Rivojlantiruvchi
marketing
xaridorlarning
ko’pchiligi
mavjud
mahsulotlardan qoniqmagan, lekin yashirin talab shaklidagi ehtiyoj mavjud
bo’lgan paytda bo’lishi mumkin (masalan, zararsiz sigaretalar, tejamliroq
avtomobillarga talab). Mazkur holda aniq tovar yoki xizmat shaklida mavjud
bo’lmagan tovarga potentsial talab mavjud bo’ladi. Shuning uchun marketing
vazifasi bo’lib potentsial bozorning o’lchamlarini baholash va potentsial talabni
haqiqiy talabga aylantira oladigan samarali mahsulotlarni ishlab chiqarish
hisoblanadi. Marketolog potentsial talabni aniqlashni va bozorni rivojlantirish
uchun kerakli yo’nalishda hamma marketing vositalarini muvofiqlashtirishni
bilishi kerak. Marketingning ta'sirchan qurollari sifatida yuzaga keladigan yangi
extiyojlarga javob beradigan mahsulotlarni ishlab chiqarish, ularni qondirishning
sifat jihatdan yangi bosqichiga o’tish, reklamadan foydalanish va aniq
iste'molchilar guruhlariga mo’ljallangan, o’ziga xos mahsulot imijini yaratish.
Remarketing - bu pasayib boruvchi talab sharoitida ilgarigi marketing
kompleksini qaytadan anglash asosida uni tiklash maqsadida qo’llanadigan
marketing turi. Marketingning asosiy vazifasi talabni jonlantirishning yangi
imkoniyatlarini axtarishdan iborat, ya'ni: tovarga yangi xususiyatlarni berish orqali
tovarning hayotiy davrini uzaytirish, yangi bozorlarga kirib borish va hokazo.
Umuman olganda, talabning pasayishi vaziyatlari hamma tovar va xizmatlar
uchun, har qanday davrlar uchun xos. Shuning uchun marketologlar shuni nazarda
124
с
tutishlari kerakki, talab pasayish tendentsiyasiga ega bo’lganda, kelajakda bozorni
boshqa tomonga yo’naltirish bo’yicha chora-tadbirlar bo’lmaganda, u yanada
pasayishi mumkin va shu orqali yuzaga kelgan vaziyatdan chiqish yo’llarini
cheklab quyishi mumkin.
Sinxromarketing - bu bozorning shunday vaziyatiki, unda talab vaqt
jihatidan tovarlarni taklif qilish tuzilmasiga mos kelmaydigan mavsumiy yoki
boshqa tebranishlar bilan harakterlanadi. Bunda talab korxonaning ishlab chiqarish
imkoniyatlaridan ancha ortiq bo’lishi mumkin yoki, aksincha, mazkur tovarni
ishlab chiqarish hajmi bozor segmentining talablaridan ko’proq bo’lishi mumkin.
Masalan, muzeylarning ish kunlarida kamroq mijozlarga ega bo’lishi yoki shahar
transporti xizmatlariga talab hatto kun davomida o’zgarib turishi mumkin. Kurort
hududlari aniq ifodalangan mavsumiy tebranishlarga ega. Sinxromarketingda talab
tebranishlarini silliqlashtirish (nomuntazam talab) egiluvchan narxlar, siljitish
usullari va marketingning boshqa qurollari yordamida amalga oshirilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |