"menejment va iqtisodiyot"


-chizma.  Boshqaruv  tizimidagi  axborot  aloqalari



Download 2,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet327/370
Sana11.09.2021
Hajmi2,98 Mb.
#171397
1   ...   323   324   325   326   327   328   329   330   ...   370
Bog'liq
menejment va iqtisodiyot

12.1-chizma.  Boshqaruv  tizimidagi  axborot  aloqalari. 
Boshqaruv  buyrug’i 
Ichki  axborot 
 
Tashqi  axborot 
 
Boshqaruvchi  tizim 
Boshqariluvchi  tizim 
....................
... 
....................
... 


209 
 

 
boshqa korxonalarning ilg’or  tajribalari; 

  raqobatchilarning  hatti-harakatlari; 

  bozorlardagi holat va muvozanat; 

  inflyatsiya  va ishsizlik  darajasi; 

  byudjetga  to`lovlar  va  boshqa  ma`lumotlar  shu  turkumdagi  axborotlar  sirasiga 
kiradi.   
Bular  tashqi muammolardan  kelib  chiquvchi  axborotlar hisoblanadi. 
Agar  korxona  ichida  axborot  oqimlarining  kelishi  va  tashqi  dunyo  bilan 
aloqalar  buzilsa, korxonaning  yashashi xavf ostida koladi. 
Boshqarishda  foydalaniladigan  va  bajarilishi  uchun  uzatiladigan  axborotlarga 
quyidagi  talablar  qo`yiladi:  ishonchlilik;  tushunarli,  bir  ma`nolilik;  tezkorlik; 
to`liqlik;  tejamlilik. 
Hozirgi  davrda  rahbar  boshqaruv  ishlarida  tashabbus  va  omilkorlik 
ko`rsatishi,  tezkorlik  bilan  ish  olib  borishi,  vaziyat  o`zgarishini  o`z  vaqtida 
payqash,  resurslar  bilan  manyovr  qila  olishi,  har  bir  aniq  sharoitda  maqbul  qaro r 
qabul  qilishi  zarur.  Buning  uchun  rahbar  ishonchli  va  mazmunli  axborot  olib 
turishi  lozim.  Ortiqcha,  befoyda  axborot  rahbar  ishini  qiyinlashtiradi,  ortiqcha 
mehnat  va vaqt va sarflashga olib keladi.   
Axborot  tushunarli  bo`lishi  kerak,  chalkash,  bir-biri  bilan  taqqoslab 
bo`lmaydigan  ko`rsatkichlar  to`g’ri  rahbarlik  qilishga  va  o`z  vaqtida  qaror  qabul 
qilishga  putur  yetkazadi.  Axborotning  o`z  vaqtida  kelishi  va  o`z  vaqtida 
bajaruvchilarga  yuborilishi,  ya`ni  tezkorligi  ham  juda  muhimdir.  U  boshqaruv 
jarayonining,  binobarin,  ishlab  chiqarishning  uzluksiz  borishiga  yordam  beradi. 
Shuningdek,  dastlabki  axborotni  boshqarish  turli  maqsadlar uchun oson o`zgarish, 
undan  boshqaruvning  barcha  bo`g’inlarida  foydalanish  mumkinligi,  axborotning 
uzil-kesil  ishlanishi,  undan  qo`shimcha  ishlov  bermasdan  foydalanish  ham  katta 
ahamiyatga  ega.  
Zarur  paytda  kerakli  natija  beradigan  axborotlar  qimmatli  hisoblanadi.  Kech 
berilgan  axborotlar o’z qimmatini  yo’qotadi.  
Ishlab  chiqarish  vaziyatiga  to’g’ri  baho  berish  va  aniq  qaror  qabul  qilish 
uchun  boshqaruv  organi  axborot  bilan  to’liq  ta’min  etilishi,  axborot  hajmi 
maqsadga  muvofiq  bo’lishi  kerak.  Axborot  yetishmasligi  yoki  haddan  tashqari 
ko’payib  ketishi  tezkor  va  to’g’ri  boshqarishga  xalal  beradi.  Va  nihoyat, 
boshqarish  apparati  xodimlari  qanchalik  yuqori  malakali  bo’lsalar,  axborot 
qimmati  ham shunchalik  yuqori va tartibga  solingan  bo’ladi. 
Boshqarish  organlari  ma`lumotlar  qabul  qiluvchi  texnika  vositalari  bilan 
qanchalik  mukammal  ta`minlangan  bo`lsa,  rahbarlarga  ortiqcha,  befoyda 
ma`lumotlar  shunchalik  kam  kelib  tushadi.  Bu  esa,  o`z  navbatida  axborot 
oqimidagi  tejamkorlikni  ta`minlaydi.  Boshqarish  tizimining  muvaffaqiyatli 
ishlashining  zarur  sharti  faqat  to`g’ri  aloqagina  emas,  balki  teskari  aloqaning  ham 
mavjudligidir.  Teskari  aloqa  har  qanday  darajadagi  tizimlar  harakatini  rostlab 
turish uchun universal  mexanizm  hisoblanadi.   


210 
 
Boshqariluvchi  tizimdan  boshqaruvchi  tizimga  kelib  tushadigan  axborotni, 
ya`ni  berilgan  farmoyish  va  buyruqning  natijalari  to`g’risidagi  axborotni  teskari 
aloqa deb tushunish qabul qilingan.   
Boshqaruv  tizimi  unsurlari  ichida  murakkab,  ko`p  tomonlama  va  xilma-xil 
aloqalar  mavjudligi  sharoitida  ayniqsa  teskari  aloqaning  ahamiyati  ortadi. 
Boshqaruvchi  tizim  farmoyish  yoki  buyruq  (topshiriq)  bergandan  keyin  uning 
qanday  bajarilayotganligi  to`g’risida  teskari  aloqa  yo`li  bo`yicha  o`z  vaqtida 
axborot  bilan  ta`minlanib  turilmasa,  boshqarish  jarayoni  buziladi  va  boshqaruv 
tizimi  butunlay  izdan chiqishi  mumkin.   
Axborot almashuvi  jarayonida  4 elementni  ajratish  mumkin:   
1.  Jo`natuvchi  – axborotni to`plovchi va uzatuvchi  shaxs. 
2.  Axborot – simvollar bilan  kodlashtirilgan  informatsiya. 
3.  Kanal  – axborotni uzatish vositasi. 
4.  Qabul qiluvchi  – axborot tegishli  bo`lgan shaxs.  
Axborot  almashuvida  jo`natuvchi  va  qabul  qiluvchi  bir  necha  o`zaro  bog’liq 
bosqichlarni  o`tadi.  Ularning  vazifasi  –  har  ikkala  tomon  tushunishi  uchun 
axborotni  to`g’ri  tuzish  va  uzatish  uchun  muvofiq  kanaldan  foydalanish  (12.2-
chizma). 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Bu bosqichlar quyidagilar: 
1.  G’oyaning tug’ilishi. 
2.  Kodlashtirish  va kanalni  tanlash. 
3.  Uzatish. 
4.  Dekodlashtirish. 
G’oyaning  tug’ilishi.  Qanday  g’oyani  almashuv  ob’yekti  sharoitida  olish 
mumkinligini  jo`natuvchi  hal  qiladi.  «O`ylamasdan  gapirishni  boshlamang»  –  bu 
bosqichning  printsipi.  G’oya  aniq  vazifalarni  bajarishdan  va  kutiladigan  natijadan 
iborat  bo`lishi  kerak:  1.  Qanday  o`zgarishlar  kerakligini  ishchilar  bilishi  kerak, 
masalan,  6%  ishlab  chiqarishni  oshirish  qo`shimcha  ish  haqisiz. 2. Nima uchun bu 
o`zgarishlar  kerakligi  ishchilar  bilishi  kerak.  3.  Qanday  qilib  bu  o`zgarishlarni 
amalga  oshirish kerakligini  ishchilar  bilishi  kerak.   
Kodlashtirish va kanalni tanlash. Jo`natuvchi axborotni jo`natishdan oldin uni 
simvollar  ya`ni  so`zlar,  intonatsiya  va  imo-ishora  yordamida  kodlashtiradi. Bunday 
kodlashtirish  g’oyani  axborotga  aylantiradi.  Jo`natuvchi  bundan  tashqari 
Shakllantiradi  yoki 
tanlaydi 
Kodlashtiradi  va 
kanalni  tanlaydi 
Jo`natuvchi 
G’oya 
Axborot 
Qabul 
qiluvchi 
G’oya 
tushunarlimi? 
Kanal  bo`yicha 
uzatadi 
Dekodlashtiradi 

Download 2,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   323   324   325   326   327   328   329   330   ...   370




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish