1. Lizing firmalar
- bunda salohiyati qudratli xo’jalik tizimi etarlicha
moliyaviy vositalari bo’lmagan boshqa bir korxonaga mashina-uskunalar va
boshqa mulklarni shartnoma asosida muayyan muddatga berib turadi. Muddat
tugagandan so’ng ijarachi bu mulkni qoldiq qiymati bo’yicha sotib olish huquqiga
ega bo’ladi.
2. Injiniring firmalari
- ular turli inshootlar va tuzilmalarni loyihalash,
qurish, foydalanishga topshirish bilan shug’ullanadi. Eksport injiniring firmalari
boshqa mamlakatlarga xizmat ko’rsatadi, chet eldagi ilmiy g’oyalar va texnik
ishlanmalar bozorida litsenziyalar sotadi. Texnik yangiliklarni xorijda joriy etadi,
murakkab va ulkan loyihalarni amalga oshiradi, injiniring bilan birga mashina va
uskunalarni eksport qilib, etkazib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |