Rossiyada menejment nazariya va amaliyotining rivojlanishi.
Rossiyada boshqaruv fani XX asrning 20-yillaridan boshlab shakllana boshladi. Bu davrda mexnat va boshqaruv muammolariga bagishlangan unlab jurnallar, jumladan «boshqaruvni tashkil etish», «Mexnatni tashkil etish», «Boshqaruv texnikasi», «Xo’jalik va boshqaruv» kabi oynomalar nashr qilindi, xorijiy ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqaruv bo’yicha mutaxassilar asarlari rus tiliga tarjima qilindi. 1921 yilda Markaziy mexnat instituti tashkil etildi.
Boshqaruv nazariya va amaliyotiga katta xissa kushgan taniqli olim - Aleqsey Kapitanovich Gastev (1882-1941) edi. Uning «Qanday ishlamoq kerak?», «Mexnat meyorlash va tashkil etish», «Mexnat qo’llanmalari», «Madaniyat ko’zgoloni», «Ishlab chiqarishni MMI usullari bilan tartibga solish» qitoblari nashr etildi. A.K.Gastev raxbarligi ostida MMI da mexnatni tashkil etishning yangi usullarini urganish, loyixalash va joriy qilish, turli mutaxassislikka ega ishchilarni uqitishva malakasini oshirishning maqbul tizimini yaratish bo’yicha salmoqli ishlar amalgaoshirildi. A.K.Gastev asarlari jeda katta ilmiy va amaliy ahamiyatiiyatga ega, u tomonidan ishlab chikilgan taklif va tavsiyalar xozirgi davrda xam dolzarbdir. Mexnatni ilmiy tashkil etish va boshqaruv fanining yana bir tashabbuskori - Platon Mixaylovich Korjensev (1881-1940). P.M. Korjensev 1923-1924 yillar davomida Butun Ittifok mexnatni tashkil etish Kengashi prezidiumi a’zosi bo’lgan va «Pravda» gazetasida ishlagan. Bu fil- davomida u «Mexnatni ilmiy tashkil etish», «Tashkil etish tamoyillari», «Vaqt uchun kurash», «O’zingni o’zing tashkil et» singari asarlarini yozdi. P.M.Korjensev tomonidan tavsiya etilgan ishlab chiqarilayotgan maxsulotlarni standartlash, mexnat sharoiti, moddiy vositalardan to’g’ri foydaanish xaqidagi takliflar juda dolzarb edi.
Mexnatni tashkil etish va boshqarish nazariyasiga bu muammo bo’yicha tadkikot olib borgan P.A.Popov, O.A.Yermanskiy va boshqalar xam salmoqli xissa kushganlar.
Menejment rivojlanishida yangi bosqich.
1985 yildan boshlab menejment rivojlanishida yangi davr boshlandi. Tub isloxatlar boshqaruvni jamiyatni damoqratlashtirish, oshqarolik va pastdan yuqoriga xalq xokimiyatini o’rnatish asosida takomillashtirishning asosiy yo’llarini ifodalab berdi. Jamiyatda demoqratik jarayonlar chukurlashuvi va rivojlanishi bozor munosabatlariga utishga asos buldi. Jamiyatdagi tub o’zgarishlar siyosat, iqtisodiyot, mnejment uslublari va texnologiyasiga jiddiy o’zgartirishlar kiritishni zarur qilib kuydi.
O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini boshqarishni islox qilish xozirgi davrgacha mavjud bo’lgan tajriba, jamiyat xayotining iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy soxalarini boshqarishning bozor nazariyasiga, qabul qilingan qonun va xuquqiy xujjatlarga asoslangan xolda amalga oshiriladi. Menejment soxasida jaxon tajribasi, rivojlangan mamlakatlar va o’zimizda to’plangan tajribadan foydalaniladi.
Bozor infrastrukturasini rivojlantirish ko’p yillarga muljallangan strategik vazifadir. Mamlakatimiz «falaj qilib davolash» usulidan voz kechdi. Bu yerda bozor munosabatlariga utish bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Davlat mulki xususiy mulk bilan bir vaqtning o’zida kooperasiya, tadbirkorlik, chet ellik firmalar, banklar bilan xamkorlikka asoslangan xolda turli xo’jalik yuritish usullarini qo’llash yo’li bilan amal qilishi kerak.
Menejment oldiga qo’yilgan ko’pchilitk vazifalar muvaffaqiyatli xal etilmoqda. Xozirda iqtisodiy tashkilotlar vazifalari o’zgartirildi, boshqaruvning bozor munosabatlariga utishi amalga oshirilmoqda, boshqaruvning ixtisoslashuv chukurlashuvi va kooperasiya bo’yicha aloqalar barqaror bo’lishini ta’minlovchi yangi tashkiliy tizimlari vuudga kelmoqda.
Isloxatlar iqtisodiyotni boshqarishning barcha bo’g’inlarini - asosiy bo’g’in (korxona)dan to boshqaruvning oliy bo’g’inlarigacha kamrab olgan. Korxonalar to’g’risidagi qonun korxonalar erkinligi mikyosini kengaytirdi, ularning ish natijalari bo’yicha iste’molchilar olddagi majburiyatlarini oshirdi.
Xulosa
Menejment oldiga qo’yilgan ko’pchilitk vazifalar muvaffaqiyatli xal etilmoqda. Xozirda iqtisodiy tashkilotlar vazifalari o’zgartirildi, boshqaruvning bozor munosabatlariga utishi amalga oshirilmoqda, boshqaruvning ixtisoslashuv chukurlashuvi va kooperasiya bo’yicha aloqalar barqaror bo’lishini ta’minlovchi yangi tashkiliy tizimlari vuudga kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |