3. Boshqaruvning ijtimoiy-psixologik usullari.
Boshqaruvning ijtimoiy-psixologik usullari - bu ishlab chikaruvchi va ayrim shaxslarga ularning ijtimoiy extiyojlari va psixologik xususiyatlariga ta’sir etish bilan boshkarish vositasidir. Boshqaruvning ijtimoiy-psixologik usullarini kullash korxonada yuz berayotgan ijtimoiy xodisalarni chukur urganish xodimlar nerv sistemasi kayfiyatiga ta’sir etuvchi psixologik (ruxiy) omillarni bilishni talab etadi.
Boshqaruvning ijtimoiy-psixologik usullari ishlab chiqarishda mavjud ijtimoiy mexanizmni (o‘zaro munosabat tizimi, ijtimoiy extiyojlar) kullashga asoslanadi. Boshqaruvning ijtimoiy usullari ijtimoiy tartibga solish vositasida amalga oshiriladi.
Ijtimoiy tartibga solish usullari turli guruxlar va shaxslar maqsadi va manfaatlarini aniklash va rostlash yuli bilan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish va uyg‘unlashtirish maqsadida qo‘llaniladi.
Kasbiy tanlashning moxiyati - kishilarning ruxiy xususiyatlari ular bajaruvchiishlariga eng mos buladigan kilib tanlashdan iborat. Shaxsning ruxiy xususiyatlari juslasiga uning kizikish va mayllari, kobiliyati, temperament va xarakteri kiradi. Shu sababli, raxbar shaxsga raxbarlik kilganda o‘z oldiga inson ruxiy xususiyatlari shakllanishi va rivojlanishini urganishi, uning kiikish va kobiliyati, temperament va fe’lini bilish vazifasini kuyishi kerak.
Shaxsning ruxiy xususiyatlarini inson faoliyatida ajratib tushunib bulmaydi, chunki kishi kobiliyati va fe’li xususiyatlari uning faoliyati va xulkida namoyon buladi. Inson xayoti va ommaviy faoliyati uning ruxiy xolatini shakllantiradi. Insonning kanday xayot kechirishi, nima bilan shugulanishini bilmay vujudga kelganligi, u yoki bu narsaga kobiliyat rivojlanganligi, fe’li shakllanganligini anglab bulmaydi.
Raxbarga xos bo‘lgan muxim xususiyat kishilar faoliyatini ragbatlantiruvchi omillarni yaxshi bilish, xar bir kishini u yoki bu vazifani bajarishga kiziktira olishdir. Bu ayniksa, u yoki bu korxonaga ishga kirib, ularni kelajakda nima kutishini bilish lozim bo‘lgan yoshlar bilan ishlashda muximdir. Raxbar ishini kim va kachon kaysi skripkani chalishi, kaysi asbobda musika chalishini urgangan, kim noto‘g‘ri chalishi mumkinligi, kimni kaysi yerga kuyish kerakligini bilishi lozim bo‘lgan dirijer mexnati bilash solishtirish mumkin.
Inson uchun faqat moddiy rag‘bat muxim deb xisoblash noto‘g‘ri. Unga juda ko‘p narsa katta umumiy ishda o‘z hissasi borligini xis etish, o‘zini mehnat orqali namoyon etish, o‘z malakasi bilan g‘ururlanishi, o‘rtoklari hurmatiga sazovor bo‘lish va x.k.lar ham muhimdir.
Foydalanilgan adabyotlar:
http.ziyouz.com.
menejment o`quv darslik qo`lamasi.
menejment usullar nomli elektron maqola.
Do'stlaringiz bilan baham: |