Menejment va marketing


BMI  tarkibining  qisqacha  tavsifi



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/32
Sana02.05.2021
Hajmi0,83 Mb.
#63557
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   32
Bog'liq
boshqaruv strukturasi va ular faoliyatini takomillashtirish

BMI  tarkibining  qisqacha  tavsifi. Bitiruv malakaviy ishining  tuzilishi:  

kirish,  uchta  bob,  xulosa,  foydalanilgan  adabiyotlar  ro‟yxati  va  ilovalardan 

iborat.  BMI hajmi 66 betni tashkil etib, 13 rasm hamda 4 ta jadvallar mavjud. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 



6

 

 



I BOB. BOSHQARUVNING TASHKILIY STRUKTURALARI HAMDA 

ULARDAN SAMARALI FOYDALANISHNING NAZARIY ASOSLARI 

1.1 . Tashkiliy struktura haqida tushuncha va uning turlari 

 

Menejmentning  tarkibiy  tuzilishi  deganda,  boshqaruv  bo‟g‟inlari  va 

bosqichlari  miqdori  va  tarkibi  tushuniladi.  Menejment  tashkiliy  tuzilishining 

oddiy  va  tushunarli  bo‟lishi  uning  ish  qobiliyati  yuqori  bo‟lishini  kafolatlaydi, 

ya'ni  boshqaruv tashkiliy tuzilmasida bosqich va bo‟g‟inlar qancha kam bo‟lsa,  

boshqaruv shunchalik samarali bo‟ladi. 

Boshqaruv  bo‟g‟inlari  -  bu  bitta  yoki  bir-qancha  vazifalarni  bajaruvch 

mustaqil  tarkibiy  unsurlardir.  Tuzilma  elementlari,  ularning  bo‟linmalari  va  

boshqaruv apparatida ishlovchilardir. 

Boshqaruv bosqichlari - bu boshqarish biror darajasidagi ma'lum bo‟g‟inlar 

yig‟indisidir.  Shu  belgisiga  ko‟ra  boshqaruvning  tashkiliy  tuzilmalari  –  ko‟p 

bosqichli (ko‟p bo‟g‟inli), uch, ikki bosqichli (bo‟g‟inli) bo‟ladi. Bosqichlar va 

bo‟g‟inlar  o‟rtasidagi  aloqa  vertikal  va  gorizontal  bo‟lishi  mumkin.  Vertikal 

bo‟g‟inlar  rahbarlarning  ularga  bo‟ysunuvchilar  o‟rtasidagi  munosabatlarni, 

gorizontal aloqalar boshqaruvning teng huquqli bo‟g‟in va unsurlari o‟rtasidagi 

munosabatlarni  bildiradi.  Iqtisodiyotni    boshqaruv  tashkilotlari  yuqori,  quyi, 

teng  huquqli  tashkilotlarga  bo‟linadi.  Yuqori  tashkilotlar  respublika  va  tarmoq  

boshqaruv tashkilotlariga ajratiladi. Umumdavlat  boshqaruv tashkilotlari ishlab 

chiqarishning  turli  tarmoqlarini  birlashtiradilar.  Umumdavlat    boshqaruv 

tashkilotlari Respublika Konstitutsiyasiga asoslangan holda faoliyat yuritadi. 

Xalq  xo‟jaligini  bshqarishning  umumdavlat  tashkilotlari  qonun  

chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud tashkilotlariga bo‟linadi.  qonun      chiqaruvchi 

oliy  tashkilot  -  O‟zbekiston  Respublikasi Oliy  Majlisidir. U  xo‟jalik  faoliyatini 

tartibga  soluvchi  qonun,  qonuniy  aktlarni  tasdiqlaydi.  Davlat  rejalari  va 

byudjetining  bajarilishi  xaqida  hisobotni  muxokama  qilib  tasdiqlaydi, 

iqtisodiyotni boshqarishning ijroiya tashkilotlarini shakllantiradi. Xalq xo‟jaligi 

ni  boshqarishning  ijroiya  tashkilotlariga  umumiy,  tarmoq  va  maxsus  vakolatga 



7

 

 



ega  tashkilotlar  kiradi.  Umumiy  vakolatga  ega  ijroiya  tashkilotlariga 

O‟zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Maxkamasi,  Qoraqalpog‟iston  Respublikasi 

Vazirlar  Maxkamasi  va  xokimiyatlar  kiradi.  Maxsus  vakolatli  tashkilotlar 

tarmoqlararo  xususiyatga  ega  vazifalarni  bajaradilar.  Ular  qatoriga  Davlat 

qo‟mitalarini  kiritish  mumkin.Umumdavlat  Boshqaruvi  tashkilotlarining  asosiy 

vazifalari:  FTTning  asosiy  yo‟nalishlarini  belgilash,  tabiiy  muhitni  muxofaza 

qilish,  pul  va  kredit  tizimiga  rahbarlik  qilish,  soliq  va  daromadlarni  belgilash, 

hisob  va  statistikani  tashkil  etish,  narx,  tariflar  belgilash,  xalq  xo‟jaligi  

tarmoqlariga rahbarlik qilish kiradi. 

O‟zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Maxkamasining  doimiy  ish  yurituvchi 

tashkilotlari  faoliyati  tarmoqlararo  ilmiy-texnikaviy  ishlarga  rahbarlik  qilish, 

fan-texnika  soxasida  tanlov,  ko‟ngilli  asosda  ishlarni  tashkil  etish  kabi 

vazifalarni bajaradi.  

Respublika tovar birjalarining asosiy vazifasi korxonalar bilan xamkorlikda 

mintaqada moddiy texnikaviy ta'minotning barqaror va samarali tizimini tashkil 

etish, iste'molli va ishlab chiqaruvcqilar urtasida barqaror mintaqaviy aloqalarni 

urnatish, maxsulot  etkazib  berishni   nazorat qilish, korxonalarga  ularni  moddiy 

texnikaviy  ta‟minlashda  ko‟mak  berishdan  iboratdir.  Moddiy-texnikaviy 

ta'minot  tashkilotlari  xo‟jalik  hisobi  asosida  ishlab  chiqarish  vositalarini 

sotishning  ko‟p  tarmoqli  savdoni  ta‟minlash  va  moddiy  resurslardan  maqbul 

foydalanishga rahbarlik qiladilar. 

Moliya  Vazirligi  va  uning  joylardagi  tashkilotlari  davlat  va  korxonalar 

manfaatlarini  ximoya  etishga  asoslangan  butunlay  yangi  moliyaviy  siyosatni 

amalga  oshiradi,  xo‟jalik  yuritish  samaradorliginisum  bilan  nazorat  etishni 

ta'minlaydi,  shkat  va  individual  mehnat  faoliyatini  moliya-kredit  vositasida 

tartibga  solish  bo'yicha  choralarni  belgilaydi,  axoli  daromadlaridan  soliq  olish, 

bozor  Iqtisodiyotiga  mos  ish  usullari  va  shakllarini  joriy  etadi,  byudjet 

tashkilotlari  faoliyatini  moliyalashtirish  tizimini  o‟zgartiradi,  uni  iqtisodiy 

me‟yor  va  normativlar  asosida  tashkil  etadi,  ish  sifatini  oshirish  ni  iqtisodiy 

ragbatlantirish  va  ajratilgan  mablaglardan  maqbul  ravishda  foydalanishni 




8

 

 



Iqtisodiy  ragbatlantirish  usullarini  keng  qo‟llashni  ta'minlaydi.  Respublika 

Markaziy  banki  iqtisodiyotdagi  barcha  kredit  va  hisob  kitob  munosabatlarini 

tashkil etuvchi va tartibga soluvchi bosh bankdir. Tijorat banklari tizimi faoliyati 

to‟liq xo‟jalik hisobi va o‟z-o‟zini moliya bilan ta‟minlashi asosiga o‟tkaziladi. 

mehnat  va  ijtimoiy  masalalar  bilan  shug‟ullanuvchi  davlat  tashkilotlari  va 

ularning  joylardagi  bo‟linmalari  tuli  bandlikni,  band  bo‟lmagan  mehnat 

resurslarini  qayta  tayyorlash  va  kasb  o‟rgatish,  kadrlarga  bo‟lgan  talabni 

qondirishni  ta'minlaydilar.  Respublika  vazriliklari  respublika  xududidagi 

kontsernlar  tarmoqlarni  boshqarishni  amalga  oshiradilar.  Tarmoqni  boshqarish 

tizimiga  yakka  rahbarlik  asosida  ish  yurituvchi  vazir  boshchilik  qiladi.  U  qo‟l 

ostidagi  vazirlik va unga qarashli korxonalar faoliyatiga shaxsan javobgardir. 

Xar  bir  vazirlikda  vazir  tarmoqni  boshqarishning  muhim  masalalarini 

kollegial ravishda ko‟rib chiqish va amalga oshirishga imkon beruvchi maslahat 

tashkilotlari tashkil etiladi. Bosh maslahat beruvchi tashkilot - kollegiya bo‟lib, 

uning  tarkibiga  vazir  o‟rinbosarlari,  boshqarma  boshliqlari,  korxonalar 

rahbarlari  kiradi.  Xalq  xo‟jaligi    tarmog‟i  tarkibida  ham  davlat,  ham  xususiy 

korxona,  firma,  aktsioner  jamiyatlari  faoliyat  yuritadi.  Korxona,  firma, 

aktsionerlar  jamiyatlari  fan-texnika  salohiyatidagi  samarali  foydalanish,  ishlab 

chiqarishni  kooperatsiyalash  va  uygunlashtirish  va  uyg‟unlashtirish  asosida  

maxsulot  ishlab  chiqarish  maqsadida  tashkil  etiladi.  Ular  xo‟jalik  hhisobi 

asosida  sanoat,  ko‟rilish,  transport,  savdo  va  boshqa  soxalarda  faoliyat 

yurituvchi  tarkibiy  qismlardan  tashkil  topadi.  Tarkibiy  qism  bankda  alohida 

balans va hisob raqamiga ega bo‟lishi va ijara pudrati bo'yicha, xususiy soxada 

ish yuritishi mumkin. 

Korxona, firma, aktsionerlik jamiyati tarkibiy birlikka qarashli asosiy fond 

va  mablag‟larni  biriktiradi,  ichki  xo‟jalik  munosabatlarini  amalga  oshirish, 

tarkibiy  birliklar  o'rtasidagi  munozaralarni  xal  etish,  shuningdek,  ular  o‟z 

majburiyatlari  bo'yicha  javobgarlik  tartibini  belgilaydilar.  Tarkibiy  birlik 

qonunda  belgilangan  huquqlari  doirasida  unga  biriktirilgan  mulkni  tasarruf 

etadi, firma, AJlari nomidan boshqa tashkilotlar bilan shartnomalar tuzadilar.  




9

 

 



Korxona,  firma,  aktsionerlar  jamiyatlari  tarkibiy  birlikka  o‟z  nomidan 

shartnoma tuzish va bu shartnoma bo‟yicha javobgar bo‟lish xuquqini beradi. 

Tashkiliy  tuzilmalar  juda  turli-tuman,  lekin  ular  umumiy  izchil 

bog‟liqlikka  ega  va  qonuniyatlarga  buysunadi.  Boshqarishning  tashkiliy 

tuzilmasining asosiy turi chizikli va funktsional turlaridir. Ular birikishi asosida 

turli xil chiziqli-funktsional tuzilmalar tarkib topadi. (1-rasm)

2

 

       



                     Chiziqli                                                    Funktsional 

                                                                                            

                                               

    


 

                                                 

 

      Chiziqli shtabli                                       Chiziqli funktsional 



 

                                                                                                                   

                                      

                                                              

                                                                                                          

                                                                                                           

                                                                                             

 


Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish