"menejment va iqtisodiyot"


 Sanoat korxonalarida boshqaruv jarayoni va uning texnologiyasi



Download 2,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet347/370
Sana11.09.2021
Hajmi2,98 Mb.
#171397
1   ...   343   344   345   346   347   348   349   350   ...   370
Bog'liq
menejment va iqtisodiyot

13.1. Sanoat korxonalarida boshqaruv jarayoni va uning texnologiyasi. 
 
Boshqaruv  butun  boshqaruv  tizimining  uzluksiz  amal  qilishi  jarayonini 
ifodalaydi.  U  mehnat  jarayonining  barcha  xususiyatlariga  ega.  Umuman  boshqaruv 
jarayonini  texnologiya  (qanday  amalga  oshiriladi),  tashkil  etish  (kim  va  qanday 
tartibda) nuqtai nazaridan  tavsiflash  mumkin.   
Boshqaruv  jarayoni  deganda  biz  turli  tuman  takrorlanib  turuchi  tsikllarni 
birlashishini  va  o’zaro  harakatda  bo’lishini  tushunamiz.  Bularga  boshqaruv 
apparatlari  xizmatchilari  tomonidan  bajariladigan  kasb  vazifasi  va  malakasi,   
texnologiya,  operatsiya, protsedura va elementlar  kiradi. 
Boshqaruv jarayoni  mazmunining  uch jihatini  ajratish  mumkin:   
-  texnikaviy;   
-  ishlab chiqarish;   
-  iqtisodiy va ijtimoiy.   
Texnikaviy  jihatdan  bu  mahsulot  ishlab  chiqarish,    abor  yoki  neft`  ajratib 
olishni  boshqarish;  ishlab  chiqarishda  –  bu ishlab chiqarishni tashkil etish jarayoni, 
ya`  abor`linma,  tsex,  korxonalar  o`zaro  ta`sirini  boshqarish,  iqtisodiy  jihatdan 
ishlab  chiqarish,  ish  kuchi  va  butun  iqtisodiy  munosabatlar  tizimiga  rahbarlik 
qilish,  ijtimoiy  jihatdan  –  bu  mehnat  jamoasi  ijtimoiy  ehtiyojlarini  qondirish, 
insonni  tarbiyalashdir.  Boshqaruv  jarayoni  texnologiyasi  boshqaruv  xodimlari 
tomonidan bajariladigan  operatsiya va amallardan  iboratdir. 
Shunday  qilib,  boshqaruv  jarayoni  rahbar  va  boshqaruv  apparatining 
qo`yilgan  maqsadlarga  erishish  uchun  kishilarning  birgalikdagi  faoliyatini 
muvofiqlashtirish  bo`yicha maqsadli  harakat qilishidir.   
Boshqaruv  faoliyatini  amalga  oshirish  tartibiga  ko`ra  uni  quyidagi 
bosqichlarga bo`lish mumkin:   
-  maqsad; 
-  vaziyat; 
-  muammo; 
-  qaror qabul qilish.  
Har  bir  ta`sir  etishni  amalga  oshirishdan  avval  uning  maqsadi  aniqlanishi 
lozim,  chunki  boshqaruv  ma`lum  masqadga  erishish  uchun  amalga  oshiriladi. 


223 
 
Boshqaruvning  keyingi  bosqichi  boshqaruv  jarayonidagi  vaziyatni  tahlil  etishdan 
iborat.  U  tizimning  holatini  baholash,  uni  yaxshilash  yo`llarini  izlash  yoki  undagi 
salbiy  xislatlarni  bartaraf  qilish  bilan  bog’liq  ishlarni  tavsiflaydi.  Muammo 
bosqichida  tizimning  hozirgi  holatining  uning  rivojlantirish  maqsadiga  nisbatan  u 
qarama  –  qarshiliklarini  aniqlash  ko`zda  tutiladi.  Qaror  qabul  qilish  bosqichi 
rahbarning  amalda  tashkiliy  faoliyatiga  o`tishini  ifodalab,  qaror  qabul  qilish  bilan 
boshqariladigan  tizimga  ta`sir o`tkazila  boshlanadi. 
Boshqaruv jarayonini,  quyidagi  davrlarga  bo`lish mumkin:   
-  maqsad qo`yish;  
-  axborot faoliyati;   
-  tahliliy  faoliyat;   
-  boshqaruv tizimida  tashkiliy  amaliy  faoliyat  va harakatlar  variantlarini  tanlash.  
Boshqaruv 
jarayonini 
tashkil 
etishda 
biznes-reja 
  abor`minot, 
moliyalashtirish  va  biznes-reja;  narxni  belgilash  va  kredit  berish  funktsiyalarini 
bog’lashni  ta`minlash,  boshqaruv  tizimi  ayrim  unsurlarini  (maqsad  –  usul,  maqsad 
va  kadrlar,  qarorlar  va  usullar,  usullar  va  tarkib)  muvofiqlashtirish,  boshqaruv 
kadrlarini  tayyorlash, fan-texnika  yutuqlarini  joriy  etishni  ta`minlash  zarur. 
Korxonalarga  erkinlik  va  mustaqillik  berilishi  bilan  hal  qilinishi  lozim 
bo`lgan  boshqaruv  jarayoninи  tashkil  etish  bilan  bog’liq  muhim  muammo  rasman 
bir-biri  bilan  bog’liq  bo`lmagan  boshqaruv  tashkilotlari  o`rtasidagi  gorizontal 
aloqalarni  amalga  oshirish  bo`lib  qoldi  (masalan,  korxona  va  mahsulot 
iste`molchilari,  xom ashyo bilan ta`minlovchilar  va korxona o`rtasida va h.k.). 
Iqtisodiyotni  erkinlashtirish  sharoitida  qo`llaniladigan  zamonaviy  menejment 
texnologiyalari  ma`muriy  rejalashtirilgan  iqtisodda  qo`llanilgan  texnologiyalardan 
farq  qiladi.  Masalan,  xodimni  boshqarish  oldingi  kadrlar  bilan  ishlash 
tushunchasidan  farq  qiladi.  Bundan  tashqari,  korxonani  boshqarishda  bir  qancha 
yangi  texnologiyalarni,  ayniqsa  bozor  munosabatlari  va  raqobat  bilan  talab  etilgan 
texnologiyalarni 
rivojlantirish 
zaruriyati 
vujudga 
keldi. 
Ularga 
moliyaviy 
menejment,    abor  gic  menejment,  marketing,  innovatsion  menejment,  logistika 
kiradi. 
Korxona  faoliyatining  maxsus  sohalarini  boshqarish  texnologiyalaridan 
tashqari  tizim  sifatidagi  butun  tashkilotni  boshqarishning  kontseptual  texnologiyasi 
ham  mavjuddir.  U  odamlar,  moddiy,  moliyaviy  va  axborot  resurslarining  o`zaro 
ta`sirini,  hamda  sotuvchilar  va  iste`molchilar  bozorida  boshqa  tizimlar  bilan o`zaro 
ta`sirini  o`z ichiga  oladi.  
Bunday texnologiyalarning  uch turini  ajratish  mumkin: 
 
1.  Ma`muriy  texnologiya.   
2.  Vakolatlarni  taqsimlash  va  moliyaviy  mustaqillikka  asoslangan  boshqarish 
texnologiyalari. 
 
3.  Birinchi  va  ikkinchi  yondashuvni  birlashtiradigan  korxonani  boshqarishning 
aralash  texnologiyasi. 
Boshqaruv  ob’yekti  nuqtai-nazaridan  menejment  avvalo  raqobatbardosh 
strategiyani  ishlab  chiqish  va  amalga  oshirish,  tejamli  o`zgaruvchan  tashkiliy  
strukturani  va  korxonani  boshqarish  texnologiyasini  shakllantirish,  korxonaning 


224 
 
muhim  faoliyat  sohalarini  boshqarish  uchun  javob  beradigan  mutaxassislar 
komandasini  tanlash  qobiliyati  bilan  xarakterlanadi.  Bundan  tashqari,  korxona 
faoliyatining  alohida  sohalarini  boshqarish  ham    ajratiladi  –  maxsus  yoki  ob’yektli 
menejment.  Bunda  aniq  soha  borasida  ega  bo`lgan  kasbiy  bilim  bilan  jamoa  ishini 
tashkil    qilish  borasidagi  menejerlik  qobiliyatlarining  birgalikda  olib  borilishi  katta 
rol  o`ynaydi.  Menejmentning  asosiy  vazifalaridan  biri  natijaga  ega  bo`lish,  ya`ni 
rahbar  nafaqat  o`zi  ishlashi,  balki  ko`proq  boshqalarning  ishini  tashkil    qilishi 
kerak.  Buni  qanday  amalga  oshirish  mumkin?  Ushbu  savol  o`z  dolzarbligini  hech 
qachon yo`qotmaydi.  
Qo`yilgan 
masalalarni 
yechish 
uchun 
menejmentda 
qo`llaniladigan 
ishlovchilarga  ta`sir  ko`rsatishning  bir  qancha  instrumentlari  mavjud.  Ko`pincha 
menejmentda  personalga  ta`sir  ko`rsatish  uchun  ishlovchining  egallab  turgan 
lavozimi,  bajariladigan  ish  turi,  o`rnashib  olgan  boshqarish  an`analarini  hisobga 
oladigan  bir  qancha  instrumentlarning  birligi  qo`llaniladi.  Menejmentning  ba`zi  bir 
texnologiyalarini  keltiramiz. 

Download 2,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   343   344   345   346   347   348   349   350   ...   370




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish