"menejment va iqtisodiyot"


Mavzu 10. Sanoat korxonalari marketingini boshqarish



Download 2,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet283/370
Sana11.09.2021
Hajmi2,98 Mb.
#171397
1   ...   279   280   281   282   283   284   285   286   ...   370
Bog'liq
menejment va iqtisodiyot

Mavzu 10. Sanoat korxonalari marketingini boshqarish. 
Reja: 
1.  Marketing  tushunchasi, turlari  va strategiyasi. 
2.  Bozor imkoniyatlarini  o`rganish. 
3.  Korxonada marketing  xizmatini  tashkil  etish. 
4.  Reklama:  funktsiyasi  va vazifalari. 
Tayanch  iboralar:  marketing,  bozor,  talab,  taklif,  marketing  faoliyati, 
segmentlash,  korxona,  marketing  kanallari,  marketing  majmui,  raqobat,  reklama, 
reklama  usullari,  reklama  vositalari,  reklama  tadbiri. 
 
10.1. Marketing tushunchasi, turlari va strategiyasi. 
 
Marketing  -  insonning  ayirboshlash  vositasida  talab  va  ehtiyojni  qondrishga 
qaratilgan  faoliyatidir.  Marketing  tarkibiga  bozorni  o`rganish.  Iste`molchi 
buyurtmasiga  ko`ra  mahsulotlar  assortimentini  rejalashtirish,  bozorni  egallash, 
reklama,  tovarlar  va  xizmatlarni  ishlab  chiqaruvchidan  iste`molchiga  yetkazib 
berish bilan  bog’liq tadbirkorlik  faoliyati  kiradi.   
Marketing konstruktor, muhandis, iqtisodchi va boshqa mutaxassislarga bozor 
ehtiyojlari  bilan  tanishish,  iste`molchi  ushbu  mahsulotning  qanday  bo`lishini 
istashi,  unga  qancha  haq  to`lashi,  u  kim  uchun  zarurligi  haqida  mulohaza  yuritish 
imkonini  beradi. 
Bozor  sharoitida  korxonani  boshqarish  marketingni  ishlab  chiqarish  tsiklining 
boshiga  qo`yadi,  chunki  xo`jalik  qarorlarini  qabul  qilish  asosida  ishlab  chiqarish 
imkoniyatlari  emas,  balki  bozor  talablari,  xaridor  extiyojlari  yotadi.  Oxir  natijada 
korxona  ko`lami,  korxonani  boshqarish  tashkiliy  tarkibini,  boshqaruv  tamoyil  va 
usullarini,  xizmat  ko`rsatish yo`nalishlarini  bozor belgilaydi.   


181 
 
Bozor  munosabatlari  sharoitida  korxona  bozor  kon’yukturasi,  bo`lajak 
sheriklar  imkoniyatlari,  narxlar  o`zgarishi  xaqida  axborot  olish  asosida  o`z  ishlab 
chiqarishini  moddiy-texnikaviy  ta`minlash  va  kapital  qurilishni  tovarlar  va 
xizmatlar  bozoridan  (bevosita  ishlab  chiqaruvchidan,  ulgurji  savdoda,  shu 
jumladan,  yarmarka,  kimoshdi  savdosi,  hamda  moddiy-te`minot  va  boshqa 
vositachi tashkilotlardan)  resurslar sotib olish yo`li  bilan  amalga  oshiradi.  
Natijada  korxonaning  reja-iqtisod,  texnika,  texnologiya,  ta`minot  va  sotuv 
bo`limlari  vazifalari    o`zgaradi.  chunki  korxona  muhandis-texniklari  resurslardan 
qay  darajada  foydalana  olish  imkoniyatiga  ega  ekanliklarini  bilishlari,  bozor 
ta`siridan  erkin  bo`lishlari  uchun  korxonada  bozor  iqtisodiyoti,  korxona  ishlab 
chiqarish  va  moliya  siyosati  masalalari  bo`yicha  axborot  manbaasi,  bo`lgan 
maxsus marketing  xizmatini  tashkil  etish extiyoji  vujudga  keladi. 
Marketing  bo`limi  bozorni,  ijtimoiy  talab  xolati  va  o`zgarishi,  kon’yukturani 
o`rganish  natijasida  korxonada  ishlab  chiqariladigan  mahsulot  zarurligi,  istiqboli 
masalasini  hal  etadi.  Korxonani  marketing  vositasida  boshqarish  ancha  mushkul 
bo`lib,  katta  xajmda  reja-xisob  kitoblarini,  kadrlarni  qayta  tayyorlashni,  boshqaruv 
vazifa  va  usullarini  tubdan  o`zgartirishni  talabqiladi.  Faqat  korxona,  butun 
iqtisodiyot  xo`jalik  mexanizmini  tubdan  qayta  qurishi  asosidagina  marketing 
tendentsiyasini  qo`llash  mumkin.  Aks  holda  korxona  tez  o`zgaruvchan  talabga 
moslasha  olmay  raqobat  kurashiga  bardosh    bera  olmaydi.  Bu  korxona  foyda 
ko`rmasligi  va  undan  kelib  chiquvchi  boshqa  oqibatlarga  olib  keladi.  Chunki  faqat 
iste`molchilar  extiyojini  xisobga  olib,  fan-texnika  taraqqiyoti  yutuqlaridan 
foydalana  olgan  korxonagina  o`z  mahsulotini  sotishdan  foyda  olishi  mumkin.  Bu 
ma`noda  amerikalik  avtomobil’  magnati  G.Fordning  fikrini  ta`kidlab  o`tish  zarur. 
Undan  qanday  qilib  millioner  bo`lganligini  so`raganlarida  quyidagicha  javob 
bergan:  «Juda  oson.  Men  o`z  avtomobillarimni  bozorda  boshqalarga  nisbatan 
arzonroq  sotib,  o`z  ishchilarimga  boshqalarga    nisbatan  ko`p  xaq  to`laganman». 
Bunday  holda  u  sinishi  kerak  edi,  lekin  u  raqobatchilarini  bozordan  siqib  chiqarib 
bozorni egallagani   uchun millioner  bo`ldi. 
Tovar  pul  munosabatlari  jamiyatni  o`z-o`zini  boshqarish  mexanizmi  bilan 
qurollantirgani  uchun  bebaho  xususiyatga  ega.  Tartibga  solinuvchi  bozor  xo`jalik 
faoliyatini  iste`molchiga  qaratish,  tashkiliy  tizimlar,  boshqaruv  tamoyili  va 
usullarini  qayta qurish, korxona maqsad va vazifalarini  o`zgartirishni  talab qiladi. 
Amerikalik    iqtisodchi  Filipp  Kotler  o`zining  mashhur  «Markting  bo`yicha 
boshqaruv» qo`llanmasida marketing  turlarining  klassifikatsiyasini  bergan. 
                                                                                                      10.1-shakl 

Download 2,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   279   280   281   282   283   284   285   286   ...   370




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish