302
4-Mavzu.
Boshqarishning tashkiliy strukturalari.
Keys-stadi
Mavzu: Biznes muammosi
.
Nolan Archibaldning ishlari tartibsiz xolda edi. Yakindagina u “Blek end
Dekker” kompaniyasining boshkaruv raisi va ijro etuvchi direktori lavozimini
egalladi. Bu kompaniya oxirgi 80 yil davomida elektr asboblarni ishlab chiqarish
bilan band bo’lgan. Ammo oxirgi paytda daromadni olishda kiyinchiliklarga duch
kelmokda xamda uz ulushini tobora yukotib bormokda edi. Umuman olganda esa,
bu kompaniya uzining kupgina chakana va ulgurji savdo bilan shug’ullanuvchi
xamkorlarini yukotgan edi. Kompaniya ular orkali uz maxsulotlarni individual
iste’molchilar va kuruvchi organizatsiyalarga yetkazib berar edi.
Xususan ulgurji va chakana savdo bilan shugullanuvchi sotuvchilar bilan
yuzaga kelgan muammo juda katta ahamiyatga ega. Kompaniya el orasida “surbet”
degan nomni oldi. “Blek end Dekker” kompaniyasining sobiq xizmatchisi
Archibalddan oldin ishlagan direktorlar xakida shunday degan: “Xar xolda
kompaniya boshqarmasi hamma savollarga javob bera oladi, deb uylagan va
uzining donoligini ommaga kiritgan”. “Blek end Dekker” ga bo’lgan bunday
munosabat oqibatida “Uol-Mart” dukonlari bu kompaniya bilan xamkorlikni
tuxtatmokchi bo’ldilar. “Uol-Mart ” dukonlari esa AKShdagi eng katta chakana
savdo dukonlaridir.
“Blek end Dekker” bilan ish yurituvchi chakana savdogarlarni xar doim
qandaydir takchillik ta’kib kilgan. Agar kompaniyaning biron bir maxsuloti
iste’molchilarga ma’kul tushsa chakana savdo bilan shugullanuvchilar ushbu
maxsulotlarning etishmasligiga duch kelganlar, chunki kompaniya uchun kuprok
uzining moliyaviy qiziqishlari katta ahamiyatga ega edi. Moliyaviy yilning oxiriga
kelib kompaniya tayyor maxsulot zaxirasini kiskartirish uchun ishlab chiqarishni
tuxtatib turgan. Shu bilan birga kompaniya balansi yaxshi ko’rinishga ega edi,
lekin bunday xol chakana savdogarlar uchun noma’lum edi.
Archibaldan oldingi direktorlar “Djeneral Elektrik”dan oshxona asbob-
uskunalarini ishlab chiqarish buyicha tarmoqni sotib olganligi ishni yana-yam
murakkablashtiradi. Yangi tarmoq kup foyda olishni ta’minlasa-da, ularni tarkatish
muammosi vujudga keldi. Bundan oldin “Blek end Dekker” maxsulotlari xujalik
dukonlari, uy remonti buyicha korxonalar, pochta buyurtmalari asosida savdo
kiluvchi korxonalar, pasaytirilgan narxlarda savdo kiluvchi dukonlar orkali sotilar
edi. Lekin bunday mayda oshxona kurollarini yaxshi sotish uchun juda katta
univermaglarni jalb qilish kerak edi. “Blek end Dekker” esa bu sohada katta
tajribaga ega emas. Bunday holatda kompaniya uzining eski siyosatini
utkazmokchi bo’ldi, lekin “Djeneral Elektrik” tomonidan yaxshi munosabatda
bulishga urgangan univermaglar “Blek end Dekkerga” karshi chikdilar.
Nixoyat, kompaniya elektr asboblar tarmogida uy-ruzgori uchun arzon va
mutaxassislar uchun qimmat asboblarni ishlab chiqarishni davom ettirdi. Lekin bu
vakt mobaynida bozorning yangi segmenti rivojlandi. Yogoch ishlari,
uymakorlikka xavas kiluvchilar va yarim mutaxassislarga uy-ruzgori uchun taklif
qilingan asboblar kerak bo’lmadi. Ularda yuqorirok sifatda bo’lgan asboblarga
303
extiyoj paydo bo’ldi, lekin mutaxassislar uchun taklif qilinadigan qimmat asboblar
xam ularga kerak emas edi. Vujudgakelgan holat sababli “Makita” yapon firmasi
boshchiligida bozorga yangi raqobatchilar kirib keldi. “Makita” firmasi uz
xarakatlari orkali magazinlardagi tokchalarning katta qismini egalladi. Chakana
savdoda esa bu juda katta ahamiyatga ega.
Nolan Archibald mana shunday muammoga duch kelgan edi. Qanday qilib u
“Blek end Dekker” ning xurmatini chakana va ulgurji savdogarlar oldida kutara
oladi? Qanday qilib, u uz raqobatchilariga bardosh bera oladi? Kompaniyaning
mayda oshxona asboblarini tarkatishda tajribaga ega emasligini inobatga olgan
xolda, u bu muammoni qanday qilib xal kila oladi? Kiskasi, “Blek end
Dekker”ning kelajakda muvaffakiyatga erishish uchun u qanday ishlarni amalga
oshirishi kerak?
Do'stlaringiz bilan baham: