Menejment qonunlari va tamoyillari


Boshqarishning tarbiyaviy (ijtimoiy – ruhiy) usullari



Download 167 Kb.
bet13/14
Sana10.09.2021
Hajmi167 Kb.
#170459
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Menejment A

Boshqarishning tarbiyaviy (ijtimoiy – ruhiy) usullari. Boshqarishning tarbiyaviy usullari haqida gapiradigan bo’lsak, bu usullar mehnat jamoasida shunday ruhiy “iqlim”ni yaratadiki, unda rahbarga ma’qul keladigan xulq – atvor va ish uslubi qo’l ostidagilar tomonidan ko’ngilli ravishda, jamoa me’yorlari va qadriyatlariga muvofiq holda amalga oshiriladi va asosiy maqsadi jamoalarda sog’lom ijtimoiy-ruhiy muhitni yaratishdir. Bu usullar jipslashgan boshlang’ich ishlab chiqarish jamoasini shakllantirishga imkon beradigan ijtimoiy - ruhiy va psixologiyaga asoslanadi hamda ijtimoiy-ma’naviy vaziyatga ta’sir etish yo’li bilan kishilarning fe’l-atvori, ruhiyatini hisobga olib ularning ijtimoiy talablarini qondirish orqali boshqarishni bildiradi. Bu borada ijtimoiy – ruhiy usullarni o’rganib chiqish maqsadga muvofiqdir.


O’z mohiyatiga ko’ra, boshqarishning ijtimoiy - ruhiy usullarining bu guruhi jamoaning shakllanish va yuksalish jarayoniga, kishilarning ongiga, ma’naviy manfaatlariga jamiyat manfaatlarini hisobga olgan holda ta’sir qiluvchi vositalarning majmuidir.

Boshqarishning ijtimoiy - ruhiy usullar "Ijtimoiy menejment" va "Menejment psixologiyasi"ga asoslanadi.

Ijtimoiy menejment insonning ishlab chiqarish omillari bilan o’zaro aloqasi, jamoaning ijtimoiy rivojlanishini re­jalashtirish, mehnat jamoasini tarkib toptirish, xodimlarning tashabbusi va ijodiy faolligini oshirish kabi muhim muammolarni ko’rib chiqadi.

Menejment psixologiyasi kishilarning boshqarish faoliyatlari xususiyatlarini va natijalarni aniqlashga xizmat qiladigan hodisalarni o’rganadi. U kadrlarni tanlashda, ularni joy-joyiga qo’yishda, topshiriqlarni, funksiyalarni taqsimlashda, xo­dimlarni rag’batlantirishda, intizomni mustahkamlashda va hokazolarda qo’llaniladi.

Biz yaxshi bilamizki psixologiya insonning ruhiyatini o’rganuvchi fandir. Inson ruhiyatiga esa sezish, idrok qilish, tasavvur, tafakkur, ta’ssuf jarayonlari, xotira, diqqat, e’tibor, iroda, shuningdek inson shaxsining ruhiy xususiyatlari, chunonchi, qiziqish, qobiliyat, xarakter va mijoz kiradi. Ijtimoiy psixologiya— bu kishilar va jamoa faoliyati psixo­logik va ijtimoiy omillarning o’zaro aloqasi qonunlarini, turli ijtimoiy guruhlar xususiyatlarini, jamoa muloqoti va o’zaro ta’­sir ko’rsatish shakllarini o’rganadigan psixologiya fanining sohasidir.



Boshqarishning ijtimoiy - ruhiy usullari quyidagi muammolarni hal qilishga qaratilgan:

* jamoani rivojlantirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida hamkorlikda ishlash uchun qulay shart – sharoitlarni yaratish;

* namunali an’analarni qo’llab – quvvatlash va milliy urf – odatlarni joriy etish hamda jamoa ongini o’stirishga yordam berish;

* ijtimoiy rivojlantirishni va kishilarning intilishini, tashabbusini rag’batlantirish, umumiy ta’lim darajasini oshirish, ma’naviy- ma’rifiy o’sish, malaka oshirish;

* kishilarning madaniy va ijtimoiy maishiy ehtiyojlarini qondirish;

* sog’lom ijtimoiy – psixologik muhitini vujudga keltirish

* ishlab chiqarish samaradarligi va ish sifatini oshirish uchun shart – sharoitlarni vujudga keltirish.

Bu muammolarning yechimi boshqarishning yanada uyushqoq, sa­marali bo’lishini talab qiladi.

Mehnat jamoalaridagi ijtimoiy -ruhiy vaziyat yuzaga kelgan nizolar soni bilan belgilanadi. Nizo bu rahbar, ishchi va boshqa xodimlar orasida muayyan ma­salalarni hal qilishda tomonlarning bir-biri bilan bir yechimga kela olmaganligini bildiradi.

( Bu masala “Nizo va stressni boshqarish” mavzusida kengroq ko’rib chiqiladi)

Jamoa a’zolari orasidagi nizolar, asosan ishlab chiqarishning qoniqarsiz tashkil qilinganligi, jamoa a’zolarining ruhiy holatlari hisobga olinmaganligi, zarur ish sharoitining yaratilmaganligi va boshqa sabablar natijasida vujudga keladi. Mehnat jamoalari orasida nizo chiqaruvchi ayrim shaxslar bo’lishi ehtimoldan uzoq emas. Bunday shaxslar ish paytida foy­dali mehnat bilan shug’ullanish o’rniga, o’zlarining o’rinsiz e’tirozlarini gapirib ham o’zlarini, ham boshqalarni ishdan chalg’itib, ishlashga halaqit beradi. Bunday nosog’lom vaziyat jamoa a’zolarining kayfiyatiga salbiy ta’sir qiladi, ularni asabiylashtiradi, natijada ijtimoiy - ruhiy vaziyat yomonlashadi. Bu esa o’z - o’zidan ishga salbiy ta’sir ko’rsatadi.

Xulosa qilib aytganda, infratuzilma menejmenti metodologiyasini o’rganishning tarbiyaviy usullarining ta’siri bir yildan keyin va undan keyin namoyon bo’ladi. Shuni ta’qidlash lozimki, tarbiyaviy usullarni amalga oshirishga sarflanadigan sa’y – xarakatlarning iqtisodiy samarasi ma’muriy va iqtisodiy usullarni amalga oshirishdan bir necha marta ortiq bo’ladi.

Nazorat uchun savollar.


  1. Qonun deganda nimani tushunasiz?

  2. Umumiy falsafiy qonunlar qanday ifodalalnadi?

  3. Iqtisodiy nazariya qonunlari qanday iqtisodiy kategoriyalardan foydalanadi?

  4. Qonunlarni bilishning nima ahamiyati bor?

  5. Jamiyat ehtiyojlarini mumkin qadar kam resurslar sarflab iloji boricha to’liq qondirish qonunini tushuntirib bering

  6. Qiymat qonuni yoki narx qonunini izohlab bering

  7. Talab qonuni va Taklif qonunlarini qanday tushunasiz?

  8. Raqobat qonunining mohiyati nimada?

  9. Iste’molchi nuqtai nazaridan eng so’nggi naflilik qonunining ma’nosi nima?

  10. Tamoyil nima?

  11. Boshqaruvda yakkaboshchilik va kollegiyalik tamoyilini tushuntiring.

  12. Ilmiylik tamoyilining boshqaruvda o’rni qanday?

  13. Rejalilik tamoyilining qanday ahamiyati bor?

  14. Kadrlar tanlash va joylashtirish tamoyilini qanday tushundingiz?


Xulosa
  • Menejment asosida jamoa qonun tizimlari yotadi.


  • Iqtisodiyotni menejment tizimida iqtisodiy qonunlar muhim rol o`ynaydi.


  • Mеnеjmеnt asosiy tamoyillari bo`lib: yakka xokimlik va kollеgial, ilmiylik, rеjalashtirish, Mеnеjmеnt usullari va tizimlarini takomillashtirishni o`z ichiga oladi.


  • Ishlab chiqarishni rеjalashtirish - menejmentning asosiy funksiyalaridan biridir.


  • Stratеgik va innovasion Mеnеjmеnt zamonaviy Mеnеjmеntni rivojlanishi uchun asosiy yo`nalish qisoblanadi.


  • O`zbеkistonda bozor munosabatlariga o`tish davrida davlat Mеnеjmеnt shakli asosiylardan hisoblanadi.






Download 167 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish