2018 yil -
Joriy yilning yanvar oyidan boshlab Bankning ―Ipak Yuli Mobile‖
mobil ilovasi yordamida MUNIS tizimi orqali P2P (kartadan kartaga pul o‘tkazish)
banklararo amaliyotlarini o‘tkazish imkoni tug‘ildi.
Aprel oyida Bank xizmatlari qatoriga qo‘shilgan yangi bank mahsuloti
yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar hisobvaraqlariga masofaviy
xizmat ko‘rsatish imkonini yaratuvchi ―Ipak Yuli Mobile for Business‖ mobil
ilovasi ishga tushirildi.
AITB ―Ipak Yo‘li‖ VISA International xalqaro tashkiloti bilan hamkorlikda
―2018 FIFA World Cup™ futbol bo‘yicha jahon chempionatiga Visa International
bilan birga!‖ aksiyasi tashkil etildi.
Bankning barcha shahar va hududiy filiallarida xorijiy valyutani sotib olish
va sotish yo‘lga qo‘yilgan ayirboshlash shaxobchalari yo‘lga qo‘yildi.
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
«Valyuta
siyosatini
liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida» gi
Farmoni ijrosini ta‘minlash maqsadida, yuridik shaxslar uchun milliy valyutani
xorijiy valyutaga konvertatsiya qilish cheklovlarsiz amalga oshirila boshlandi.
Aprel oyida Bank ―Onlayn hamyon‖ – muddatli omonatlarni masofaviy
ochish xizmatini ishga tushirdi
Shuningdek, aprel oyida Bank tomonidan ―Ipak Yuli Mobile‖ mobil ilovasi
orqali xorijiy valyutani sotib olish va sotish imkoniyati yo‘lga qo‘yildi.
33
Aprel oyida Bank tun-u kun 24/7 rejimida ishlaydigan xorijiy valyutani
milliy valyutaga ayirboshlaydigan funksiyali bankomatni ishga tushirdi.
Aprel oyida O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining ATB ―Xalq banki‖
Yetakchilar kengashi tomonidan tashkil qilingan banklar o‘rtasidagi bouling
musobaqasida Bank g‘olib bo‘ldi.
Iyun oyida Bank jismoniy shaxslar uchun mikroqarz xizmatini yo‘lga
qo‘ydi.
Iyul oyida Bank Koreyaning yetakchi banklaridan biri hisoblangan
Kookmin Bank da vakillik hisobvaraqini ochdi.
Iyul oyida Bank tomonidan SAP tizimi muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yildi.
Bank birinchi to‘liq funksiyada tun-u kun ishlovchi avtomatlashtirilgan
valyuta ayirboshlash shaxobchasini ishga tushirdi.
Ipak Yo‘li banki tomonidan HiTech bank va Davrbank larni xalqaro Visa
kartasini chiqarish va unga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha protsessing markaziga ulash
bo‘yicha ishlar yakunlandi.
Bank "Allmedia Safe Service" MChJ (Allplay savdo belgisi) va
"Узбекистон Темир Йуллари" AJ bilan elektron tijorat bo‘yicha birinchi loyihani
ishga tushirdi.
Bank infokiosk orqali kreditni so‘ndirish xizmatini yo‘lga qo‘ydi.
Bank «Click» mobil banking tizimiga integratsiyalashuvni yakunladi va
«Click» ilovasi orqali kreditni so‘ndirish xizmatini yo‘lga qo‘ydi.
Bank Navoiy, Namangan, Qarshi va Shaxrisabzda xalqaro kartalarni
chiqarish bo‘yicha yangi emission markazlarni ochdi.
Avgust oyida Farg‘ona shahrida ―Farg‘ona‖ filiali ochildi.
Avgust oyida Bank xorijiy valyutada «Управляй» nomli onlayn omonatni
yo‘lga qo‘ydi.
34
Do'stlaringiz bilan baham: |