Menejmet va marketing



Download 5 Mb.
Pdf ko'rish
bet449/589
Sana29.12.2021
Hajmi5 Mb.
#81634
1   ...   445   446   447   448   449   450   451   452   ...   589
Bog'liq
Menejment.Marketing uzb

 

 

13-Mavzu. Marketing tizimida axborot ta'minoti . 

 

KEYS STADI 

O’zbekiston Respublikasida aloqa va axborotlashtirish sohasini 

rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari 

 

Axborot-kommunikatsiya  texnologiyalarini  rivojlantirish  2002-2010  yillarda 



kompyuterlashtirish  va  axborot-kommunikatsiya  texnologiyalarini  rivojlantirish 

dasturiga  aloqa  va  axborot-kommunikatsiya  sohasidagi  islohotlarni  borishi 

quyidagi ko’rsatkichlar bilan baholanadi. 

Birinchidan  –  aloqa  va  axborotlashtirish  sohasini  yanada  rivojlantirishga 

qaratilgan meyoriy-xuqukiy baza takomillashmoqda: 

Pochta sohasini yanada rivojlantirish maqsadida «2010 yilgacha pochta aloqa 

shaxobchalarini  zamonaviylashtirish,  axborot-kommunikatsiya  texnologiyalari 

negizida  xizmatlarning  yangi  turlarini  joriy  etish  va  rivojlantirish  dasturi 

to’g’risida»gi  Vazirlar  Mahkamasining 128-son qarori  (2005  y.  19  maydagi 128-

son),  «Axborot  texnologiyalari  sohasida  kadrlar  tayyorlash  tizimini 

takomillashtirish to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentning PQ-91-son 

qarori (2005 y. 2 iyundagi), shuningdek axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini 

(AKT)  rivojlantirishga  taaluqli  qabul  qilingan  Qonunlarni  ijrosini  ta’minlash 

maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 8 iyuldagi «Axborot-

kommunikatsiya  texnologiyalarini  yanada  rivojlantirishga  oid  qo’shimcha  chora-

tadbirlar to’g’risida»gi PQ-117-son qarori ana shular jumlasidandir. 

O’zbekiston  aloqa  va  axborotlashtirish  agentligi  elektron  raqamli  imzodan 

foydalanish  sohasida  maxsus  vakolatli  organ  etib  tayinlandi.    Davlat  boshqaruv 

organlarida 

axborot 


texnologiyalarni 

joriy 


etish 

dasturi,  

2010  yilgacha  telekommunikatsiya  va  ma’lumotlarni  uzatish  tarmoqlarining 

rivojlanishning  maqsadli  yo’nalishlari  xamda  Milliy  axborot  qidiruv  tizimini 

yaratish  va  rivojlantirish  dasturi  tasdiqlandi.  AKT  juda  tez  rivojlanishini  xisobga 

olib,  u  bilan  birga  soxadagi  dolzarb  muammolarni  echish  maqsadida,  mavjud 




319 

 

kompyuter  xatarlaridan  ximoya  qilish  maqsadida  davlat  axborot  resurslarini 



shakllantirish tartibi to’g’risida Nizom va davlat organlarining axborot tizimlarini 

yaratish  tartibi  to’g’risida  Nizom  tasdiqlandi.  Elektron  raqamli  imzo  sohasidagi 

normativ-huquqiy 

bazani 


takomillashtirish 

maqsadida, 

elektron 

xujjat 


almashinuviga, elektron tijoratga asos bo’ladigan Vazirlar Mahkamasining maxsus 

“Elektron  raqamli  imzodan  foydalanish  sohasida  normativ-huquqiy  bazani 

takomillashtirish  to’g’risidagi”  2005  y.  26  sentyabridagi  215-son  qaror  kabul 

qilindi. 

Ikkinchidan – telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirishda ham bir qator 

yutuqlarga erishildi. 

Asosiy  telefonlar  soni  yil  boshiga  nisbatan  35,4  ming  donaga  o’sib,  2006 

yilning  1  yanvar  xolatiga  1  mln.  730  mingtani  tashkil  etdi.  Montaj  qilingan 

ATSlarning ishlatish koeffitsienti 88,4 foizga etkazildi. Barcha ATSlarda elektron 

ATSlarning ulushi oshib, ular 66,2 foizni tashkil qildi. 

Uyali telefon aloqasi abonentlari soni 1 mln. 150 mingtani tashkil etdi va yil 

boshiga nisbatan 111,4 foizga ortdi. 

Uchinchidan  –  Internet  bozori  va  AKT  sohasi  tez  su'ratlar  bilan 

rivojlanmoqda. 

Vazirlar  Mahkamasining  200-son  qarori  bilan  belgilangan  ko’rsatkichlar 

kuyidagicha: 

-  Internetga  ulanish  xizmatlarini  ko’rsatuvchi  operator  va  provayderlar  soni 

425 tashkil etdi, jumladan 344 tasi jamoa punktlari; 

  - jamoa punktlarining umumiy soni 344 ta; 

  -    xalqaro  axborot  tarmoqlaridan  foydalanish  umumiy  tezligi  143,104 

MbitЂs (Dastur bo’yicha maqsadli yo’nalishlar 2005 yil yakuniga – 128 MbitЂs); 

  -  Internetdan  foydalanuvchilar  soni  855  ming  ta  (Dastur  bo’yicha  maqsadli 

yo’nalishlar  2005  yil  yakuniga  –  246,0  ming  foydalanuvchi),  ya'ni  1000  fuqaro 

hisobiga 33 foydalanuvchi; 

  -  100%  davlat  boshqaruv  organlar  Internet  tarmog’iga  ulangan  (Dastur 

bo’yicha maqsadli yo’nalishlar 2005 yil yakuniga – 33,4 %). 

  -  respublika  shaharlarini  raqamli  telekommunikaitsya  tarmoklari  bilan 

qamrab  olish  darajasi  100%  (Dastur  bo’yicha  maqsadli  yo’nalishlar  2005  yil 

yakuniga 100%); 

  -  tuman  markazlarini  raqamli  telekommunikatsiya  tarmoqlari  bilan  qamrab 

olish 84 %; 

- telekommunikatsiya tarmoqlari bilan qishloq joylarini qamrab olish darajasi 

90  foizni  (dastur  bo’yicha  -  89,7%),  shu  jumladan  raqamli  telekommunikaitsiya 

tarmoqlari qamrab olish darajasi 52 foizni (dastur bo’yicha – 50,8%) tashkil etdi. 

To’rtinchidan  -  Internet  tarmog’idagi  axborot  resurslarini  rivojlantirish 

choralari ko’rilmoqda. 

Vazirlar  Mahkamasining  22.11.2005y.  256-son  «Axborotlashtirish  sohasida 

normativ-huquqiy  bazani  takomillashtirish  to’g’risida»gi  qarori  bilan  Davlat 

axborot resurslarini shakllantirish tartibi hamda Davlat axborot tizimlarini yaratish 

tartibi to’g’risidagi Nizomlar tasdiqlandi. 




320 

 

O’tkazilgan  tahlil  natijalari  bo’yicha  2005  yil  yakuniga  o’rtacha  96,7% 



respublika davlat boshqaruv organlari o’z veb-sahifalariga ega. Davlatimiz rahbari 

tomonidan  qabul  qilingan  PQ-117  son  qarori  asosida  Internet  tarmog’ida 

O’zbekiston  xaqidagi  axborot  resurslarini  shakllantirish  va  ko’paytirish  bo’yicha 

ma’lum ishlar olib borildi. Bunda yaratilayotgan Milliy qidiruv tizimini yaratish va 

yangilatish  bo’yicha,  uni  turli  yo’nalishlardagi  axborot  resusrlar  bilan  to’ldirish 

bo’yicha ishlar olib borilmoqda. Bunda pilot loyihasi ishlab chiqildi va uni amalga 

oshirish uchun tegishli kompyuter vositalari sotib olish bo’yicha tanlov o’tkazildi. 

Mazkur  qarorga  muvofiq  58  ta  axborot  resurslari  ishlab  chiqilishi  kerak  edi,  olib 

borilgan  tahlil  natijasida  15  ta  axborot  resurslari  mavjudligi  va  43  ta  axborot 

resurslari  ishlab  chiqish  kerakligi  aniqlandi.  2006  yilda  38  ta  axborot  resurslari 

ishlab chiqildi (88,4%), texnik tayyor bo’lganlar soni 5 tani (11,6%) tashkil etdi. 

Shu bilan birgalikda Internet tarmog’ida 17 ta yozuvchi va shoirlarning hamda 3 ta 

gazetalarning veb-sahifalari ishlab chiqilib, Internet tarmog’iga joylashtirildi. 

Beshinchidan  –  Axborot-kommunikatsiya  sohasida  kadrlarni  tayyorlash 

ishlari takomillashtirilmoqda. 

Toshkent  axborot  texnologiyalari  universitetida  «Axborot  xavfsizligi», 

«Elektron  tijorat»,  «Avtomatlashtirilgan  tizimlarda  axborotni  qayta  ishlab 

chiqishni  boqarish»,  «Hisoblash  mashinalari»,  «Mobil  aloqa  tizimlari»  bo’yicha 

mutaxassislar tayyorlanmoqda.  

 “O’zbektelekom”  AK  tomonidan  “Koinot”  OAJda  ishlab  chiqarilayotgan 

kichik  sig’imli  kommutatsiya  qurilmalarini  bosqichma-bosqich  qishloq  joylariga 

tatbiq  etish  rejalashtirilgan.  Ma’lumki,  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining 

2002 yil 26 sentyabrdagi 3135-sonli farmoni va Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 

27  sentyabrdagi  336-sonli  qaroriga  asosan  “Koinot”  OAJning  asosiy  vazifasi  etib 

axborot-kommunikatsiya  texnologiyalari  vositalarini  mamlakatimizning  o’zida 

ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish belgilangan edi. Bu borada 2003 yildan buyon bir 

qancha  ijobiy  ishlar  amalga  oshirildi.  O’ndan  ortiq  turdagi  zamonaviy 

telekommunikatsiya  uskunalari  yaratildi,  ishlab  chiqarish  yo’lga  qo’yildi  va  ular 

respublikamiz aloqa korxonalari tarmoqlarida ishlatilmoqda.  

Respublikadagi  qishloq  infratuzilmalarini  va  aholisini  telefon  xizmatiga 

bo’lgan  talabini  qondirish  maqsadida  “Koinot”  OAJda  2005  yili  zamonaviy  va 

jahon andozalariga javob beradigan kommutatsiya qurilmalarini yaratish ustida ish 

boshlab  yuborildi.  2006  yilning  boshida  Toshkent  viloyati  Yangiyo’l  tumanining 

Ozod  qishlog’ida  sig’imi  64  raqamli  kommutatsiya  qurilmasi  o’rnatilib,  sinov 

ishlari o’tkazildi. Ishlash jarayonida qurilmaning kamchiliklari aniqlanib, bartaraf 

etildi.  2008  yil  uchun  umumiy  sig’imi  42176  portli  219ta  “Koinot  El-SGM” 

rusumli raqamli kommutatsiya qurilmalarini keltirish bo’yicha “Koinot” OAJ bilan 

kompaniya  o’rtasida  umumiy  qiymati  3,092,15  mln.  so’mga  teng  shartnomalar 

imzolangan.  Hozirgi  kunda  “Koinot  El-SGM”  raqamli  kommutatsiya  qurilmalari 

kompaniyaning  barcha  filiallarida  ishlab  turibdi.  Natijada  qishloq  hududida 

yashayotgan aholiga ko’rsatilayotgan aloqa xizmatlari sifati va hajmi oshdi.  

O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2006  yil  23  yanvardagi 

“O’zbektelekom”  AK  telekommunikatsiya  tarmog’ini  kelgusida  rivojlantirish  va 

modernizatsiya qilish to’g’risida”gi qaroriga muvofiq, Xitoy Taraqqiyot Banki va 




321 

 

“HUAWEI 



TECHNOLOGIES 

CO.LTD” 


(XXR) 

bilan 


birgalikda 

“O’zbektelekom”  AK  telekommunikatsiya  tarmog’ini  rivojlantirish  va  qayta 

qurish” loyihasining 1-LOT doirasida “O’zbektelekom Mobayl” filialining SDMA-

450  simsiz  tarmog’ini  kengaytirish”  bo’yicha  belgilangan  ishlar  yakunlandi. 

Jumladan,  Samarqand,  Navoiy,  Jizzax,  Qashqadaryo,  Surxondaryo,  Andijon, 

Namangan  va  Farg’ona  viloyatlarida  70ta  baza  stantsiyasi  ishga  tushirildi. 

Namangan va Toshkent viloyatlarida sig’imlari 10000 raqamga teng kommutatsiya 

stantsiyalari  o’rnatildi  hamda  Samarqanddagi  kommutatsiya  stantsiya  sig’imi 

20000 raqamga kengaytirildi.  


Download 5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   445   446   447   448   449   450   451   452   ...   589




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish