Vaqt ko‘rsatkichidan bog‘langan holda vaqtli qatorlar momentli (ma’lum bir sanaga) va intervalliga (ma’lum bir davr ichida) tasniflanadi (klassifikatsiyalanadi).
Vaqtli qatorlar quyidagilar bilan xarakterlanadi:
- uzoq muddatli harakat yo‘nalishi, ya’ni umumiy asriy tendentsiya;
- qisqaroq davrlarga xos siklik yoki lokal o’zgarishlar;
- ayrim yillarga tegishli tebranishlar;
- mavsumiy to‘lqinlar;
- kon’yunkturaviy tebranishlar.
Tendensiya va siklik tebranishlar mavjud bo‘lgan dinamik qatorlarda qatorning har bir keyingi darajasi o‘zidan oldingisiga bog‘liq. Dinamik qatorlarning ketma-ket darajalari orasidagi korrelyatsion bog‘lanish qator darajalari avtokorrelyatsiyasi deyiladi. Avtokorrelyatsiyani berilgan chiziqli dinamik qator darajasi bilan shu qatorning vaqt bo‘yicha bir nechta qadamga surilgan darajasi orasidagi korrelyatsiya koeffitsienti yordamida miqdoriy jihatdan o‘lchash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |