Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti Iqtisodiyot yo’nalishi 2i-22 guruh talabasi Shukurov Alisherinning “menejmentga kirish” fanidan tayyorlagan mustaqil ta`lim topshirig`i.
Mavzu: YouTube kompaniyasi
Tarixi
YouTube kompaniyasi YouTube haqida 21 fakt!
YouTube, LLC — videomateriallar hostingini taqdim etuvchi vebsayt. YouTubedan foydalanish qulay va koʻrish osonligi tufayli juda ham mashhur va kirib koʻruvchilari soni koʻpligi boʻyicha jahonda uchinchi oʻrinda turadigan saytdir. Saytda video koʻruvchilar soni kuniga 2 milliarddan ortiq hisoblanadi. Saytda professional videolavhalardan tortib, havaskor videolar, videobloglargacha taqdim etilgan.
2018-yilning dekabrida Oʻzbekistonda YouTube bloklandi.
Google kompaniyasi 2021-yil yozidan youTubeʼda reklama orqali pul topadigan AQSHdan tashqaridagi videoblogerlardan daromad soligʻi ushlab qolishni boshlashi mumkin. Soliq bloger tomonidan eʼlon qilingan videoning Qoʻshma Shtatlarda qayd etilgan koʻrishlar sonidan tushadigan daromadga solinadi. Agar bloger zarur maʼlumotlarni vaqtida taqdim etsa, soliq stavkasi mamlakatda amal qiluvchi qonunga binoan daromadning noldan 30 foizigachani tashkil etadi. Googleʼning AQSHda boʻlmagan blogerlar uchun solinadigan soligʻi 2021-yil iyundan boshlab kuchga kirgan. Hozirda Youtubening YPP (youtube sheriklik dasturi) Oʻzbekistonda ishlamaydi.
Tarixi
2005-yil 15-fevralda PayPal ning sobiq 3 ishchisi tomonidan yaratilgan mashhur video ulashuvchi vebsayt boʻlib, unda foydalanuvchilar videolarni yuklashlari, koʻrishlari va bir birlari bilan baham koʻrishlari mumkin. Videolar reyting orqali baholanishi mumkin.
YouTube – katta hajmdagi video fayllar to'plangan sayt. Bu saytga ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar video fayllarni joylashlari mumkin. Istalgan foydalanuvchi esa bu videolarni ko'rishi mumkin. Demak sayt haqidagi aqlga sig'mas faktlar bilan tanishing.
YouTube domeni 2005 yil 14 fevralda (Valentin kunida) ro'yxatdan o'tgan. Bu degani bayram qilish uchun yana bir sabab bor.
Bu loyiha a'zolari Steve Chen, Chad Hurley, Jawed Karim lar hisoblanishadi. YouTube saytini yaratishdan oldin bu insonlar Paypal da ish yuritishgan.
Dastlab YouTube sayti video tanishuvni amalga oshirish uchun yaratilgan edi. Sevishganlar real vaqtda bir birlarini ko'rish imkoniyatiga ega bo'lishar edi, keyinchalik bu sayt video xosting bo'ldi.
Ro'yhatdan o'tgan YouTube foydalanuvchilarining 70%AQSh fuqarolaridir, 50% foydalanuvchilarining yoshi 20 yoshdan kichik. Bunisiga nima deysiz?
YouTube ga joylashtirilgan videolarning barchasini ko'rish uchun 1000 yildan ko'p vaqt kerak bo'lar ekan.
Saytning musiqa kategoriyasi eng taniqli kategoriya hisoblanadi. Barcha videolarning 20% shu kategoriyaga tegishli ekan.
Amerikaliklar saytga eng ko'p video fayllarni joylashtiradiganlar ekan, ulardan so'ng Buyuk Britaniya joy olgan. Eng ko'p videolarni tomosha qiladigan davlat ham AQSh ekan, 2 chi o'rinda Yaponiya davlati.
YouTube ga dastlabki videoni sayt yaratuvchilaridan biri Djaved Karim kiritgan. Video “Men hayvonat bog'idaman" deb nomlangan edi. Bu video 18 sekundlik ekan.
Bir kunda 2 milliardan ko'p insonlar bu saytda video tomosha qilishar ekan.
Google kompaniyasi YouTube ni 2006 yilda sotib olgan. Sayt narxi 1.65 milliard dollarni tashkil qilgan.
2010 yil noyabr statistikasini oladigan bo'lsak, 1 minutda YouTube ga 35 soatlik video joylashtirilar ekan, bir kunda esa bu ko'rsatkich 50400 soatni tashkil qilar ekan.
YouTube da bu video fayl o'chirilgan degan xabar chiqsa, video fizik jihatdan o'chmagan bo'lar ekan, bu videoni maxsus dasturlar orqali ko'rish mumkin bo'lar ekan(misol uchun Deleted YouTube Video Viewer).
Har yili 1 aprel-hazil kuniga sayt biror qiziq ishlarni amalga oshiradi. Misol uchun 2009 yilda saytdagi barcha videolar teskari ko'rsatadigan qilib qo'yilgan, 2010 yilda esa videolar o'rnini matn lar egallagan edi, xo'sh bu yil nima bo'lar ekan.
14 noyabrya 2007 yilda saytning rus tilidagi versiyasi ishga tushdi, bu versiyaga dastlabki joylashtirilgan video fayl Pyotr Nalichning “Gitar" nomli klipidir.
Sayt foydalanuvchilari .mpeg, .avi formatidagi video fayllarni joylashtirishlari mumkin. Sayt esa bu videolarni FlashVideo(.mp4) ga o'zgartirib beradi.
MoldytoasterMedia nomli YouTube foydalanuvchisi 2011 yil 14 dekabrda eng uzun videoni saytga joylagan(596 soat 31 minut va 21 sekund). Birozdan so'ng uning videosi o'chirilgan.
2008 yil Pokiston, 2009 yil Xitoy davlatlari bu saytni o'z fuqarolari uchun bloklab qo'yishgan.
Hozirgi kunda sayt 30 ga yaqin tillarga tarjima qilingan.
"Universal Tube and Rollform Equipment" nomli firmaning sayti utube.com edi va bu sayt ham YouTube sayti kabi o'qilar edi. Shu sababli firma YouTube ni sudga beradi, lekin bundan naf chiqmaydi. Keyinchalik firma sayti utubeonline.com ga o'zgartirildi.