102
tayyorlash yoki farmoyishlarga munosabat bildirishda to‘xtab qolishlar juda ko‘p
uchraydi. Bunday holat ba’zan bo‘linmalar orasida funksiyalar va vakolatlarni
omadsiz taqsimlanishi, ularning notekis yuklanishi bilan tushuntiriladi, lekin
buning sababi ancha chuqur bo‘lishi mumkin.
Uni aniqlab olish uchun
funksiyalarni taqsimlash muammosini morfologik tahlil qilish zarur.
Morfologik tahlilning boshlang‘ich nuqtai nazari muammoning qo‘yilishidan
iborat. So‘ng u dekompozitsiya qilinadi, ya’ni tarkibiy muammolarga, masalan,
boshqaruv tizimi
tuzilishi, kasbiy
mahorat,
faoliyatni
motivatsiyalash,
funksiyaning mehnatsig‘imi, yuklashni hisobga olish va boshqalarga ajratiladi.
So‘ngra keltirilgan muammolarning har biri alohida dekompozitsiya qilinadi.
Bunda, muammolarning bir ierarxik darajadan boshqasiga o‘tkazilishi istisno
qilinmaydi.
Biroq,
muammolarni nafaqat pastga, balki yuqoriga ham dekompozitsiya
qilish zarur. Axir funksiyalarning taqsimoti nafaqat boshqaruv tizimining ichki
holatiga, balki u faoliyat yuritishining tashqi omillariga – raqobat, iqtisodiy
vaziyat, mutaxassislar bozori, o‘qitish tizimi, davlat tomonidan boshqarish va
boshqalarga ham bog‘liq.
Shunday qilib, muammolarning morfologik sxemasi
tuziladi hamda uning
asosida asosiy muammoni topish, uni boshqalari bilan bog‘lash maqsadida har bir
muammoning tahlili o‘tkaziladi.
Morfologik sxema to‘g‘ri tuzilgan bo‘lishi uchun shunday qator
operatorlardan foydalanish zarurki, ular yordamida muammoning u yoki bu
ierarxik darajaga mansubligini tekshirish yoki muammoni dekompozitsiya qilgan
holda bir darajadan boshqasiga o‘tish mumkin bo‘ladi.
Bu operatorlar tayanch savollar ko‘rinishiga ega bo‘lib, ularga berilgan
javoblar morfologik sxemaning yangi darajasiga o‘tish yoki muammoni o‘tkazish
imkoniyatini beradi.
Istalgan muammoni boshlang‘ich muammo – masalan,
funksiyalarning
taqsimotini o‘zgartirish ko‘rinishida ifodalash mumkin.
103
Morfologik tahlilning birinchi operatori: bu nimaga kerak?
Bu maqsadli vazifalar – innovatsion muhitni yaratish, faoliyatning kasb
darajasini oshirish, ishning bir maromda ketishini ta’minlash va boshqalar.
Morfologik tahlilning ikkinchi operatori: buni qanday bajarish mumkin? Bu
muammoni echish mexanizmi – umumiy farmoyishni e’lon qilish, xodimlarni qayta
taqsimlash, kompyuter dasturlaridan foydalanish, boshqaruv tizimi tuzilishini
o‘zgartirish, xodimlarni o‘qitish va hokazo.
Morfologik tahlil va dekompozitsiyalashga muammolarning
vujudga kelish
sabablarini, buning ustiga ularni tashqi va ichki sabablarga tabaqalashtirgan holda
kiritish muhim. Nima uchun muammo yuzaga keldi? degan savolga vaziyatning
tavsifidan foydalanib yoki qo‘yilgan savollarga javob berishga yordam bera oluvchi
qo‘shimcha axborotni jalb qilib javob berishga urinish mumkin.
Bizning misolimizda bu axborot tuzilishining, rivojlanish maqsadlarining,
boshqaruv uslubining o‘zgarishlari, salbiy an’analarning
vujudga kelishi, boshqaruv
texnikasidan noratsional foydalanish, kasbiy bilimdonlik darajasining pasayishi
bo‘lishi mumkin. Urbanizatsiyalashgan turmushning ortiqcha ijtimoiy-psixologik
yuki, kompyuter texnikasining tanqisligi yoki yuqori narxi,
mehnat bozoridagi
umumiy o‘zgarishlar va hokazolar tashqi sabablar bo‘lishi mumkin.
Morfologik tahlil nafaqat muammo mazmunini chuqurroq tushunishga, balki
vosita va usullarni, sabablar va oqibatlarni hisobga olgan holda eng omadli echimni
tanlashga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: