Munosabat. Nuqtai-nazar. Odamlar orasidagi farqning yana bir tomoni –
ularning biron-bir narsaga munosabati yoki ijtimoiy shakllanishidir. Munosabatlar
bizning atrof-muhitni noob`yektiv idroklashimizni shakllantiradi va shu tariqa
hatti-harakatga ta`sir ko`rsatadi. Ayollar yaxshi xodim emas degan nuqtai-nazarga
ega bo`lgan odamlar, ayollarning hamma xatolarini bo`rtirib ko`rsatishga harakat
qilishadi va ularning yaxshi xodim ekanligi to`g’risidagi isbotlarni idroklay
olishmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |