Menejment nazariyasi


  Qishloq  xo‘jaligi  mashinasozligi  sohasidagi  muam-



Download 5,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet218/238
Sana26.06.2021
Hajmi5,58 Mb.
#102139
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   238
Bog'liq
menejment nazariyasi

2. 
Qishloq  xo‘jaligi  mashinasozligi  sohasidagi  muam- 
m olar
Mashinasozlik  sohasining  ahamiyati  va  o'rni  salmoqli  ekan- 
ligini  yana  bir  bor  ta'kidlagan  holda  ularning  aksariyati  qishloq 
xo'jaligi  ishlab chiqarishi  uchun texnika va texnologik jihozlar yetka­
zib  berish  bilan  muhim  ijtimoiy  masalalarni  ham  hal  etishini  e’tirof 
etish  lozim.  Islohotlar jarayonida  bu  soha  korxonalarida mulk  shakli 
va  boshaqarish  tizimlari  tubdan  o‘zgartirildi.  Korxonalarni  texnik 
jihatdan  qayta  jihozlash  va  ularni  raqobatbardosh  zamonaviy  mah­
sulotlar  ishlab  chiqarishga  qaratilgan  chora-tadbirlar  amalga  oshi- 
rilmoqda.  Ammo  bu  yo'nalishda  qo'lga  kiritilgan  yutuqlar  bilan  bir 
qator muammolar ham  mavjud. Ana shunday qishloq xo'jaligi mashi­
nasozligi tarmog‘idagi muammolardan  biri bu  - traktorlar va qishloq 
xo'jaligi  mashinalarini  sotishdir.  Bu  holat,  o'z  navbatida,  qishloq


xo'jaligi  mashinalari  bahosi va iste’molchi  to‘o‘lov qobiliyatini  o'zaro 
nomuvofiqligidan  hamda  ishlab  chiqaruvchi  maqsadi  va  iste’molchi 
talablarini  o'zaro  mos  kelmasligidan  kelib  chiqmoqda.  Shuningdek, 
hozirda  qishloq  xo'jaligi  mahsulotlari  yetkazib  beruvchilarning 
shirkat  xo'jaliklaridan  dehqon-fermer  xo'jaliklariga  aylantirilishi- 
ning  tezlashuvi,  ularning  soni  ko‘payishiga  va  moliyaviy  ahvoli 
kuchsizlanishiga  olib  kelmoqda.  Oqibatda  bunday  xo‘jaliklami  za­
monaviy,  yangi  texnika  vositalarini  sotib  olish  qobiliyati  umuman 
pasayib  ketmoqda.  Qishloq  xo'jaligi  texnika  vositalarini  hozirda 
lizingga  olish  mumkin-ku,  degan  tabiiy  bir savol  tug‘iladi.  Bu  mum ­
kin,  lekin  har  bir  dehqon-fermer  xo'jaliklariga  bir  necha  dona  va 
turdagi  texnika  vositalari  kerak  bo'ladi.  O ’z  navbatida,  lizingga  bir 
qancha  qimmatbaho  texnika  vositalari  olinishi  mayda  dehqon-fer- 
mer  xo'jaliklari  rivojlanishida  jiddiy  to'siqqa  aylanishi  mumkin. 
Chunki  yillik  lizing  to'lovlari  bu  xo'jaliklarni  anchagina  qiyin  ah- 
volga  solib  qo'yadi.
Har  bir  xo'jalik  o'zini  ishlab  chiqarish  quwatlari  imkoniyatlari- 
ga  mos  kelishini  ta’minlay  bilishi  kerak.  Masalan,  paxta  terish  va 
yer haydash  mashinalarining quw ati,  ish unumdorligi  yuqori  bo'lishi 
kerak.  Chunki  mavsumda  o'ta  mustahkam,  zamonaviy  ana  shun- 
day  texnika  vositalaridan  foydalanish  qishloq  xo'jaligi  ishlab  chiqa- 
rishi  samaradorligiga  bevosita  ta’sir  ko'rsatadi.  Bunday  mashina- 
larni  ishlab  chiqarish  esa  anchagina  qimmatga  tushadi.  Dehqon- 
fermer  xo'jaliklari  esa  endigina  tiklanayotgan  paytda  bu  vositalarni 
sotib  olish  imkoniyatiga  ega  emasligi,  shuningdek,  ishlov  beriladi- 
gan  o'z  yer  maydonlari  bilan  texnika  vositalirining  ish  unumdorligi 
nomuvofiqligi  ham  ishlab  chiqarish  samaradorligiga  hamda  mah­
sulot  sifatiga  salbiy  ta’sir  ko'rsatadi.
Mashinasozlik  korxonalari  oldida  turgan  sotish  muammosi- 
ga  chuqurroq  nazar  tashlaydigan  bo'lsak,  bu  masalaga  umuman 
boshqacha yondashishga  to'g'ri keladi.  Ayni  davrda  ishlab chiqarish­
ni  tashkil  etishda  qishloq  xo'jaligi  texnika  vositalaridan  amaliyotda 
foydalanishdan  kelib  chiqqan  holda  haqiqiy  ehtiyojlarga  tayanish 
maqsadga  mavofiqdir.  Qishloq  xo'jaligi  texnikalari  va  traktorlari- 
ning  sifat  ko'rsatkichlarini  oshirish,  shuningdek,  tashqi  va  ichki 
bozorlarda  marketing  tadqiqodlarini  olib  borish  zarur.  Aks  holda


vatanimiz mashinasozlari  ulkan bozor ulushlarini yo'qotoshlari  mum­
kin.  Bunday  muammo  rivojianayotgan  mamlakatlarda  ham  mavjud, 
biroq  ular  bu  muammolarni  bozor  iqtisodiyotini  boshqarishning 
progressiv  usullari  asosida  hal  qiladi.
Bozor  iqtisodiyotining rivojlanishi  muammolarini  yechish  yangi- 
dan-yangi  yondashuvlarni  talab  etdi.  Tarmoqda  ishlab  chiqarishni 
texnik  moslashuvchanligi,  mahsulot  sifat  darajasi  va  uning  jahon 
bozoridagi  raqobatbardoshligini  oshirishni  tubdan  qayta  ko'rib  chi- 
qilishi  va  o'zgartirilishi  kerak  bo'lgan  masalaga  aylanib  bormoqda. 
Qishloq  xo'jaligi  mashinasozligi  korxonalarida  ishlab  chiqarilayot- 
gan  mahsulot  zamonaviy  texnik  talab  darajasiga  javob  berishi  kerak. 
Ularning  foydali  ish  koeffitsienti  aniqligi  va  umumdorligi,  uzoq  davr 
ishonchli  ishlash  qobiliyati  yuqori  bo'lmog'i,  ishlab  chiqarishda 
ekspluatatsiya  davrida  yuqori  tejamkorlikka  ega  bo'lishi  lozim.
Yuqoridagi  keltirilgan  muammolarni  hal  etish  uchun  esa  korxo­
nalar marketing faoliyatini  marketing rejasi  asosida va to'g'ri  tashkil 
etishi  kerak.  Marketing rejasining muvaffaqiyatli  bajarilishi  esa  aniq 
dastur  asosida  amalga  oshirilishi  bilan  bevosita  bog'liqdir.  Shuning 
uchun,  «O’zqishloqxo'jalikmash»  xolding  kompaniyasining  marketing 
faoliyatini  marketing  dasturi  asosida  amalga  oshirish  zarur.  Shun- 
dan  kelib  chiqqan  holda  aniq  va  samarali  marketing  dasturini  ish­
lab chiqish o'ta muhim va hal etilishi zarur  bo'lgan muammo  hisobla­
nadi.

Download 5,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish