Menejmentning xorijiy modellari



Download 22,92 Kb.
bet1/2
Sana24.06.2022
Hajmi22,92 Kb.
#699331
  1   2
Bog'liq
Menejmentning xorijiy modellariVGDFFDVF


Menejmentning xorijiy modellari
Menejmentni mavjud bo’lishi davrida ko’pgina xorijiy mamlakatlar, o’zlarining o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olish bilan, sanoat, qishloq xo’jaligi, savdo va boshqa sohalarda boshqaruvning nazariyasi va amaliyoti sohasidagi ko’pgina ma’lumotlarni to’plaganlar.

Menejmentning amerikacha modelini o’rganish ma’lum sho’’baiqish uyg’otadi. Amerikacha menejment AQSHga g’arbiy mamlakatlar orasida yetakchi o’rinni egallashga imkon bergan.
Amerikacha menejment hammadan avval boshlanishida F.Teylor turgan ilmiy boshqaruv maktabi ta’limlariga asoslanadi.
Amerikacha mejentment yana o’ziga asoschisi Anri Fayolь bo’lgan klassik maktab asoslarini ham sindirib olgan. U boshqaruvning amerikacha nazariya- sidagi barcha yo’nalishlari shakllanishiga ham katta ta’sir ko’rsatgan.
20-30 yillarda xo’jalik yuritishning ekstensiv usullaridan intensiv usullariga o’tish boshqaruvning yangi shakllarini qidirib topishni taqozo qilgan.
Asta-sekinlik bilan kapitalistik ishlab chiqarishni yashab qolishi uchun korxonadagi ishchilar holatiga munosabatni o’zgartirish, motivatsiya va xodimlar va tadbirkorlar o’rtasidagi hamkorlikning yangi usullarini ishlab chiqish zarurligini tushunish vujudga kelgan. “Insoniy munosabatlar maktablari” nomini olgan yangi kontseptsiyani shakllanishi amerikalik sotsiolog va psixolog E.Meyo nomi bilan bog’liqdir.
“Insoniy resurslar menejmenti” atamasi 60–yillarda vujudga kelgan. Amerikalik sotsiolog R.E.Maylz o’zining asarlaridan birida “Insoniy munosabatlar” modeliga “Insoniy resurslar” modlelini qarama-qarshi qo’ygan. “Insoniy resurslar” modeli strategik, tashkilotning asosiy maqsadlarini hal qilishga ko’maklashuvchi sifatida ko’rib chiqilgan. “Insoniy resurslar” modeli shaxsning tashkilotdagi faol o’rniga qaratilgan. Har bir kishi o’z mehnatining natijalariga javob berishi, tashkilotning umumiy maqsadlarini bilishi va o’z mehnati bilan ularga erishishga ko’maklashishi kerak. O’z navbatida tashkilot o’z xodimlarining shaxsiy tashabbusini moddiy rag’batlantirishi va xizmatda ko’tarilish yordamida sho’’baiqtirishi kerak.
Zamonaviy amerikacha menejment quyidagi uchta tarixiy shart-sharoitlarga asoslanadi:
  • bozorning mavjudligi;


  • ishlab chiqarishni tashkil qilishning sanoat usuli;


  • tadbirkorlikning asosiy shakli sifatidagi korporatsiya.


Korporatsiyalar yuridik shaxs mavqeiga, ularning aktsiyadorlari esa foydaning o’zlariga tegishli bo’lgan aktsiyalar miqdoriga mutonosib bo’lgan qismiga egalik qilish huquqiga egalar. Korporatsiyalar barcha mulk sarmoya egasiga tegishli bo’lgan va egalari ishchilar faoliyatini to’liq nazorat qiluvchi kichik korxonalar o’rniga kelganlar.


Menejment nazariyachilarining fikriga ko’ra, korporatsiyalarni tashkil qilishni o’z orqasidan mulkni unga egalik qilishni nazorat qilishdan, ya’ni hukmronlikdan ajratilishiga olib kelgan. Korporatsiyalarni boshqarish bo’yicha haqiqiy hukmronlik uni boshqaruvchi va menejerlar (ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqarish sohasidagi mutaxassislar)ga o’tgan. Hozirgi vaqtda amerikacha menejment modellarida korporatsiyalar asosiy tarkibiy birlik bo’ladilar.
Amerika korporatsiyalari o’zlarining faoliyatlarida strategik boshqaruvdan keng. SXM raqobatbardosh mahsulotni o’z vaqtida ishlab chiqarish va uni sotish, navlar bo’yicha mahsulotni ishlab chiqarishning ishlab chiqarish dasturini shakllantirishga javob beradi.
Hozirgi vaqtda AQSHda boshqaruvga ishchilarni jalb qilishning to’rtta asosiy shakllari keng tarqalgan:


  1. Ishchilarni tsex darajasiga mehnat va mahsulot sifatini boshqarishda ishtirok etishi.


  2. Ishchilar va boshqaruvchilarning ishchi kengashlari (qo’shma qo’mitalari)ni tashkil qilinishi.


  3. Foydada ishtirok etish tizimlarini ishlab chiqilishi.


  4. Ishchilar vakillarini korporatsiyalar direktorlar kengashlariga jalb qilinishi.





Download 22,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish