Muammoni hal qilish. Bu usul barcha tomonlarni qanoatlantiruvchi yechimini topish uchun nizoni chaqiruvchi sabablarni chuqur tahlil qilishva barchani fikrlarini inobatga olishga asoslanadi. Bu usul tarafdorlari o’zlarini maqsadiga boshqalar maqsadi orqali emas, balki nizoning eng oqilona yechimini topish evaziga erishishni xohlaydilar.
Tavakkalchilik tushunchasi va uni boshqarish.
Kichik biznes hamda xususiy tadbirkorlikni rivojlanib borishi bilan xo‘jalik yuritishning asosini tashqil etuvchi raqobatning ahamiyati ortib bormoo‘da. Bunday sharoitda muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun tadbirkorlar samarali boshqaruv uslublarini bilishlari, tavakkalchilik chegaralarini aniqlay olishlari, mavjud variantlardan eng maqbulini tanlay olishlari kerak. Bu esa tadbirkorning ishbilarmonlik o‘obiliyati bilan belgilanadi va har bir tadbirkordan ma’lum darajada bilim va malaka talab qiladi.
Tadbirkorlik – foyda olish maqsadida o‘z mol-mulkini tavakkkalchilik asosida biznesga tikish jarayoni ekanligi tufayli, bunday faoliyat doimiy ravishda ma’lum bir xatarlar bilan bog‘liq bo‘ladi. Mamlakatimiz va xorijda to‘plangan tajribalar tadbirkorlik faoliyatini tavakkalchiliksiz amalga oshirib bo‘lmasligini ko‘rsatmoqda. Shuning uchun ham tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan insonlarning hayoti umid va tushkunlik, tinimsiz mehnat va xavotirlarga to‘la bo‘ladi. Tadbirkor tavakkalchiligi yuqori bo‘lgan ishga tayyor bo‘lgan odamlar o‘atoriga kiradi. U tavakkalchiligi o‘ta yuqori bo‘lgan loyihalarni yechishi va hal qilishi mumkin yoki tavakkalchilikning darajasi unchalik kuchli bo‘lmagan biznes bilan shug‘ullanishi mumkin.
Tavakkalchilik – kelgusidagi vaziyat noaniq bo‘lgan sharoitda pirovard natija yaxshi bo‘lishiga umid bog‘lab, mol-mulk yoki foydadan mahrum bo‘lish (to‘liq yoki qisman) xavfini o‘z bo‘yniga olib amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyatidir. Tadbirkorlik subyektining faoliyati bilan bog‘liq tavakkalchilik turlarining mohiyati va kelib chiqish xususiyatlariga ko‘ra quyidagicha turkumlash mumkin (13-chizma):
tabiiy jarayonlar bilan bog‘liq tavakkalchilik;
ishlab chiqarish faoliyatiga oid tavakkalchilik;
mahsulotlarni tashish va asrash jarayoni bilan bog‘liq tavakkalchilik;
tijorat faoliyatiga oid tavakkalchilik;
moliyaviy faoliyatga oid tavakkalchilik;
siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hususiyatdagi tavakkalchilik.
Tavakkalchilikni tug‘diradigan xavflarning turlari xilma-xil bo‘lib, ularning ba’zi birlari subyektning o‘z faoliyatini natijasida yuzaga kelsa, ikkinchi turlari unga bog‘liq bo‘lmagan tashqi omillarning ta’sirida yuzaga keladi.