Menejmentga kirish



Download 6,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/297
Sana01.06.2022
Hajmi6,28 Mb.
#628248
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   297
Bog'liq
Менеж янги УУМ -2021

Innovatsion
maqsadlar
– bu yangi maxsulotni ishlab chiqarish, yangi 
texnologiyani joriy qilish boʻycha qoʻyiladigan maqsadlardir. Masalan, tadqiqot 
boʻlimi xodimlarining maqsadi quyidagicha boʻlishi mumkin: “1 iyulgacha eksport 
uchun moʻljallangan uch turdagi yangi maxsulotni sanovdan oʻtkazishni 
ta’minlash”. 
Maqsad qanchalik murakkab boʻlsa, shunchalik u boshqaruvchi uchun 
muammoli¸ki innovatsion boʻlishi mumkin. Biroq, bir maqsadning oʻzi birov 
uchun oddiy, boshqa uchun muammoli, xatto innovatsion boʻlishi mumkin. 
Birinchi xolda raxbar oʻsha maqsadni echish usullarini mukammal biladi, ya’ni 
buning uchun uning bilimi, maxorati etarli boʻlib, uni xech qanday qiynalmay 
echadi. Boshqa raxbar esa u maqsadni oʻzi uchun murakkab va muammoli tariqada 
qabul qiladi. 
Masalan, marketing boʻlimi xodimi uchun “kvartalda sotiladigan tovarlar 
taxlilini qilish” oddiy bir ish boʻlsa, sotish boʻlimidagi xodim uchun bu ish 
muammo boʻladi. 
Toʻrtinchi gurux maqsadlar
- bu korxona xodimlari malakasini oshirish 
soxasidagi maqsadlar boʻlib, ular uzoq muddatli (strategik) reja asosida muntazam 
ravishda amalga oshirilib boriladi. Masalan, “3- yil ichida korxona xodimlarning 
20 foizini malakasini oshirish” 
“Maqsadlar shajarasi” 
– bu maqsadlar bilan ularga erishish vositalari 
oʻrtasidagi aloqaning grafik tasviridir. U boʻlajak voqealar oʻzaro aloqasining toʻla 
manzarasini tasavvur qilish, konkret vazifalar roʻyxatini olish va ularning nisbatan 
muximligi toʻgʻrisidagi axboratga ega boʻlishi imkonini beradi. U tashkiliy 
struktura bilan maqsadlar strukturasi oʻrtasida moslashuvni vujudga keltirish yoʻli 
bilan maqsad topshiriqlarini bevosita ijrochilarga etkazishni ta’minlaydi.


70 
“Maqsadlar shajarasi” ierarxiyalar koʻrinishidagi bir necha darajalardan: 

bosh maqsad; 

I darajali kichik (asosiy) maqsadlar; 

II darajali kichik maqsadlar va xokazolardan tashkil topadi. 
“Maqsadlar shajarasi” ning taxliliy ishlanmasini mamlakatimiz oldiga 
qoʻyilgan bosh maqsadning qator lokal maqsadlarga bogʻliqligi misolida 
koʻrishimiz mumkin. 
1991 yilning 31 avgustida Oʻzbekiston Rsepublikasining davlat mustaqilligi 
e’lon qilindi. Shunday bir sharoitda respublikada davlat va iqtisodiyotni qayta 
qurishining 
bosh maqsadi
Prezidentimiz I.Karimov tomonidan quyidagicha
aniqlab berildi:
15
Pirovard maqsadimiz ijtimoiy yoʻnalitirilgan barqaror bozor iqtisodiyotiga, ochiq 
tashqi siyosatga ega boʻlgan kuchli demokratik xuquqiy davlatni va fuqarolik 
jamiyatini barpo etishdan iboratdir. 
Bu maqsad nixoyatda murakkab va koʻp qirralidir. Uning amalga
oshirilishi siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy, xuquqiy soxalardagi asosiy maqsadlarga 
erishilishiga bogʻliq. Shu sababli bosh maqsadga (BM) erishishning aniq 
yoʻnalishlari belgilab olindi va qoʻyidagi toʻrt guruxdagi birinchi darajali 
maqsadlar ajratildi: 
1. Ijtimoiy-siyosiy soxadagi maqsadlar; 
2. Ijtimoiy-iqtisodiy soxadagi maqsadlar; 
3. Ma’naviyat soxasidagi maqsadlar; 
4. Xalqaro munosabatlar soxasidagi maqsadlar; 

Download 6,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish