"menejment va iqtisodiyot"



Download 2,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet240/370
Sana11.09.2021
Hajmi2,98 Mb.
#171397
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   370
Bog'liq
menejment va iqtisodiyot

Rahbarlik turlari 
Avtokratik 
rahbar 
Demokratik 
rahbar 
iberal  rahbar 
Liberal  rahbar 
Belgilar 
Qaror qabul 
qilishda 
Yakkabosh, 
jamoa  fikri  bilan 
hisoblashmaydi 
Jamoa  fikri 
bilan 
hisoblashadi 
Ko`rsatmaga 
binoan  ish 
tutadi 
Qaror yechimlarini 
bo`ysunuvchilarga 
yetkazishdа 
Yozma  va og’zaki 
buyruq,  ko`rsatma 
orqali 
Taklif  orqali 
Iltimos  qilish, 
yalinish  orqali 
Mas`uliyatni 
taqsimlash 
To`la-to`kis 
rahbar  qo`lida 
Vakolatiga 
binoan 
To`la-to`kis 
ijrochilarning 
fikriga  binoan 
Bo`ysunuvchilarning 
tashabbuskorligiga 
Yo`l  qo`yadi 
Rag’batlantiradi 
va foydalanadi 
To`la-to`kis 
tayanadi 
Kadrlarni  
tanlashda 
Kuchli 
raqobatdoshlardan 
qutulish  tarafdori 
Ishchan,  bilimdon 
xodimlarni  mo`ljal 
oladi  va ularning 
o`sishiga  yordam 
beradi 
Beparvo 
Bilimga  bo`lgan 
munosabatda 
Hamma 
narsani  o`zim 
bilaman  deb 
hisoblaydi 
Muttasil  o`qiydi  va 
qo`l  ostidagi   
bo`ysunuvchilardan 
ham  shuni  talab  qiladi 
E`tiborsiz, 
baribir, 
beparvo 
Onda-sonda 
jazolab,  tez-tez 
rag’batlantirish 
tarafdori 
Aniq 
mo`ljali 
yo`q 
8.2.1 - chizma.  Rahbarlik  turlarining  o`ziga  xos xususiyatlari 
Muomalada 
Salbiy, 
masofa 
saqlaydi 
Ijobiy, 
muloqotga 
kirishimli  va 
faol 
Tashabbus 
ko`rsatmaydi 
Bo`ysunuvchilarga 
nisbatan 
Intizomga nisbatan 
Rag’batlantirishga 
 nisbatan 
Kayfiyatiga 
qarab muomala 
qiladi,  asabiy 
Har xil,  talabchan, 
xayrixox,  andishali 
Talabchan 
emas, 
muloyim 
Qattiq,  rasmiy, 
yuzaki 
Maqsadga 
muvofiq  talab 
qiladi 
Yumshoq, 
yuzaki 
Onda-sonda 
rag’batlantirib, 
tez-tez  jazolash 
tarafdori 


154 
 
8.3.  Rahbar fazilatlari va madaniyati. 
Fazilat    bu  ijobiy  xislat,  yaxshi  sifat  yoki  xususiyatdir.  Kishilarda 
fazilatlarning  turlicha  bo`lishi  hamda  xulq-atvorlar  insonning  badanida  aylanib 
yuradigan  suyuq moddalarga ko`p jihatdan  bog’liq ekanligi  tajribada  kuzatilgan.   
Faylasuflar  qadim  zamonlardan  buyon  shaxs  xulq-atvorining  ma`lum  bir 
shakllari  qonuniyatlarini  aniqlashga,  nima  sababdan  bir  kishi  bilan  umumiy  til 
topish  oson-u,  boshqa  bir  kishi  bilan  umumiy  til  topishishning  hech  qanday  iloji 
yo`qligini,  ayrim  kishining  xulq-atvori  mantig’i  nima  bilan  belgilanishini 
aniqlashga  urinib  kelganlar.   
Xulq-atvor  shaxsning  atrof-muhit  bilan  o`zaro  ta`sirga  kirishish  shakllaridan 
iborat  bo`lib,  ular  bir  qator  omillarga  bog’liq  bo`ladi.  Shaxsni  va  uning  xulq-
atvorini  tavsiflab  beradigan asosiy omillarga  quyidagilar  kiradi: 

  shaxsning tabiiy  va o`ziga xos psixologik xususiyatlari; 

  ehtiyojlari,  qiziqishlari  tizimi; 

 
shaxsni boshqarish tizimi,  uning  “men-obrazi”  . 
Shaxsning  tabiiy  xususiyatlari  –  bular  tug’ilgan  vaqtidan  boshlab  mavjud 
bo`lgan  xususiyatlardir.  Odatda,  ular  faollik  va  ta`sirchanlik  singari  dinamik 
tavsiflarning  ma`lum  darajada ifodalanishi  bilan  ajralib  turadi.   
Shaxsning  faolligi  turli  xil  faoliyatlarga  intilishida,  o`zini  namoyon  qilishida, 
psixik  jarayonlarning,  harakat  reaktsiyasining  kyechish  kuchi  va  tezligida 
ifodalanadi,  ya`ni  shaxsning  faoliyatiga  xos  bo`lgan  xususiyat  sifatida  namoyon 
bo`ladi.  Faollikning  eng  oxirgi  ifodasi,  bir  tomondan,  katta  kuch-g’ayrat  sarflash, 
harakatdagi,  faoliyatdagi,  nutqdagi  shiddatkorlik  bo`lsa,  ikkinchi  tomondan,  psixik 
faoliyat,  nutq,  imo-ishoraning  zaifligi,  passivligida  aks  etadi.  Ta`sirchanlik 
shaxsning  asabi  qo`zg’aluvchanligining  turli  darajasida,  uning  atrofimizdagi 
olamga 
bo`lgan 
munosabatini 
ko`rsatib 
beruvchi 
his-tuyg’ularining 
shiddatkorligida  namoyon bo`ladi. 
XX  asrning  20-yillarining  boshlarida  shvetsariyalik  psixiatr  K.G.Yung 
shaxsning 
psixologik 
xususiyatlarini 
“ekstraversiya” 
va 
“introversiya” 
tushunchalari  orqali  ta`riflab  berishni  taklif  etadi.         
“Ekstraversiya” 
(extra-tashqari) 
shaxsning 
shunday 
psixologik 
xususiyatlarini  ko`rsatib  beradiki,  bunda  shaxs  o`zining  qiziqishlarini  tashqi 
omilga,  tashqi  ob’yektlarga  qaratadi,  ba`zan  buni  o`zining  qiziqishlari  hisobiga, 
shaxsiy  ahamiyatini  pasaytirish  hisobiga  amalga  oshiradi.  ekstravertlarga  xulq -
atvorining 
ta`sirchanligi, 
imo-ishoralardagi 
faollik, 
samimiylik 
tashabbus 
ko`rsatish, ijtimoiy  ko`nikuvchanlik,  ichki  olamning  ochiqligi  xos bo`ladi.  
“Introversiya”  (intro-ichki)  shaxsning  o`z  shaxsiy  manfaatlariga,  ichki 
olamiga  diqqat-e`tiborining  qayd qilinishi  bilan  ajralib  turadi.  
Introvertlar  o`zlarining  manfaatlarini  eng  muhim  deb  hisoblab,  uni  yuqori 
darajada  qadrlaydilar.  Ular  uchun  odamovilik,  biqiqlik,  ijtimoiy  passivlik,  mustaqil 
tahlil  qilishga  moyillik,  yetarli  darajada murakkab ijtimoiy  ko`nikish  xosdir.              
Ekstraversiya  va  introversiyaning  hissiy  tavsiflar  bilan  birga  qo`shilib  kelishi 
shaxs temperamentini  belgilab  beradi.  


155 
 
“Temperament”  tushunchasi  lotincha  temperamentum  –  qismlarning  tegishli 
nisbati, mutanosiblik  degan ma`noni  bildiradi.   
Qadimgi  tibbiyotning  yirik  namoyandasi  Gippokratning  inson  badanida  qon 
asosiy  o`rinni  ishg’ol  etsa,  bunday  odam  harakatchan,  engil  bo`ladi, 
taassurotlarining  almashinishiga  tez  ko`nikib  keta  qoladi,  o`z  atrofida  sodir 
bo`layotgan  voqealarga  darhol  va  ishtiyoq  bilan  aralashadi,  degan  fikri  bejiz  emas. 
Mana  shu  xil  kishilarni  Gippokrat  sangviniklar  (xushchaqchaq  kishilar)  deb 
atagan.  Bu  lotincha  “sangvinis”,  ya`ni  qon  degan  so`zdan  kelib  chiqqan. 
Sangviniklar  tuyg’u (jo`shqin) xususiyatlari  bilan  ajralib  turadi. 
Sangviniklar:  kishilar  bilan  tez til topishadigan; bir ish turidan boshqa bir ish 
turiga  tezda  ko`nikadigan;  bir  turda  bajariladigan  ishlarni  yoqtirmaydigan;  yangi 
sharoitga  osonlik  bilan  o`rganadigan;  xushchaqchaq;  harakatlari  shiddatli;  nutqi 
tez;  kelajakka  ishonch  bilan  qaraydigan;  so`zini  aniq  va  ma`noli  qilib,  imo-
ishoralar  bilan  gapiradigan  kishilardir. 
 
  
Sangviniklar  ish  jarayonida  kechgan  ko`ngilsiz  hodisalarni  tezda  unutadilar. 
Ular  o`z  kuchi  hamda  qobiliyatlariga  ortiqcha  baho  berish  xususiyatiga  ega 
bo`ladilar.  Rahbarlar  sangviniklarning  ishini  salbiy  baholashdan  ko`ra  ularga 
nisbatan  qattiqqo`l  va  talabchan  bo`lsalar,  ijobiy  natijalarga  erishishlari  mumkin. 
Sangviniklar  yuqori lavozimga  intiladigan  kishilar  bo`ladi. 
Agar  kishida  shilliq  hukmron  o`rin  tutsa,  unday  kishilar  og’ir,  tepsa 
tebranmas,  kayfiyatlari  va  intilishlari  ancha  barqaror,  voqealar  va  hayot 
taassurotlariga  loqayd  qaraydigan  bo`ladilar.  Bunday  kishilar  flegmatiklar  deb 
atalgan.  Qadimgi  yunonlar  shilliqni  “flegma” deyishgan.  
 
Flegmatiklar chidamliligi, matonati,  o`zini  tuta bilishi  bilan  ajralib  turadi.   
Flegmatiklar: 
ta`sirchanligi 
sust; 
bir 
turdagi  ishdan  ikkinchi  turdagi  ishga  sekinlik 
bilan 
ko`chadilar; 
faolliklari 
kam; 
yangi 
sharoitga  qiyinlik  bilan  moslashadilar;  harakat 
va  nutqlari  sust;  ko`ngilsiz hodisa yuz berganda 
osoyishtaliklarini 
buzmaydilar; 
sabr-toqatli, 
chidamli  bo`lib,  so`zlaganda  xotirjam,  o`zga 
shaxslar bilan  hayajonlanmay  gaplashadilar.   
 


156 
 
Gippokratning  fikricha,  agar  kishida  za`faron  safro  ustun  tursa,  bunday  kishi 
tezkor,  qat`iy,  harakatcha  bo`ladi.  Bu  toifa  kishilarni  Gippokrat  xoleriklar  (qoni 
qiziq kishilar)  deb atagan. Qadimgi  yunonlar  safroni “xoley” deyishgan.   
 
Xoleriklarning  vazminlik  darajasi  xuddi  sangviniklarnikidek  bo`ladi.  Rahbar 
va boshqa kishilarga  nisbatan o`zini  to`g’ri tutadi.
 
Nihoyat,  Gippokrat  yana  bir  tur  kishilarni  ajratadiki,  bundaylarning  ahvoli, 
ruhiyati  bir  xilda  turmaydi.  Ular  yomon  kayfiyatga  ko`proq  moyil  bo`ladilar, 
arzimas  narsalardan  qattiq  kuyunaveradilar.  Bunday  kishilarni  ulug’  shifokor 
melanxoliklar  deb  atagan.  Qadimgi  yunonlarda  melanxolik  so`zi  “qora  safro” 
degan ma`noni  bildirgan.    
 
Melanxoliklar:  o`ta  ta`sirlanuvchan  xususiyatga  ega;  tez  toliqadigan  va 
o`ziga  ishonmaydigan;  tashvishsiz,  lekin  juda  sezuvchan;  nihoyatda  arazchan;  juda 
oz  kuladigan;  faolligi  sust,  tortinchoq,  kamg’ayrat;  arzimagan  sabablarga 
ko`zlaridan  yosh  oqib  ketaveradigan;  yangi  xodimlar  bilan  qiyinchilik  bilan  til 
topishadigan 
kishilardir. 
Melanxoliklar 
qulay 
sharoitda 
oldiga 
qo`yilgan 
masalalarni  muvaffaqiyatli  bajaradi.  Agar  ishda  sharoit,  ya`ni  vaziyat  o`zgarsa, 
qiyinchilik  tug’ilsa, ular  o`zlarini  panaga olib turishadi.   
Shaxsning  temperamentidan  kelib  chiqib,  uning  qanday  reaktsiya  berishini 
bilish,  temperamentning  ijobiy  xususiyatlariga  tayanish  va  salbiy  xususiyatlariga 
barham 
berish 
imkonini  tug’diradi.  Masalan,  xolerikning  keskinligiga 
xushmuomalalik  va  bosiqlik  bilan  javob  qaytarish,  flegmatikning  sustligiga 
faollikni, 
ta`sirchanlikni  qarama-qarshi  qo`yish,  melanxolikning  qayg’usini 
optimizm  bilan  engish  mumkin. 
Psixologlarning 
qayd 
qilishlaricha, 
sangviniklar 
ma`lumotnomalar 
tayyorlashda  odatda  ko`pincha  qoralamalarni  qisqartirib  yozadilar  yoki  ularni 
Xoleriklar  –  ko`tarinki  ruhda  ishlay  oladigan, 
qarshiliklarni  yenga  oladigan  kishilar  bo`lib, 
ularning  ishlash  zavqi  kayfiyatining  buzilishi 
bilanoq  tez  o`zgarishi  mumkin.  Ular  serjahl, 
o`zini 
yaxshi 
ko`radigan, 
tez  gapiradigan 
odamlar  bo`lib,  boshqalardan  gapining  ohangi 
o`zgaruvchanligi  bilan  ajralib  turadi. 
 


157 
 
mutlaqo  yozmaydilar,  xoleriklar  ko`pincha  e`tiborsizliklari  tufayli  oddiy  xatolarga 
yo`l  qo`yadilar,  flegmatiklar  esa  vaqtning  o`tib  ketganligini  payqamay,  ishni 
kechikib  tugatishlari  mumkin.   
 
 
 
Shaxsning  temperamentidan  kelib  chiqib,  uning  ma’lum  vaziyatda  o’zini 
qanday tutishi,  qanday reaktsiya berishini  baholash mumkin. 
 
Xodimning  individual-psixologik  xususiyatlarini  bilish  u  bilan  qanday 
muomalada  bo`lish shaklini  to`g’ri tanlashga  yordam beradi.  
Rahbar  doimo  o’z  qo’l  ostida  ishlovchi  xodimlarning  qanday  xususiyatlarga 
ega  ekanligini  yaxshi  bilishi,  undagi  ijobiy  va  salbiy  xususiyatlarni  to’g’ri  baholay 
olishi  kerak. Shunda rahbar xodimlarni  samarali  boshqara oladi.   
 
Rahbar  bir  qator  talablarga  javob  berishi  kerak.  “Rahbarlik  qilish”  degan 
so`zga  izohli  lug’atlarda  boshqarish,  maslahat  berish,  kuzatish,  yo`naltirish, 
ko`rsatma  berish  degan  turli  ma`lumotlar  berilgan.  Bundan  ko`rinib  turibdiki, 
hozirgi  davrda rahbarlar qondirishi  lozim  bo`lgan talablar  juda ko`pdir.  
Ularni  beshta yirik  guruhga  bo`lish mumkin:    
1.  Ma`naviy  yetuklik.   
2.  Intizom  va mehnat  bo`lgan munosabat  


158 
 
3.  Bilim  darajasi   
4.  Tashkilotchilik  qobiliyati   
5.  Boshqarish samaradorligini  ta`minlay  olish   
Rahbarning  sifat  xislatlarini  belgilovchi  mezonlar  ko`p.  Biroq  quyidagi  ijobiy 
xislatlar  ular  orasida  alohida  mavqega  ega:  dovyuraklik,  sabrlilik,  yaxshi  niyatlik, 
sog’lom 
shubhalilik, 
kamtarinlik, 
samimiy 
xushmuomalalik, 
rahmdillik, 
xushxulqlilik,  qanoatlilik.   
Inson  shaxsining  eng  muhim  tomonlaridan  biri  uning  individualligidir.  Bu 
individuallik  shaxsdagi  temperamentda,  hissiyotda,  qobiliyatda,  fe`l-atvor,  iroda, 
xotira  va  boshqalarda  namoyon  bo`ladi.  Ana  shular  ta`siri  ostida  rahbar  injiq, 
janjalkash,  kurashchan, bilag’on va h.k.zlar bo`lishi  mumkin(8.2.2-chizma).   
Shunga qarab xodimlar va rahbarlar  o’rtasida mubosabat shakllanadi. 
Mazkur  qoidalarga  rioya  qilgan  taqdirdagina  Siz  rahbaringiz  bilan 
“chiqishishingiz”  va  faoliyatingizni  davom  ettirishingiz  mumkin.  Aks  egallagan 
lavozimingiz  bilan  xayrlashishingizga  to’g’ri keladi. 
Rahbar  madaniyati  deganda  rahbar  odobi  va  iqtidori  o`rtasidagi  dialektik 
bog’lanish  tushuniladi.  Bu  bog’lanish  quyidagi  fazilatlar  majmuida  o`z  aksini 
topadi:  

Download 2,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   370




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish