Menejment sohasida axborot tizimi tushinchasi,tasniflanishi va texnalogiyasi



Download 30,16 Kb.
Sana09.07.2022
Hajmi30,16 Kb.
#765603
Bog'liq
Mustaqil ish


Menejment sohasida axborot tizimi tushinchasi,tasniflanishi va texnalogiyasi.
REJA
1.Menejment sohasi axborot tizimi haqida tushincha .
2.Menejment sohasida axborot tizimi tasniflanishi.
3.Menejment sohasida axborot tizimi texnalogiyasi.

Menejmentda ikki muhim soha mavjud — marketing va


innovatsiya.
Innovatsiya — bu yangi tovarlarni, xizmatlarni, texnologi-
yalarni va jarayonlarini yuqoriroq sifatda ishlab chiqishdir.
Menejment pirovard natijalarga erishish uchun hamkorlikdagi
faoliyatni muvofiqlashtirish maqsadida alohida odamlarga yoki
jamoaga tizimli ta’sir ko‘rsatishni ta’minlaydi.
Menejmentning asosiy instrumentlari — bashoratlash (prog-
nozlash), rejalashtirish, tashkil etish, nazorat, muvofiqlashtirish,
faollashtirish va motivatsiya.
Menejmentning mohiyati ishlab chiqarish usuli, ijtimoiy-
iqtisodiy munosabatlar darajasi, ishlab chiqarish kuchlari rivojlan-
ishiga bog‘liq holda o‘zgaradi. Ishlab chiqarish rivojlanishi va iqti
sodiy aloqalar murakkablashuvi bilan boshqaruv ham murakkabla-
shadi va mustaqil fan sifatida ajralib chiqadi. Menejment m ohiyati
xo‘jalik yuritishning barcha darajalaridagi boshqarishning qonun
va qonuniyatlari, tamoyillari va munosabatlarini o ‘rganishdan ibo
rat. Boshqaruv munosabatlari ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlaming
ajralmas qismi bo‘lib, turli iqtisodiy, tashkiliy, ijtimoiy, mehnat,
ruhiy va boshqa ko‘rinishlarda boladi.
Menejment fanining predmeti, obyekti va u slublari
Har bir fan o‘z predmeti, nazariyasi va uslubiga ega. Pred-
met o‘rganilayotgan fan nima bilan mashg‘ul boMishi va ularning
qoMlanish jabhalariga aniqlik kiritadi. Menejmentning nazariy
tushunchalari, jamiyatda yuz beradigan iqtisodiy jarayonlar va ular
ga xos boMgan munosabatlar, qonun-qoidalami insonlar faoliyati-
da namoyon boMishini o‘rgatuvchi iqtisodiyot nazariyasi va m oddiy
ne’matlar ishlab chiqarish, taqsimot va iste’mol qilish bosqichlarida
kishilar faoliyatini tadqiq qilishga bagMshlangan iqtisod fanlariga
asoslanadi. Menejment fanining predm eti tashkilotdagi x o ‘jalik
yuritishning barcha pog'onalaridagi boshqarishning qonunlari, tam o
yillari va munosabatlarini o ‘rganadi. Shu bilan birga, tashkilotdagi
holatlar va uning qismlari orasidagi bogMiqliklar, muhitlar, yechim
qabul qilishlarni o ‘rganish menejmentning predmetidir.
9
Menejment obyekti haqida so‘z yuritganda, eng avvalo,
obyekt so‘zining lug‘aviy m a’nosiga e’tibor berish lozim. Obyekt
— bu bizdan tashqarida va bizning ongimizga bogMiq boMmagan
holda mavjud boMgan borliq, voqelik, moddiy dunyo, mavjudot,
kishi faoliyati va diqqat-e’tibori qaratilgan hodisa, narsa, shaxs va
h.k. Demak, obyekt tushunchasi mikrovoqelikdan (kishi va uning
faoliyatidan) tortib to makrovoqelik (moddiy dunyo, jamiyat)
darajasigacha boMgan m a’noni o ‘z ichiga oladi.
Boshqarish ishini bajaruvchi idoralar va ularning rahbarlari
menejmentning subyekti, y a’ni boshqaruv organlari yoki menejerlar
— boshqaruvchilar boMib hisoblanadi.
Makrodarajada boshqaruv obyekti mamlakat (respublika),
viloyat, shahar, tuman boMsa, megodarajada konsem, sector
(tarmoq), mikrodarajada esa, korxona, tashkilot, firma, kompaniya,
xodimlar, ishlab chiqarish, samaradorlik, o ‘z-o‘zini boshqarish
hisoblanadi.
Makrodarajadag i boshqaruv subyekti qonun chiqaruvchi,
ijro etuvchi, sud hokimiyati, viloyat deputatlari, viloyat hokimi-
yatlari, viloyat sudlari, tuman halq deputatlari, tuman (shahar)
hokimliklari, tuman (shahar) sudlari, m egodarajada qo‘mitalar,
vazirliklar, m ik ro d araja d a jamoa kengashi va raislar, firma
prezidenti, korxona rahbarlari, bo‘gMn boshliqlari, fuqarolar yigMni
sanaladi. Shunday qilib, har qanday hodisa yoki jarayon negizi
boshqariladigan obyekt va boshqaruvchi subyekt tizimlaridan
tashkil topadi.
Menejment fani voqelikni bilishga bagMshlangan umum-
falsafiy usullarni qoMlaydi.Eng avvalo, boshqaruvchi obyektni aks
ettiruvchi, uni talqin etishga yordam beruvchi ma’lumotlar jamlab
baholanadi. Bu ma’lumotlar mikro, mego va makro darajadagi
voqelikka oid boMishi mumkin. Bu boshqaruvni idrok etishdagi
em pirik bosqich hisoblanadi.
Boshqarishning sir-asrorlarini ilmiy asosda o‘rganish,
tahlil qilish maqsadida bu fan quyidagi uslublardan foydalanadi
1.1-jadval
Menejment fanining tahlil usullari
No Tahlil usullari Mazmuni
1.Tizimli yondashuv
• Boshqariluvchi obyekt yaxlit
tizim tarzida olib qaraladi. Bu
yondashuv turlicha boMishi
mumkin:
- tizimli-kompleks yondashuv;
- tizimli-funksional yondashuv;
- tizimli-tarkibiy yondashuv;
- tizimli-kommunikatsion yonda
shuv;
2. Kompleks yondashuv
• Boshqariluvchi obyekt boshqa
obyektlar bilan o‘zaro bog‘-
lanishda va aloqadorlikda
qaraladi
3. Tarkibiy yondashuv
• Boshqariluvchi obyekt tarkibiy
qismlarga boMib
o‘rganiladi
4. Vaziyatli yondashuv
• Boshqariluvchi obyektning
konkret sharoitdagi ichki
va tashqi vaziyatiga qarab
boshqarishning ma’qul uslubi
qoMlaniladi
5. Integratsion yondashuv
Boshqariluvchi obyekt yuqo-
ridagi uslublar (vaziyatli,
kopmleks, tarkibiy yondashuv)
bilan birgalikda boshqariladi

6. Modellashtirish usuli


• Boshqariluvchi obyekt bo‘-
yicha turli sxema, grafik va
chizmalar, xomaki materiallar
tayyorlanadi
7. Iqtisodiy-matematik
yondashuv
• Optimal qaror qabul qilish
maqsadida matematik uslublar
va hisoblash mashinalarini
keng miqyosda qoMlash
8. Kuzatish usuli
• Boshqariluvchi obyekt to‘g‘-
risidagi maMumotlarni rejali,
ilmiy, uyushtirilgan asosda
to‘plash usuli
9. Eksperiment usuli
• Boshqaruv jarayonida bosh
qariluvchi obyektga nisbatan
namunaviy usullami qoMlash
10 Sotsiologik kuzatuv usuli
• Boshqarish maqsadida turli
so‘rovnomalar, suhbatlar, test-
lar, infratuzilmaviy tahlillar
o‘tkazish
Ilm iyjihatdan asoslangan boshqaruv qayd qilingan usullarning
hammasidan uzviy bogMiqlikda foydalanishni taqozo etadi.
1.3. M enejm entning maqsadlari
M aqsad — bu muddao, murod, biror niyatga erishish uchun
ko‘zda tutilgan mushtarak orzu. Aynan shu maqsad kishi faoliyatini,
o‘z orzularini ushalishiga yo‘naltiradi.
Boshqaruv maqsadiga qo‘yiIadigan asosiy talablar:
1. Maqsad bir ma’noli va aniq boMishi lozim;
2. Maqsad real va bajarilishi mumkin boMishi kerak;
3. Maqsad miqdoran oMchovga ega boMishi zarur;
12
4. Maqsad barcha bajaruvchilarga tushunarli boMishi kerak;
5. Maqsad boMimlar va mas’ullar bo‘yicha detallashtirilgan
boMishi kerak;
6. Maqsad ko‘p qirrali boMishi lozim.
Boshqaruv maqsadlari juda ham xilma-xildir.Bu esa ulam i
muayyan tarzda turkumlashni taqozo etadi (1.2-jadval).
1.2-jadval
Maqsad turlari
Maqsadni turkumlash
belgilari Maqsadlar
1
Umumjamiyat
miqyosidagi muno-
sabatlami aks ettirishiga
qarab
• siyosiy maqsadlar
• iqtisodiy maqsadlar
• ijtimoiy maqsadlar
• ma’rifiy-ma’naviy maqsadlar
• xalqaro munosabatlar sohasida-
gi maqsadlar va boshqalar.
2 Boshqaruv darajalariga
qarab
• Hududiy maqsadlar:
- mamlakat maqsadlari
- viloyat maqsadlari
- tuman maqsadlari
- qishloq maqsadlari
- ishlab chiqarish maqsadlari
- xalq xo‘jaligi maqsadlari
- tarmoq (sektor) maqsadlari
- korxona (firma) maqsadlari
- yakka shaxs maqsadi
3 Amalga oshirish
muddatiga qarab • joriy maqsadlar
4 Boshqaruvning amalga
oshirilishiga qarab
• istiqboldagi maqsadlar
- uzluksiz (kundalik) maqsadlar
- fursatli maqsadlar
- bir martalik maqsadlar
13
5 Kutiladigan natijalarga
qarab • pirovard maqsadlar
6 Murakkablik darajasiga
qarab
• oraliq maqsadlar
- oddiy, an’anaviy maqsadlar
- muammoli maqsadlar
- innovatsion maqsadlar
Mazkur turkumlanishdan ko‘rinib turibdiki, maqsadlar
o ‘zaro bogMiq bo‘lib, muayyan iyerarxiyaga, ya’ni yuqori va quyi
maqsadlarga boMinishi, bir maqsad boshqa bir maqsadga bo‘ysunishi
mumkin.
Maqsadlar joriy, istiqbol, uzluksiz, fursatli boMishi mumkin.
Boshqarish jarayonida bir martalik maqsadlarga ham zaruriyat
tugMlishi mumkin.Bunday maqsadlar, odatda, korxona uchun
kutilmagan, favqulodda vujudga kelgan muammoni yechish uchun
o ‘rtaga qo‘yiladi.
Boshqarishga maqsadli yondashuv namoyandalari barcha
maqsadlami quyidagi to ‘rtta guruhga boMishadi:
• oddiy, an’anaviy maqsadlar;
• muammoli maqsadlar;
• innovatsion maqsadlar;
• xodimlar malakasini, mahoratini oshirish bo‘yicha maqsadlar.
Menejmentning asosiy maqsadlari: bashoratlash, rejalashti
rish va biznesning k o ‘zlangan natijalariga erishish.
Menejerlarning vazifasi mavjud boMgan moddiy resurslar
asosida iste’molchilar ehtiyojini hisobga olib tovar va xizmatlar
ishlab chiqarishni tashkil qilish, firmaning foydaliligini, ishlab
chiqarish jarayonini oqilona tashkil etish orqali bozorda uning
barqaror mavqeini ta ’minlash, ilmiy-texnika bazasini rivojlantirish,
kadrlar salohiyatidan samarali foydalanish hisoblanadi.
Buning uchun quyidagilar zarur:• Texnologik qayta qurishva ishlab chiqarishni avtomatlashtirishni
amalga oshirish, yuqori malakali ishlovchilardan foydalanishgao‘tish;

• Xodimlar ishini rag‘batlantirish;


• Firmaning samarali faoliyati ustidan doimiy nazorat qilish,
barcha boMinmalar ishini muvofiqlashtirish;
• Yangi bozorlami doimiy izlash va o ‘zlashtirish.
Menejerlarga firmaning rivojlanish maqsadlarini aniqlash,
ustuvor vazifalarni, ulami am alga oshirish tartibini belgilash,
firmani rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish, qo‘yilgan
vazifalarni muddatida bajarish tadbirlari tizimini tayyorlash, zarur
boMgan resurslami va bo‘shliqni toMdirish manbalarini baholash,
belgilangan topshiriqlarni bajarish ustidan nazoratni kuchaytirish va
odamlarni samarali boshqarish kabi masalalami yechishga to ‘g ‘ri
keladi.
Bozorda samarali harakat qiladigan menejer jarayonining
hamma shakllari va bosqichlari birligini ta’minlaydi.
Menejment uchun um um iy va maxsus m a q sa d la r
xarakterlidir. Umumiy (strategik) m aq sad lar butun firmaning
rivojlanish konsepsiyasini aks ettiradi. M axsus m aq sad lar esa,
umumiy maqsadlar chegarasida firmaning asosiy faoliyat turlari
bo‘yicha tuziladi.
Tashkilotlar muvaffaqiyati avvaliga osonlikcha talqin etilishi
mumkin, lekin keyinchalik isbotsiz yoki xato boMib qolishi ham
mumkin.
Boshqaruv — bu tartibsiz ommani (olomonni) samarali
maqsadga yo‘naltiri!gan va unumdor guruhga aylantiruvchi m axsus
faoliyat ko‘rinishi.
1.4. Menejmentning boshqa fanlar bilan aloqadorligi
Boshqaruv tizimi va mehnat jamoalari, menejer va xodim lar
orasidagi murakkab о ‘zaro aloqalar majmui boshqaruv munosabatla-
rida o‘ziga xos muammolar tug‘diradi. Zero, menejment, eng avvalo,
insonlami boshqaradi. Odamlarni ongli mehnatga qiziqtirish, tad-
birkorlikka, mehnatga ijodiy yondashish, o ‘ziga ishonish, yangi
bilim va ko‘nikmalar egallashga chorlash insonlami boshqarish
demakdir.
Ijtimoiy hodisalaming mohiyatini toMiq tushunib etish, dialek-
tik uslubga asoslangan bilish uslublari menejmentni o ‘rganish uslu-
bidir. Menejmentga xos boshqa uslublar ham mavjud: hodisalarni
bilishga konkret tarixiy yondashish, aniq holatni ko‘zda tutuvchi
tizimli yondashuv, maqsadli yondashuv, tizimlar tahlili. Menejment
tadqiqotini eng samarali usuli sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazishdir.
Bundan tashqari, ekspertlar uslubi, me’yoriy uslub va shunga
o ‘xshash uslublar ham am alda qoMlaniladi.
Boshqarish jarayonlari, funksiyalari, boshqaruv tarkibiy
tizimlarini tashkil etish, axborot va kommunikatsiya, ish yuritish
va hujjatlashtirish, boshqaruvning texnik vositalari ham menejment
tarkibiga kiradi.
Menejment tarkibining muhim boMimlaridan biri asoslangan
boshqaruv qarorlarini bajarishni tashkil etish, boshqarishning
avtomatlashtirilgan tizimlari, binobarin, EHMlarni joriy etishdir.
Menejment boshqaruv apparati xodimlari, ularning ishini tashkil
etish, rahbar va mutaxassis faoliyatini baholaydi, kerakli holatlarda
boshqaruvga o‘zgartirish kiritadi.
Inson o ‘z faoliyatida turli vazifalarni boshqaruvchi, o‘ziga xos
predmet va mohiyatiga ega ko‘plab fanlar bilan ish ko‘radi. Masa
lan, ishlab chiqarishni ijtimoiy fanlardan tashqari tabiiy va texnik
fanlar ham o ‘rganadi. Menejment boshqa fanlardan farqli ravishda
ishlab chiqarishni bir butun yaxlit holda ijtimoiy va aniq fanlar
oraiigMda tekshiradi va ishlab chiqarishga har tomonlama ta’sir etish
yoMlarini izlaydi. Menejmentning nazariy asoslari falsafa va bozor
iqtisodiy qonunlaridir.
Menejment iqtisodiy nazariya bi lan uzviy bog‘langan. M a’lum-
ki, iqtisodiy nazariyaning predmeti sotsial-iqtisodiy munosabatlardir.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlangan sari inson faolligi
ortaveradi. Shuning uchun boMsa kerak, menejment sotsiologiya va
ruhshunoslik (psixologiya) fanlari bilan ham bogMangan.
Menejment rejalashtirish, statistika, buxgalteriya hisobi, mo
liya va kredit, mehnat iqtisodi, makro va mikro iqtisodiyot hamda
boshqa fanlar bilan ham uzviy bogMangan. Barcha iqtisodiy fanlar erishgan yutuqlami bozor iqtisodiyotini boshqarishga joriy
etish menejmentning eng asosiy vazifalaridan biridir. Menejment
m a’muriy, fuqarolik va mehnat huquqlari bilan ham o ‘zaro aloqada.
Huquqiy fanlar menejmentning huquqiy asoslarini aniqlab,
mansabdor shaxslar o ‘rtasidagi huquqiy munosabatlar, tomonlar
o‘rtasidagi o‘zaro huquq va tartibotni belgilaydi.
Shunday qilib, menejment fan sifatida tarmoqlararo fan boMib,
u ham ijtimoiy, ham tabiiy fanlar bilan chambarchas bogMiq
Axborot atamasi lotincha so‘z bo'lib, xabardorlik, biror hodisa yoki biror kishi faoliyati haqida xabarga ega bo'lish m a’nosini bildiradi. Axborot menejment tizimiga uni rivojlantirish va takomillashtirish maqsadida faol ta’sir etish uchun zarur m a’lumotlar yig'indisidan iboratdir. Yetarli va aniq axborotga ega bo'lmay boshqaruvni tashkil etish mumkin emas.
Ishlab chiqarish axboroti boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlar o'rtasidagi aloqa usulidir. Boshqaruvchi tizim boshqariladigan tizimdan ishlab chiqarish holati va uning xo'jalik faoliyati to‘g‘risida axborot oladi. Boshqaruvchi tizim olingan axborot asosida boshqariluvchi tizim faoliyatiga baho beradi, menejmentni yanada takomillashtirish maqsadida ko'rsatma, farmoyishlar chiqarib, boshqariluvchi tizimga ijro uchun yuboradi.
Axborot menejment tizimida alohida bo'g'in bo'lib hisoblanadi.Unga qator o'ziga xos xususiyatlar mansub bo'lib, ular axborot boshqaruvining barcha bo'g'inlari, barcha vazifalarini qamrab olishiga bog'liqdir.
Axborot – bu boshqaruv apparati faoliyatining ham dastlabki nuqtasi, ham natijasidir, shuningdek, amalga oshirilayotgan harakatlar mavjudligi sharti, mustahkamlash usulidir.Axborot hajmi ortishi bilan boshqaruv axborotining sifat ko'rsatkichlariga bo'lgan talab ham ortib boradi.
Menejment jarayoni boshqaruv qarorlarini qabul qilish maqsadida axborot to'plash, uzatish va qayta ishlash, boshqaruv buyruqlari ko'rinishida axborot berish va uni ijrochilarga yetkazishdan iborat.
Axborotning quyidagi turlari mavjud: statistik, operativ, iqtisodiy, hisob, moliya, ta’minot, kadrlar bo'yicha, texnologik, marketing, konstruktorlik, ijtimoiy va boshqalar.
Ishlab chiqarishni boshqarishda iqtisodiy axborot alohida o'rin egallaydi, chunki u kishilarning moddiy boyliklarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonidagi munosabatlarini aks ettiradi. Shu bilan birga fan-texnika taraqqiyoti asosida ishlab chiqarish rivojlanishini aks ettiruvchi ilmiy-texnikaviy axborot ahamiyatini ham ta’kidlab o‘tish lozim.
Kelib chiqish manbasiga bog'liq ravishda axborot tashqi va ichki axborot turlariga bo'linadi.
Tashqi axborot tashqi muhitdan olinadigan xabarlardan iborat bo'ladi.Bular jumlasiga yuqori tashkilotlar farmoyishlari, reja topshiriqlari, mahsulotni sotish shartlari haqidagi axborotlar kiradi.
Ichki axborot korxona yoki uning boshqaruv bo'g'inida shakllanib, iste’mol qilinadi.Korxona miqyosida ular jumlasiga sexlar tomonidan rejaning bajarilishi, moddiy-texnikaviy taminot, mahsulot tannarxi, kadrlar, mehnat unumdorligi haqidagi axborotlar kiritilishi mumkin.
Yo'nalishi bo'yicha axborot - boshlang'ich va boshqaruvchi (rahbarlik) axborot turlariga bo'linadi. Boshlang'ich axborot doimo menejment tizimining quyi darajasidan yuqoriroq darajaga qarab harakat qiladi, rahbarlik axboroti esa teskari yo'nalishda harakatlanadi.Rahbarlik axboroti boshlang'ich axborotni qayta ishlash asosida qaror qabul qilish natijasidir.
Axborot vaqt o'tishi bilan turli ahamiyat kasb etadi.Barqarorlik darajasi bo'yicha uni barqaror, shartli-barqaror, o'zgaruvchan turlarga bo'Iish mumkin.Barqaror axborot uzoq muddat davomida o'z ahamiyatini o'zgartirm aydi (korxona, uning bo'linm alari nomi, m ahsulot turi).
Korxona miqyosida bunday axborotga turli m e’yor va m e’yoriy hujjatlar (moddiy, mehnat sarfi, ta ’riflar me’yorlari) ni kiritish mumkin. Axborotning bunday turi korxona bo'yicha umumiy axborotning 35% dan ko'pini tashkil etadi.
O'zgaruvchan axborot menejment obyekti faoliyati va unga mos holda boshqaruv jarayonlari o'zgaruvchanligini aks ettirib, qaror qabul qilish uchun tez qayta ishlashni talab etadi.
Menejment faoliyatida, shuningdek, boshlang'ich axborotni qayta ishlash natijasida olingan xosila (ikkilamchi) axborotdan ham foydalaniladi.Axborot yig'indisi menejmentning axborot tizimini tashkil etib, u menejment jarayonini axborot bilan ta’minlash shaklida namoyon bo'ladi.
Axborot to‘g‘ri, aniq, o‘z navbatida, obyektiv, mazmunli va qarorlarni qabul qilish uchun tushunarli bo'lishi kerak. Axborot hajmi jihatidan kichik, mazmun jihatidan chuqur, uning matni tushunarli va sodda bo'lishi lozim.
Korxonani axborot bilan ta’minlash to‘g‘ri aloqalar ko'rinishidagi turli-tuman axborot oqimlari vositasida amalga oshirilib, ular aniq ishlab chiqarish vazifasini hal etish imkonini beradi.
Zamonaviy yirik korxonalarda axborot hajmi million hujjat satrigacha yetadi, bu o'rinda barcha axborot tez qayta ishlanishi zarurligini ham inobatga olish zarur.Masalan, aviatsiya zavodida kundalik birlamchi axborot million ko'rsatkichni tashkil etadi. Bunday sharoitda axborot bilan ishlashni tashkil etish bo'yicha quyidagi qator muammolarni hal etish lozim bo'ladi:
- maqbul axborot tizimini ishlab chiqish;
- axborot oqimlarini shakllantirish usullarini ishlab chiqish;
- axborot qabul qilish va yuborishning maqbul usullarini tanlash;
- axborotni saqlash va izlashni tashkil etish;
- axborotni qayta ishlash jarayonini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish.
Bu yo'nalishda olib boriladigan barcha ishlar axborotni yig'ish va qayta ishlashning yagona um um davlat tizim ini yaratishni ta’minlashi zarur. Axborotlar yig'indisi menejmentning axborot tizimini tashkil etadi. Axborot tizimi - hujjatlar axborot oqimlari, aloqa kanallari va menejment obyektining texnikaviy vositalarini qamrab oluvchi murakkab axborot majmuidir. Menejment obyektining qandaydir bir qismi bo'yicha axborot yig'indisi kichik tizimni tashkil etadi. Maqbul axborot tizimini tashkil etish menejmentning u yoki bu tashkiliy tizimini loyihalashtirish va uning samarali faoliyat yuritushuning muhim shartlaridan bo'lib hisoblanadi.
Axborot tizimlari oddiy va murakkab tizim bo'lishi mumkin. Oddiy axborot tizimi uni qayta ishlashni talab etmaydi, axborot manbasidan u iste’mol qilinishi joyigacha yetkazishda o'zgarish yuz bermaydi. Bunday axborot telefon yoki boshqa xabar berish vositalari yordamida bir marta beriluvchi xabar sifatida yetkaziladi. Murakkab axborot tizimlari axborotni qayta ishlashning mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish darajasi bo'yicha turlarga ajratiladi. Birinchi guruhga qo'lda yoki eng oddiy mexanizmlar yordamida qayta ishlanuvchi axborot tizimlari kiradi. Ikkinchi guruhga axborotni to'plash, qabul qilish va qayta ishlashda mexanizatsiya keng qo'llaniladigan axborot tizimlari kiradi. Uchinchi guruhga m a’lumotlarni majmuiy mexanizatsiya vositasi bilan birga avtomatlashtirish elementlarini qo'llab qayta ishlash va to'plash qo'llanilgan axborot tizimlari kiradi.
Menejment texnikasi - bu aqliy mehnat texnikasi, menejment tizimida axborotni qayta ishlash texnikasidir. Texnika vositalari qanchalik takomillashgan bo'lsa, menejment texnologiyasi, menejment mehnatini tashkil etish va butun menejment jarayoni shunchalik samarali bo'ladi.
Hisoblarga asosan mamlakat iqtisodiyotini maqbul boshqarish uchun yil davomida 10 ta elementar arifmetik operatsiya bajarish zarur bo'lsa, boshqaruv apparati xodimlari 10 ta, ya’ni 10 ming marta kam operatsiya bajarish qobiliyatiga ega ekanlar. Bu muammoni muvaffaqiyatli hal etish uchun menejment mehnatini takomillashtirish, axborot to'plash hamda qayta ishlashni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish zarur.
Menejment texnikasini faqat hisoblash mashinalari bilangina bog'lash noto'g'ridir. Dastlabki texnika vositalari 100 yil burun paydo bo'lgan ruchka, chizg'ichdan tortib EHM va kompyutergacha bo'lgan texnika vositalarini quyidagi ikki guruhga ajratish mumkin: orgtexnika va hisoblash mashinalari.
Orgtexnika vositalariga juda turli-tuman uskuna va qurollar (oddiy qurol va vosita, axborot olish va qayta ishlash, ko'chirish, ko'paytirish, aloqa vositalari va axborot uzatish, xizmat ko'rsatish, xizmat xonalari uskunalari) kiradi. Menejment mehnati turli oddiy qurol va uskunalardan (qalam, ruchka, idora daftarlari, jadval, grafik va boshqalar) foydalanishga asoslanadi. Eng so'nggi avloddagi EHM va kompyuterlar oddiy texnika vositalari (qalam va chizg‘ich) o'rnini to‘liq bosa olmaydi. Qulay, oddiy, chidamli bu vositalar texnika vositalari singari juda muhimdir.
Oddiy qurol va uskunalarni axborotni qayta ishlash bosqichlari bo‘yicha guruhlarga ajratish mumkin. Bu, avvalo, yozuv vositalari (qalam, ruchka, mo'yqalam, trafaret), tasvir vositalari (grafik, diagramma, nazorat va nozirlik oynalari, marshrut sxemalari), hujjatlar saqlash vositalari (tokcha, konvert, kartoteka va h.k.), axborot qabul qilish va mustahkamlash vositalari (tarozi, soat, hisob mashinasi, o'lchov vositalari, ko'chiruvchi mashinalar), aloqa vositalari (telefon, AS, rahbar va dispetcher kommutatori, radio aloqa, radiofon, signal uskunalari, ovoz berish uskunalari), axborot uzatuvchilar (ovoz, nur, kartochka, oyna, metall), menejment mashinalarida qo'llaniladigan axborot uzatuvchilar (disklar, qog'oz).

Axborot - menejment uchun zaruriy xabar va m a’lumotlar majmuidir. Axborotsiz menejment bo'lmaydi. Boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlar o'rtasidagi bog'Iiqlik shakllari ishlab chiqarish axborotlaridir.

Iqtisodiy axborot menejmentda asosiy rol o'ynaydi. Axborot tizimlari murakkab axborot tuzilmalari bo‘lib, u turli hujjatlarni, axborot oqimi, aloqa kanallari, texnik vositalar, avtomatlashtirilgan menejment tizimlarini o'z ichiga oladi. Rahbar qabul qilgan boshqaruv qarorlari va uning ma’nosi axborot xizmatlariga bog'liq.

Kommunikatsiya jarayoni - bu ikki va undan ortiq odamlar o'rtasidagi axborot almashish jarayonidir. Kompyuterlar nafaqat ishlab chiqarishni boshqarish uchun, balki iqtisodiyotning barcha jabhalariga kerak.


Nazorat savollari
1.Menejment sohasida axborot tizimi nima?
2.Menejment sohasida axborot tizimi texnalogiyasi njma?
3.Menejment sohasida axborot tizimi tasnifi nima?
4.Inovatsiya nima?
Download 30,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish