Menejment nazariyasi



Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/168
Sana14.07.2022
Hajmi5,22 Mb.
#795289
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   168
Bog'liq
MENEJMENT NAZARIYASI a3bb8 [Unlocked by www.freemypdf.com]

8.3. M ehnat unum dorligi
Mehnat unumdorligiga
- psixologik omil, xodimlar va rahbar, 
shuningdek, xodimlar o'rtasidagi o'zaro m unosabatlar ham katta 
ta’sir ko'rsatadi. U la m ing kayfiyati, mehnat faolligi, mehnat nati- 
jalari bu omilga bog'liq bo'ladi.
Boshqaruvning samaradorligi asosan rahbar o'z vazifasini qan- 
chalik m uvaffaqiyatli bajarishi bilan bog'liq bo'ladi. Hozirgi davr 
menejeri m ehnat va boshqaruvni tashkil etishning yangi ilmiy va 
texnikaviy yechimlari, usullarini qo'llashi, ishlab chiqarish imkoniyat- 
larini iqtisodiy ravishda kengaytirishi lozim. Menejer ham tashkilotchi, 
ham tarbiyachi, ham izlanuvchi, m a’muriyatchi sifatlariga ega bo'lishi 
kerak.
Menejerlar tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning murakkabli- 
gi va javobgarlikning ortishi, bajariladigan ishlar turli-tumanligi 
ulardan vaqtni unum li taqsimlanishni talab qiladi. O 'z faoliyatini 
rejalashtirishni bilmaydigan, faqat joriy masalalar bilan shug'ulla- 
nuvchi menejerlar faqat boshqaruv jarayonida vujudga keluvchi u 
yoki bu vaziyat natijalarini tahlil qilishgagina ulgurib, kelajakda qili- 
nishi lozim bo'lgan ishlarni hal etish uchun vaqt topolmay qoladilar.
Menejer faoliyati maqsadini belgilashda, aw alo, undan yuqori- 
roq menejment tizimi oldida turgan vazifalardan kelib chiqish lozim, 
aks holda, butun tizim faoliyatiga to'g'ri kelmaydigan (yoki qarama- 
qarshi) ish ko'rish m um kin.
Rahbar ishi sur’atining tezligi, uning m ehnat faoliyati to'laqonli 
dam olish bilan, shuningdek, ish kuni davom ida m ehnat turlari 
almashinishini talab etadi, chunki faqat shunday qilinganda mehnat 
yuqori samarali bo'lishi, ish qobiliyati to'liq tiklanishi m um kin.


Menejer mehnatida maqbul ish s u r d ’atini, u amalga oshiruvchi 
harakatlarning doimiy tartibini o'rnatish juda muhimdir.
Menejer ish vaqtining katta qismi hujjatlar bilan ishlashga sarfla- 
nadi. O linuvchi axborot (xat, farmoyish, hujjat va h.k.lar) hajmi 
juda katta. Bunday holda axborotni «filtrdan» o‘tkazish juda m u h im ­
dir. Rahbarga faqat u hal qilishi m um kin bo'lgan axborot berilishi 
lozim. Bu bosqichda rahbarga axborotni ijrochilar o'rtasida taqsim- 
lcvchi kotib yoki yordamchi (referent) katta ko ‘mak beradi. U malakali 
xodim bo‘lishi, m enejm entning barcha bo'linm alari va tashkilotlari 
faoliyati xususiyatini bilishi lozim.
R ahbar va unga bo'ysunuvchi boshqaruv apparati o'rtasida 
m ajburiyatlarni m aqbul taqsim lash rahbarga ish vaqtini samarali 
sarflashga im kon beradi. Ijrochilarga m avjud qonunchilik doirasi- 
da iloji boricha ko'proq hujjatga imzo chekishi uchun imkon berish 
kerak. Bu rahbar vaqtini tejash, ijrochilar tashabbuskorligi va javob- 
garligini oshirish im konini beradi.
M enejerlar faoliyatida turli-tuman yig'ilish va m ajlislar m uhim
o‘rin egallab, ularga ish vaqtining 77 foizi sarf bo'ladi. Shu sababli, 
m ajlislarni to ‘g ‘ri tashkil etish uchun quyidagilarga alohida e’tibor 
berish lozim:
- majlisda ko'riladigan masala faqat jam oa tom onidan hal etila- 
digan m uam m odan iborat bo'lishi kerak. Bu m uam m o bitta majlis 
davomida hal etilishi lozim;
- majlis qatnashchilari m uhokam a etilayotgan m uam m o bo'yicha 
yetarli tajriba va bilim ga ega bo'lishlari kerak;
- majlisda ko'riladigan masalalar m avzusi qatnashchilarga ular 
tayyorgarlik ko'rish vaqtiga ega bo'lishlari uchun avvaldan e'lon 
qilinishi lozim;
- yig'ilish o'tkaziladigan sana, vaqt va joy avvaldan ko'rsatilishi 
lozim , chunki uning qatnashchilari o'z ish vaqtlarini rejalashtirish- 
lari kerak. Y ig'ilish rahbari avvaldan yig'ilish maqsadi va o'tkazilish 
shaklini belgilashi lozim. Yig'ilish o'tkazilish tartibi, erkin, ishchan 
m uhokam a uchun sharoit yaratish ham m uhim dir.
R ahbarning ko'plab m ajburiyatlari ichida tashrif qiluvchilarni 
qabul qilish va suhbat o'tkazishni alohida ajratib ko'rsatish lozim. 
Q o'l ostida ishlovchilar tashabbusi bilan qabul qilish uchun alohida


vaqt ajratish m uhim dir, chunki «ochiq eshiklar siyosati» tashqari- 
dan demokratik xususiyatga ega bo‘lsa-da, ish vaqtini noto'g'ri sarflash- 
ga olib keladi. Suhbat davomida rahbar savollar berish yo'li bilan 
xodimlardan ularning niyatini aniq bilib olishi, o'z iltimos yoki taklif- 
larini asoslab berishiga intilishi kerak. Agar suhbat rahbar tashab- 
busi bilan amalga oshadigan bo‘lsa, xodim suhbat vaqti va maqsa­
di haqida m a’lum otga ega bo'lishi kerak. Bu xodimga masala maz- 
muni bo'yicha tayyorgarlik ko'rish, psixologik tanglikka duch kel- 
m aslik uchun im kon yaratadi. Suhbat davomida o'zaro ishonch 
m uhitini yaratish uning muvaffaqiyatli bo'lishiga im koniyat beradi. 
Bunda rahbar suhbat maqsadi va xodimning o'ziga xos xususiyat- 
larini hisobga olishi kerak. Suhbat oxirida rahbar, albatta, m uhokam a 
etilgan masala bo'yicha erishilgan natija va uni keyinroq hal etish 
yo'llarini qayd qilib qo'yishi kerak.
Rahbar mehnati sam aradorligining m uhim om illaridan biri - 
qabul qilingan qarorlaming bajarilishini nazorat qilishni tashkil etish- 
dir. Nazorat rahbam ing doimiy vazifasi bo'lib, uning ish rejasida 
hisobga olinishi lozim hamda materiallar bilan tanishuv, shaxsan 
m a’lum ot berish uchun qabul qilish, inspeksiya qilish yo'li bilan 
amalga oshiriladi. Nazorat qilishning qulay shakli - topshiriqlarni 
maxsus m uddatli kartochkalar va perfokartalar vositasida hisobga 
olishdir.
Rahbar butun jamoa va boshqaruv apparati osoyishta ishlashi 
uchun sharoit yaratishi lozim, chunki butun m enejm ent tizim i va 
natijada butun ishlab chiqarish samaradorligi shu narsaga bog'liqdir.
Xulosa
M enejer mehnati tovar ishlab chiqaruvchilar m ehnatining ajral- 
mas qismi hisoblanadi.
M enejer m ehnati predmeti sifatida ishlab chiqarish jarayoni 
elem entlari, bosh q aruv m unosabatlari, axborot, turli hujjatlar, 
boshqaruv qarorlari olinadi.
Zam onaviy menejerga yuksak iqtisodiy tafakkur, kasb maho- 
rati, uzoqni ko'ra bilish, sotsiologiya va ruxshunoslikka oid bilim 
lozim.


Menejer kasb mahorati, m a ’naviyatini oshirishda korxona doimo 
g'am xo'rlik qilishi darkor.

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish