan ishonchli himoya qiladigan germetik korpusga va termoboshqaruv tizimi egadirlar.



Download 27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish