Nazorat shakli: Kuzatish, og‘zaki nazorat
|
maksimal ball
|
1
|
O‘qituvchi
imzosi
|
Talabaga qo‘yilgan ball
|
|
7.2.1-ilova “Aqliy xujum ”usuli
Bu uslubda qo’yilgan savol, maummo, masalani butun guruh bilan birgalikda muhokama qilinadi. U talabalarni o’quv jarayonida mashg’ulotlar faol qatnashishlarini topish va bayon qilish chog’ida boshqalarni ham fikrini jalb qilish, o’z fikrlarini aytishga yo’naltiruvchi metoddir.
Savollar:
Boshqaruv qarorlarning iqtisodiyotdagi ahamiyati.
Boshqaruv qarorlarning 4ta unsurlari.
Boshqaruv qarorlarning turlari.
Qaorlarni ishlab chiqish va qabul qilish yo’llari.
Kichik guruhlarda ishlash, muammoli vaziyatlar.
1-guruh 1 - vaziyat
Bo’lim boshlig’i ish vaqtida koridorda ketayotgan edi. Bir burchakda yosh ishchilar chekib turib baland ovozda gaplashib turishibdi. Bo’lim boshlig’i 10 daqiqadan keyin qaytayotib xuddi shu holatni ko’rdi.
Uning o’rnida Siz o’zingizni qanday tutgan bo’lar edingiz?
Ularning oldiga kelib, nima uchun ish vaqtida uzoq gaplashib turganliklarini so’rab, ish o’rinlariga tarqalishlarini iltimos qilar edim.
Ma’muriy chora ko’rilishi kerak: buyruq shaklida xayfsan e’lon qilardim, mehnat intizomini buzganligi haqida.
Yoshlar tashkiloti kotibini chiqarib, ulardan chora ko’rishni mehnat intizomini buzganligi uchun buyruq shaklida xayfsan e’lon qilardim.
Biron xulosaga kelmasdan, odamlar nima haqida gaplashayotgani to’g’risida o’ylab ko’rib, yaqinroq borib, sekin muloqatga kirishardim.
Balki ishlab chiqarishning munozaraga sabab bo’lgan masalani hal qilolmayotgan bo’lishi mumkin.
2- vaziyat
Iqtisodchi yarim kechagacha ishladi: zudlik bilan tahlil kerak edi. Iqtisodchi ertalab bo’lim boshlig’i tomonidan o’tkazilgan majlisga kech keldi. Bo’lim boshlig’ining jahli chiqib, uning shaxsiga yomon gap aytdi. Bu iqtisodchining o’rnida Siz o’zingizni qanday tutar edingiz?
Munosabatimizni yomonlashishiga olib keladigan javob berar edim.
Uning aybini asossiz ekanilagini tinch yo’l bilan tushuntirishga harakat qilardim.
Uning gapiga e’tibor bermayman, keyinchalik o’zi tushunadi.
2-guruh
vaziyat
Yosh ishchi mehnat va ishlab chiqarish intizomini bir necha bor buzmoqda. Usta u bilan suhbatlar o’tkazdi. Jarima solishga ham to’g’ri keldi. Yosh ishchi ishlaydigan brigadada 12 kishi bor, ulardan biri uning do’sti hamma narsada uni qo’llaydi, 6 kishi jamoa ishlari bilan unchalik qiziqmaydi, ishdan so’ng uyga ketishga shoshiladi. 5 kishi jamoatchilik topshiriqlarini bajarishadi, brigadir kasaba uyushmasi qo’mitasi a’zosi.
Yosh ishchi bilan yana "favqulotda holat" yuz berdi. Uning axloqini baholashda Siz usta o’rnida nima qilar edingiz?
Brigada jamoasi yig’ilishida yosh xodimning harakatini muhokamaga qo’yar edim.
Jamoa qatnashuvisiz o’zim qaror qabul qilar edim.
Yosh ishchining harakati muhokamasiga faqat brigada faollarini taklif qilar edim.
Boshqa javob yo’q.
vaziyat
Boshqaruv xodimlari qanday asosiy toifalarga bo’linadi?
2-toifaga: rahbarlar va muhandis-texnik xodimlar.
3-toifaga: rahbarlar, mutaxassislar, xizmat ko’rsatuvchi-yordamchi-texnik va xizmatchi personal.
4-toifaga: yuqori pog’onali rahbar (boshliq, o’rinbosari), o’rta pog’onali rahbar (bo’lim boshlig’i, sektor va byuro boshliqlari), muhandis-texnik xodimlari va kichik xizmat xodimlari.
3-guruh 1- vaziyat
Kasaba uyushmasi etakchisini tanlash kerak. 3 ta nomzod bor. Quyida ularning tavsifnomasi keltirilgan. Kimni tanladingiz?
Birinchisi-a’lochi, muloyim, o’ziga ergashtira oladigan, o’z fikrida tura oladigan.
Insonlar bilan quruq munosabatda bo’ladigan tabiatga mijozga ega ikkinchi nomzod, vazifalarni bajarishda tezkor savolni aniq belgilab, uning bajarilishini tashkil eta oladi.
Uchinchi nomzod - jamoa fikriga tayanadigan, o’ziga ergashtira oladigan, ko’ngilsizliklardan uzoq yuruvchi, ayniqsa ish jarayonida odamlarning o’zaro munosabatlari bilan bog’liq hollarda.
vaziyat
Ishlab chiqarishga kelgan yosh mutaxassislarga rahbarlarni (ustozlarni) tayinlovchi (belgilovchi) qoidalari ustida o’ylab ko’ring. Sizning fikringizcha quyidagi berilgan uchta savoldan qaysi biri haqiqatda haq odilona (to’g’ri)?
Ma’muriy ishlab chiqarishga kelgan har bir yosh mutaxassisga zarur bo’lgan maxsus tayyorgarlikni o’tagan va yoshlar tarbiyasi bilan shug’ullanishni istagan eng yaxshi ishlab chiqaruvchilardan rahbarlarni biriktirib qo’yish shart.
Ilg’or (etakchi) ishlab chiqaruvchilardan yoshlar tarbiyasi bilan shug’ullanishni istaydiganlarni aniqlash (ko’rsatish) zarur va ularga maxsus tayyorgarlikdan o’tish uchun imkoniyatlar yaratib berish zarur.
Ayniqsa yosh ishchilarga biriktirilish to’g’risidagi savolni esa rahbarlarning o’zlari hal etishlari lozim.
Ishga kirayotgan yosh ishchini ishlab chiqarishda rahbarning harakati bilan tanishtirish, unga yoshlar bilan ishlashning o’ziga xos xususiyatlari to’g’risida to’liq axborot berish zarur. Bundan so’ng yosh mutaxassisga o’zi rahbarni tanlashni taklif qilish kerak.
Testlar 1. Qaror qabul qilishda yakka bosh, jamoa fikri bilan hisoblashmaydigan rahbarlarni:
avtokratik rahbarlar deyishadi
liberal rahbarlar deyishadi
v) demokratik rahbarlar deyishadi g) a+v.
Qaror echimlarini bo‘sinuvchilarga taklif orqali etkazuvchi rahbarlarni:
liberal rahbarlar deyishadi
avtokratik rahbarlar deyishadi v) demoktarik rahbarlar deyishadi g) konservativ raxbar.
Avtokratik rahbarlar bo‘ysinuvchilarning:
tashabbuskorligiga to‘la-to‘kis tayanadi
tashabbuskorligiga yo‘l qo‘ymaydi
v) tashabbuskorligini rag‘batlantiradi va undan foydalanadi g) faolligiga rag‘batlantiradi.
Liberal rahbarlar kadrlarni tanlashda:
beparvolarcha yondoshadilar
kuchli raqobatdoshlardan qutilish payida bo‘ladilar
v) ishchan, bilimdon xodimlarga mo‘ljal oladilar, ularning o‘sishiga yordam beradilar
g) tashqaridan madad kutadi.
Demokratik rahbarlar bilimga bo‘lgan munosabatda:
hamma narsani o‘zim bilaman deb hisoblaydilar.
beparvo, e’tiborsiz bo‘ladilar
v) mutassil o‘qiydilar va qo‘l ostidagi bo‘ysinuvchilardan ham shuni talab qiladilar
g) b+v.
Demokratik rahbarlar muomalada:
ijobiy, maloqotda kirishimli va faol bo‘ladilar
salbiy, bo‘ysinuvchilardan masofa saqlaydilar v) tashabbus ko‘rsatmaydilar
g) a+b.
Liberal rahbarlar rag‘batlantirishga kelganda:
onda-sonda rag‘batlantirib, tez-tez jazolab turish tarafdori bo‘ladilar
aniq mo‘ljallari bo‘lmaydi
v) onda-sonda jazolab, tez-tez rag‘batlantirib turish tarafdori bo‘ladilar g) b+v.
Avtokratik rahbarlar mas’uliyatni taqsimlashda:
to‘la-to‘kis o‘zlari taqsimlaydi
to‘la-to‘kis ijrochilarning fikriga binoan taqsimlaydi v) faqat o‘zining vakolatiga binoan taqsimlaydi g) a+v.
O‘zini jamoadan uzoq tutish, jamoa a’zolarini bevosita muloqotda bo‘lishni chegaralab qo‘yish:
demokratik rahbarlar uchun xos
liberal rahbarlar uchun xos
v) avtokratik rahbarlar uchun xos g) b+v.
O‘z zimmasiga mas’uliyat olishni yoqtirmaslik:
avtokratik rahbarlar uchun xos
liberal rahbarlar uchun xos
v) demokratik rahbarlar uchun xos
g) a+b.
|
|
8-mavzu.
|
Ishlab chiqarishni boshqarish.
|
Amaliy mashg‘ulotning texnologik xaritasi
Ishning
bosqichlari
vaqti
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |