"menejment va iqtisodiyot"


  Sanoat tarmoqlari korxonalari daromadi to’grisida tushuncha va



Download 2,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/370
Sana11.09.2021
Hajmi2,98 Mb.
#171397
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   370
Bog'liq
menejment va iqtisodiyot

5.1.  Sanoat tarmoqlari korxonalari daromadi to’grisida tushuncha va 
daromad manbalari. 
“Daromad”  iqtisodiy  faoliyat  natijalarini  ifodalovchi  ko`rsatkich  bo`lib,  u 
serqirra  va  murakkab  mazmunga  ega  hisoblanadi.  Chunki,  daromad  bir  vaqtning 
o`zida  biron-bir  faoliyat  natijasida  olingan  tushumni,  pul  mablag’larini,  natural 
ko`rinishda  olingan  mahsulotlarni,  iqtisodiy  resurslar  keltiruvchi  nafni  va  boshqa 
tushunchalarni  ifodalashi  mumkin.  Shuningdek,  daromad  umumiy  tushuncha 
bo`lib, uning  tarkibida  aholi  daromadlari  muhim  o`rin tutadi.    
Aholi  daromadlari  ma'lum  vaqt  oralig’ida  (masalan,  bir  yilda)  ular  tomonidan 
olingan  pul  va  natural  shakldagi  tushumlar  miqdorini  anglatadi.  Aholi  pul 
daromadlari  ish  haqi,  tadbirkorlik  faoliyatidan  olinadigan  daromad,  nafaqa, 
pensiya,  stipendiya  shaklidagi  barcha  pul  tushumlarini,  mulkdan  foiz,  dividend, 
renta  shaklda  olinadigan  daromadlarni,  qimmatli  qog’ozlar,  ko`chmas  mulk, 
qishloq  xo`jalik  mahsulotlari,  hunarmandchilik  buyumlarini  sotishdan  va  har  xil 
xizmatlar  ko`rsatishidan  kelib  tushadigan daromadlarni  o`z ichiga  oladi.  
Natural  daromad  mehnat  haqi  hisobiga  olinadigan  va  uy  xo`jaliklarining  o`z 
iste'mollari  uchun ishlab chiqargan  mahsulotlaridan  iborat bo`ladi.  
Jamiyat  a'zolari  daromadlari  darajasi  ular  turmush  farovonligining  muhim 
ko`rsatkichi  hisoblanib,  shu  bilan  birga  alohida  shaxslarning  dam  olishi,  bilim 
olishi,  sog’lig’ini  saqlashi,  eng  zarur  ehtiyojlarini  qondirishi  imkoniyatlarini 
belgilab  beradi.  Aholi  daromadlari  darajasiga  bevosita  ta'sir  ko`rsatuvchi  omillar 
orasida  ish  haqidan  tashqari  chakana  narx  dinamikasi,  iste'mol  bozorining  tovarlar 
bilan  to`yinganlik  darajasi  kabilar  muhim  o`rin  tutadi.  Nominal  daromad  –  aholi 
tomonidan  ma'lum  vaqt  oralig’ida  olingan  daromadlarining  pul  ko`rinishidagi 
miqdori.  Ixtiyorida  bo`lgan  daromad  -  shaxsiy  iste'mol  va  jamg’arma 
maqsadlarida  foydalanish  mumkin  bo`lgan  daromad.  Bu  daromad  nominal 
daromaddan soliqlar va majburiy to`lovlar summasiga kam bo`ladi. Real daromad 
-  narx  darajasi  o`zgarishini  hisobga  olib,  aholining  ixtiyorida  bo`lgan  daromadga 
sotib  olish  Mumkin  bo`lgan  tovar  va  xizmatlar  miqdori.  Ya'ni,  real  daromad 
aholining  ixtiyorida  bo`lgan daromadning xarid quvvatini  bildiradi. 
Aholining  nominal  pul  daromadlari  turli  manbalar  hisobiga  shakllanib, 
ulardan  asosiylari  quyidagilar  hisoblanadi: 
a) ishlab chiqarish omillari  hisobiga olinadigan  daromad; 
b) davlat  yordam  dasturlari  bo`yicha  to`lov  va  imtiyozlar  shaklidagi  pul 
tushumlari; 
c) moliya-kredit  tizimi  orqali olinadigan  pud daromadlari. 

Download 2,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   370




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish