Boshqaruv hisobiningmetodi
Boshqaruv hisobi tizimida uning obyektlari o‘ziga xos mazmun va mohiyatga ega. Xususan, yuqorida boshqaruv hisobining birinchi obyekti deb e’tirof etilgan ishlab chiqarish resurslarining holati har qanday olingan xo‘jalik yurituvchi subyektda ham aniq davrlar bo‘yicha aks ettiriladi, shuningdek ularning harakati uzluksiz tarzda hisobga olib boriladi hamda xo‘jalik yurituvchi subyekt xo‘jalik faoliyati jarayonida ulardan foydalaniishning maqsadga muvofiqligi doimiy tarzda e’tiborga olib boriladi. Oddiyroq aytiladigan bo‘lsa, ana shu ishlab chiqarish resurslarining o‘zini har doim aniq hisobini olib borish, harakatini kuzatish va hisobda aks ettirish hamda ularning o‘zi kerakmi yoki boshqalariga almashtirish lozimmi degan savollarga javob berib borish kerak bo‘ladi. Buning uchun esa, ana shu obyektlarni boshqaruv hisobida aniq bir yondashuv va usullar orqali aks ettirish kerakbo‘ladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt ma’lumotlar tizimida boshqaruv hisobi obyektlarining turli xil usullar va yo‘llar orqali ifoda etilishi boshqaruv hisobi metodi debataladi.
Boshqaruv hisobining metodi, boshqaruv hisobi obyektlarini xo‘jalik yurituvchi subyektning yagona ma’lumotlar tizimida aks ettirish imkonini beradigan usul va uslublar yig‘indisidir. Ana shu usul va uslublarga buxgalteriya hisobining metodi elementlari (xujjatlashtirish, inventarizatsiya, baholash, kalkulyatsiya, buxgalteriya schyotlari, ikki yoqlama yozuv, buxgalteriya hisoboti va balans), shuningdek me’yorlashtirish, rejalashtirish, nazorat qilish, moliyaviy va iqtisodiy matematik tahlillar ham kiradi. Sxematik tarzda uni quyidagicha aks ettirishmumkin:
Hujjatlashtirish- xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyati bilan bog‘liq barcha jarayonlarning to‘liq ifodalanganligini kafolatlovchi birlamchi hujjatlar va elektronma’lumotlar bazasi tushuniladi. Birlamchi hisob boshqaruv va moliyaviy hisob uchun asosiy ma’lumot manbai bo‘lib xizmatqiladi.
Birlamchi hisobni tashkil etishga majmuaviy (kompleks) yondashuv quyidagilarni ta’minlaydi: operativ-kalendar rejalashtirish, operativ nazorat va ishlab chiqarish jarayonini boshqarishning kelgusidagi takomillashuvini; ishlab chiqarishning har bir hisob vazifasini ishlab chiqish va operativ hisobning barcha vazifalarini o‘zaro hamda operativ-kalendar rejalashtirish vazifalarini, ish haqini ishlab chiqish va hisoblash siyosatini, ishlab chiqarishda moddiy boyliklardan to‘g‘ri foydalanish ustidan nazorat qilish, tugallanmagan ishlab chiqarish bilan to‘liq bog‘lashni; moliyaviy va boshqaruv hisobi uchun yagona hujjatlar oborotini ishlab chiqish va qo‘llash (tatbiq etish), birlamchi hujjatlarni tartibga solish va umumlashtirishni; moddiy va mehnat resurslari sarfi, tayyor mahsulot miqdoriga nisbatan materiallar sarfiga mehnat haqi hajmining mosligi ustidan qattiq nazoratni; yarim mahsulotlar, detallar, uzatmalar va yarim fabrikatlarning qayta ishlash, iste’mol qilish va saqlash bosqichlari jarayonida butligini; maxsus saqlash omborlarini jihozlash, zamonaviy tarozilar vaanalitik qurilmalar bilan ta’minlash natijasida detallar, uzatmalar va yig‘ma birliklarning ombor hisobini tashkil etishni yaxshilashni; alohida jamoalar – brigadalarning mas’ul shaxslariga hisob hujjatlarini rasmiylashtirish (to‘ldirish) yoki mashina qurilmalardan olinadigan ma’lumotlarni yig‘ish vazifalarini yuklash, ma’lumotlarning to‘liq yig‘ilishi va hujjatlarning to‘g‘ri rasmiylashtirilishi ustidan shaxsiy javobgarlikni kuchaytirishni; yig‘ma hujjatlar ko‘rinishidagi boshqaruv va moliyaviy hisobda detallar, yarim fabrikatlarning harakati balans hisobidan foydalangan holda ishlab chiqarish haqidagi ma’lumotlarning haqqoniyligini va o‘z vaqtida berilishini; detallar, uzatmalar va yarim fabrikatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish, berish va qayta ishlashni avtomatlashtirish va birlamchi hisob asosida boshqaruvning turli darajalaridagi shaxsiy kompyuterlarda natijaviy ma’lumotlarni olishni; belgilangan hisobot davrida berilgan ma’lumotlarni to‘liq va o‘z vaqtida tekshirilishini. Bunday keng ko‘lamdagi vazifalarni operativ (tezkor) hisobning inventarizatsiya usuli yordamida amalga oshirish mumkin bo‘ladi. Inventarizatsiya moddiy ne’matlarning saqlanishini ta’minlaydi, tugallanmagan ishlab chiqarishning amaldagi holati, o‘lchamlari va butligi bilan taqqoslanish imkoniyatlarini yaratadi. Bu esa, o‘z navbatida, ishlab chiqarishni rejalashtirishning ma’lumotlar bazasini va joylar bo‘yicha shakllanayotgan zaxiralarning talab qilinadigan me’yorlar darajasida bo‘lish imkoniniberadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |