Iqtisodiy strategiyani shakllantirish tartib qoidalari. Korxonaning ishlab
chiqarish strategiyasi va uning aniq bo’linmalari iqtisodiy strategiya asosida ishlab
chiqiladi. Shuning uchun korxonaning iqtisodiy strategiyasini shakllantirish qonun-
qoidalari to’g’risida aniq tasavvurga ega bo’lish zarur, chunki bulardan ishlab
chiqarish strategiyasini shakllantirishda foydalanish mumkin.
Iqtisodiy strategiyaning shakllashini quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin:
1. Firmaning tashqi muhiti tahlili va unga ko’proq mos keluvchi strategik
boshqarish turini tanlash.
2. Firma erishgan raqobatbardoshlik darajasini tahlili va lokal strategik
maqsadlarni aniqlash natijasida tashqi muhitning o’zgaruvchan darajasi
sharoitida firmaning raqobat ustunliklarini ta`minlaydi.
3. Firmaning strategik salohiyarini kuchaytirish hisobiga strategik maqsadga
iqtisodiy jihatdan samarali erishish vositalarini tanlash.
4. Firmani ijtimoiy va texnik rivojlantiruvchi strategik dasturlarini ishlab
chiqarish va qo’llash.
Iqtisodiy strategiya boshqa iqtisodiy tizimlar singari quyidagi savollarga
javob beradi:
- nima va qancha ishlab chiqarish kerak?
- qanday qilib va qanday jihozlar bilan ishlab chiqiladi?
- kim uchun va qachon ishlab chiqariladi?
Bu savollarga javob berish uchun, firmaning iqtisodiy strategiyasi tartib va
qoyidlarni ishlab chiqarish kerak:
- raqobat ustunliklariga ega bo’lish sharoitlarini o’rganish;
- firmaning missiyasiga to’g’ri keluvchi, tovar va xizmatlar potentsial bozorini
o’rganish, hamda shunday strategik maydonlarni tanlash lozimki, u firmaning
tashqi moslashuvchanligini uzoq davrga ta`minlashga qodir bo’lsin, ya`ni firma
faoliyatini iqtisodiy tomondan siyosiy, huquqiy, ijtimoiy-madaniy, ilmiy-
texnika va ekologik nuqtai nazarlarga mutannosib ravishda olib borishga imkon
berish kerak.
- ichki va tashqi bozorlardagi potentsial xaridorlarning individual va ishlab
chiqarish ehtiyojlarini yuqori darajada qondira oluvchi firmaning tovarlari
xilma-xilligini shakllantirish. Buning natijasida esa firma o’z faoliyatiga
yarasha foyda olib va ishlab chiqarish dasturini kengaytirishga imkon yaratish;
- firmaning ixtiyorida bo’lgan resurslardan eng yuqori unumdorlik (rentabellik)
darajada foydalanishni ta’minlash;
- firmani uzoq davr mobaynida mustahkam holatini ta`minlovchi samarali
baholash siyosatini shakllantirish;
- milliy iqtisodiyot doirasida va uning tarmoqlarida, shuningdek firma ichida
inqiroz belgilarini oldindan aniqlab, uni bartaraf etish.