Asosiy adabiyotlar:
Bagiev G.L., Tarasevich V.M., Ann X. Marketing. Uchebnik. - Spb.: Piter, 2009
Глухов В.В. Менеджмент: Учебник. 3- изд.- СПб Питер, 2009
Kotler F. Marketing menedjment. Uchebnoe posobie. - Spb.: Piter, 2010
Qo'shimcha adabiyotlar:
Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. - Toshkent: “O'zbekiston” 2017
Sharifxo'jaev M, Abdullaev Yо. Menejment. Toshkent: “O'qituvchi” 2001
Yo'ldoshev N.Q., Qozoqov O.S. Menejment. Darslik. - T.: Fan, 2004
Ergashxodjaeva Sh.J., Qosimova M.S., Yusupov M.A. Marketing. Darslik. -T.: TDIU, 2011
Axborot manbalari:
www.gov.uz – O'zbekiston Respublikasi hukumat portali.
www.lex.uz – O'zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi.
www.tradingeconomics.com – ekonomicheskie pokazateli
3-mavzu. Menejerni rahbarlik uslubi va boshqaruvdagi o'rni.
Reja
3.1. Menejer va rahbarlik uslubi tushunchasi
3.2. Rahbarlik usulubiga qarab rahbarning turlarga ajratilishi
3.3. Rahbar fazilatlari to'g'risida Gippokrat fikrlari
3.4. Rahbar madaniyati va unga qo'yiladigan talablar
Tayanch tushunchalar:
Menejer, kompaniya, korxona, bank, moliya, firma, avtokratik, liberal, rahbar, demokratik, mexanxolik, sangvinik.
3.1.Menejer va rahbarlik uslubi tushunchasi
Menejer - bu maxsus tayyorgarlik ko'rgan, boshqarishning sir-asrorlari, qonun-qoidalarini puxta egallagan malakali mutaxassisdir. Menejer bu yollanma boshqaruvchi bo'lib, alohida ijtimoiy qatlamga mansub bo'ladi.
Kompaniya, firma, korxona, bank, moliya muassasalarining ijroiya hokimiyatiga ega bo'lgan boshqaruvchi, direktor, rahbar, mudir, ma'muriy boshqaruvchilar menejerlar deb yuritiladi. Menejerlar boshqaruv pog'onasiga binoan uch toifaga bo'linadi:
Yuqori pog'ona menejerlari firma istiqbolini belgilash, uning kelajagi uchun ahamiyatli chora-tadbirlarni ishlab chiqish bilan shug'ullanadi. Bir so'z bilan aytganda firma rejasini ishlab chiqadi va uni amalga oshiradi.
O'rta pog'ona menejerlari firma faoliyatining ayrim tomonlarini, chunonchi, ishlab chiqarish, tovarlarni sotish, narx belgilash, moliya faoliyati, yangi tovarlarni o'zlashtirish, texnologiyani qo'llash, mehnatni tashkil etish kabilarni boshqarish bilan shug'ullanadi.
Quyi pog'onali menejerlar quyi bo'g'inda, masalan, sex, bo'lim, brigada doirasida ishni tashkil etish, kunlik, haftalik, oylik ish topshiriqlarining bajarilishini boshqarib boradi.
To'g'ri, korxonani boshqarish bevosita mulk egasining vazifasi deyishimiz mumkin. Ammo boshqarish uchun mulk egasi bo'lish shart emas. Shu xususdan orkestrni boshqaruvchi direjyor musiqa asboblarining egasi bo'lmasa ham o'z ishini qilaverishi o'rinli. Boshqarish vazifasini korxona egasining o'zi yoki yollangan, ammo mulkdor nomidan ish qiluvchi menejer bajaradi.
Har bir menejer o'ziga xos boshqaruv uslubiga ega. Uslub - bu ishlash, boshqarishdagi o'ziga xos yo'l, usul ma'nosini anglatadi. Shu nuqtai nazardan quyidagi tushunchalarni ajrata bilish lozim:
Boshqaruv uslubi - bu boshqaruv jarayonida yuzaga chiqadigan muammolarni hal qilish usullari, yo'llari majmuidir.
Ish uslubi - bu boshqaruv funksiyalarini samarali bajarish maqsadida biror-bir organning yoki rahbarning bo'ysinuvchilarga aniq va nisbatan barqaror ta'sir ko'rsatish usuli va yo'llari majmuidir.
Rahbarning ish uslubi - bu boshqaruv jarayonida u yoki bu masalani hal qilishda uning o'ziga xos yondoshishidir. Rahbar qaror qabul qilganda, uning bajarilishini tashkil etganda va qo'l ostidagi kishilar ishini nazorat qilganda o'z vazifalariga muvofiq ish ko'radi.
Do'stlaringiz bilan baham: |