Menejmet va marketing



Download 7,1 Mb.
bet154/247
Sana31.12.2021
Hajmi7,1 Mb.
#272845
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   247
Bog'liq
O

Superkonservatorlar - bu iste'molchilarning shunday guruhiki, ular har qanday o’zgarishlarga shubha bilan qaraydilar, ular yangi tovarlarni faqatgina o’zlarining an'analariga va odatlariga mos kelgandagina sotib oladilar.

Yuqorida keltirilgan ma'lumotlardan ko’rinib turibdiki, yangi tovarlarni ishlab chiqaruvchilar birinchi navbatda supernovator va novatorlarning iqtisodiy, psixologik, demografik va boshqa tavsiflarini o’rganishlari kerak.

Nazorat savollari



  1. Marketing tizimida tovar tushunchasini izohlab bering.

  2. Tovarning sifati deganda nimani tushunasiz?

  3. Tovarlar qanday guruhlanadi?

  1. Tovarning "hayotiy davri" tushunchasini izohlang?

  2. Yangi tovar yaratish jarayoni qanday bosqichlarni o’z ichiga oladi?

  3. "Tovar modifikatsiyasi" nima? Tovar hayotiy davridagi rolini tushuntirib bering.

  4. Tovarning har xil hayotiy davri fazasida marketing taktikasi qanday bo’lishi kerak?

  5. Tovarning raqobatbardoshligini qanday tushunasiz?

  6. Tovarning raqobatbardoshligini ta'minlovchi ko’rsatkichlarni tushuntirib bering.

  7. Iste'molchilar yangilikni qabul qilish darajasiga qarab qanday guruhlanadi?

  1. Mavzu. MARKETING TIZIMIDA NARX SIYOSATI

Reja:

  1. Marketing tizimida narx tushunchasi va narxning shakllanishi

  2. Narx shakllanish uslublarini tanlash

  3. Narx strategiyalar

Tayanch so’zlar: Narx, narxlashtirish siyosati, shartnomalarni tuzish siyosati, korxonaning narx siyosati, bozor talablarini hisobga olish, sof raqobatchilik bozori, oligopolistik bozor, xarajatlarni aniqlash, narxlarning «Sehrli uchburchagi», talabga yo’naltirilganlik, raqobatchilarga yo’naltirilganlik, natijaviy narxni aniqlash, narxlarning vertikal differentsiatsiyasi, narx chiziqlari, bonus chegirmalari, funktsional chegirmalar, demping narxlar, geografik narxlashtirish

  1. Marketing tizimida narx tushunchasi va narxning shakllanishi

Marketing kompleksida narx ikkinchi element bo’lib, daromadni belgilaydigan asosiy ko’rsatgichdir. Narx deganda maxsulot, xizmatlar uchun va uni sotib olish uchun iste'molchi sarf qiladigan pul miqdorini tushunamiz. Lekin, narx hamma vaqt ham pul shaklida ifodalanmaydi. Masalan, barter natural almashishining qadimiy shakli hisoblanadi.

Makroiqtisodiy nazariya bundan 150 yil ilgari ham, tovarni sotishga faqat narx yordamida ta'sir ko’rsatishi mumkin deb uqtirib o’tgan. Bu vaziyatni yuqori baholashnining asosiy sababi shundan iboratki, Adam Smit va David Rikardolar davrida faqat bir xil xom-ashyo va bir xil iste'mol tovarlari ishlab chiqarilib, iste'molchilar diqatini tovarning markasi, o’rami va reklamasi yordamida jalb qilish imkoniyati deyarlik mavjud bo’lmagan. Ikkinchidan, mahsulot narxiga asosiy e'tibor qaratilganligi, pulni miqdor jihatidan oson o’lchash mumkinligi va narxni sifatga nisbatan talab va taklifda oson qo’llash mumkinligi bilan tushuntiriladi.

Quyidagi 32-chizmada talab va taklifning klassik modeli ko’rsatilgan. Bu

163

32-chizma ma'lumotidan ko’rinib turibdiki, talab narxining o’sishi bilan kamayadi, aksincha taklif ortadi. Ishlab chiqaruvchi narx orqali uning mahsuloti qanchalik darajada kerakligi haqida axborotga ega bo’ladi.







  1. chizma. Talab va taklif modeli

Bu erda:

Nm - tovarning muvozanat narxi;

Tm - muvozanat narxga mos keladigan tovar.

Erkin raqobat mavjud bo’lgan bozorning o’ziga xos-xususiyatlari shundan iboratki, taklif etilgan mahsulotning ma'lum darajasida bozor o’z-o’zidan muvozanatga harakat qiladi.

Masalan, foyda (F) quyidagicha aniqlanadi.

F = (N . V) - S,

Bu erda:

N - tovar narxi;

V - sotilgan mahsulot hajmi;

S - jami xarajatlar.







  1. chizma. Narx qayishqoqligi

Foydadan tashqari narx tovarning sotilish hajmiga, moliyaviy ko’rsatkichlariga, bozor ulushiga katta ta'sir ko’rsatadi. Ko’p hollarda, korxona tovarni eng yuqori narxda sotib, darhol foyda olishni ko’zlamasdan, egiluvchan narx siyosatini yuritishi kerak.

Raqobatchilar o’z faoliyatlarida ham narxga katta e'tibor beradilar. Tovar bozorda narx asosida va narxsiz ham raqobat qila olishi mumkin.


Download 7,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   247




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish