chizma. Xaridorlar xulq-atvorining kengaytirilgan modeli
Keltirilgan 28-chizma ma'lumotlaridan ko’rinib turibdiki, marketingning qo’zg’atuvchi omillari o’z ichiga tovar, narx, reklama va sotishni rag’batlantirish kabi asosiy to’rtta elementni o’z ichiga oladi. Bundan tashqari, qo’shimcha qo’zg’atuvchi omillar ham iste'molchilarning xulq atvoriga ta'sir ko’rsatadi. Bularga iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, siyosiy va madaniy muhitlarni keltirish
150
mumkin. Bu hamma qo’zg’atuvchilar xaridorlar ongining "qora quti"sidan o’tib kuzatish mumkin bo’lgan xaridor reaktsiyasini vujudga keltiradi. Bu reaktsiya o’z navbatida nima xarid qilinganligi kabi jarayonlarda o’z ifodasini topadi.
Bozorda faoliyat yurituvchi marketologning vazifasi esa xaridor ongining "qora quti"sida nima ro’y berayotganligini aniqlashdan iboratdir. "Qora quti"ning o’zi esa ikki qismdan tashkil topgandir. Birinchi qismi - qo’zg’atuvchilarni qanday qabul qilishi va unga munosabatiga asosiy ta'sir ko’rsatuvchi xaridorlar tavsifi bo’lsa, ikkinchisi esa xaridorning qaror qabul qilish jarayoni hisoblanadi.
Marketing kommunikatsiyalarida motivatsiya. Motiv bilan ehtiyoj bir- biriga yaqin tursada, ularni albatta bir-biridan farqlash zarur. Motiv deganda shunday ehtiyoj tushuniladiki, bunda bu ehtiyojni qondirish inson uchun qat'iy hisoblanadi. Motivlar-bu asosan ehtiyojlardan kelib chiqadigan iste'molchilarning munosabatlariga va ularning real sharoitlarda muayyan tarzda harakat qilishga doimiy moyilligidan kelib chiqadigan o’zaro bog’liq sabablardir.
Iste'molchilarning xulq-atvori motivini tahlil qilishda motivatsion tahlil usulidan foydalaniladi. Iste'molchilarning motivatsiyasini o’rganish ularning hatti - harakatlarini tartiblashtiruvchi motivlarni tushunish va anglash, ularning amal qilish mexanizmlarini aniqlash va marketing kommunikatsiyalari asosida mazkur hatti-harakatlarga u yoki bu ta'sirni o’tkazishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi.
Marketingda xaridorlarning xulq-atvorini tahlil qilishda ko’pincha Freyd va Maslouning motivatsion nazariyasidan foydalaniladi.