Kichik muammo: Narx qanday tartibga solinishi kerak? Kompaniya yakuniy narxni qanday to ’g’irlaydi?
Kompaniya xarajatlar, talab yoki raqobatga yo’naltirilgan usullar yordamida belgilagan narx bu - tovarning bazaviy, yoki preyskurant narxi. Bazaviy narxga tuzatish kiritish chegirma, pulni qaytarish, narx stimuli, geografiktuzatish yoki «silliqlanmagan» narx ko’rinishida qabul qilinishi mumkin.
Xulosa. CHegirmalar xaridorlarni ko’proq partiyada tovar sotib olish yoki marketing funktsiyalari ta’riflarini bajarish, mavsumiy bo’magan xaridlar yoki schetni tezroq to’lashga undashi ko’zda tutilgan. Qaytarish bu - sotuvchiga ko’rsatilgan xizmat evaziga xaridorga to’lanadigan to’lovlardir. Narx stimullari bu xaridorlarni tovarga qiziqtirish maqsadida qisqa muddatli chegirmalardir. Geografik tuzatishlar tovar etkazib berish bo’yicha transport xarajatlaridagi farqni hisobga olishi ko’zda tutilgan. «Silliqlanmagan» narx bu - arzonroq narx
283
tasavvurini uyg’otadigan, «yumaloq» narx bilan taqqoslaganda bir birlikka pasaytirish tomon narxga tuzatish kiritishdir. Kompaniya narxlarni qanday tahlil qiladi va nazorat qiladi?
Kompaniyalar xaridorlar va raqobatchilarning kompaniya belgilagan narxlarga reaktsiyasini aniqlagan holda narxni tahlil qiladi. Bu narx uning asosida belgilangan talab bahosi to’g’riligini aniqlash uchun xaridlarni pasaytirishni nazarda tutadi. Bu shuningdek, qarshi choralar ko’rish zaruratini aniqlash maqsadida raqobatchilar reaktsiyasini tahlil qilishni talab qiladi. Ikkala holatda ham preyskurant narxini o’zgartirish talab qilinishi mumkin.
Xulosa: Narxlar ustidan nazorat kompaniya uchun sotuv va foydaga oid maqsadlar erishilishi va agar maqsadlar erishilmasa narxni o’zgartirish oqlanganligini aniqlash zaruratini anglatadi.
Тестлар
Marketolog uchun bozorda quyidagilar haqiqiy qiziqish uyg’otadi^^N ularning qiymati bilan belgilanadigan bazaviy narxlar nisbati;
yakuniy mahsulotning optimal foydaliligi;
v) narx iste’molchi tovar birligi uchun to’lashga tayyor bo’lgan pul miqdori;
g) tovar egasi taklif etishni istaydigan maksimal narx.
Xaridor tovarni quyidagi narxda sotib olishdan manfaatdor: taklif narxi;
talab narxi; v) sotuv narxi;
g) qat’iy belgilangan narx.
r
Firmaning ommaviy bozorni egallab olish bo’yicha strategik maqsadiga quyidagi narxlar mos keladi: o’ rtacha bozor narxidan baland;
o’ rtacha bozor narxidan past; v) o’rtacha bozor narxi darajasida;
g) narx darajasi bozorni egallab olishga ta’sir etmaydi.