Ana shunday elektronika tarmog'idagi muammolardan biri bu ish
lab chiqarilgan mahsulotlarni o'z vaqtida ham ichki, ham tashqi
bozorda sotishdir. Bu holat, o'z navbatida tovarlar bahosi va iste’molchi
to'lov qobiliyatini o'zaro nomuvofiqligidan hamda ishlab chiqaruvchi
maqsadi va iste’molchi talablarini o'zaro mos kelmasligidan kelib
chiqmoqda.
Shuningdek, hozirda tijorat yo'nalishida
faoliyat yuritayotgan
kichik biznes subyektlarining moliyaviy holati kuchsiz ekanligi
ularning «Foton» OAJ korxonasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan
televizorlar va quyosh batareyalarini sotib olish qobiliyatini pasay-
tirmoqda.
Bir vaqtning o'zida lokalizatsiya qilingan qismlardan foydalan-
gan holda tayyor mahsulotni ishlab chqarishga
ketgan xarajatlar
natijasida tovarlar sotuvi narxi chet eldan import qilingan zamona-
viy brend televizorlar (SU M SU N G, SONY, LG, SHARP, PANA
S O N IC ) va quyosh batareyalari bahosidan yuqori bo'lmoqda.
Buning asosiy sababi sifatida lokalizatsiya qilinayotgan mahsulot
qismlari uchun zarur bo'lgan xom-ashyo materiallari narxining ichki
bozorda goh tushishi, goh ko'tarilishidir.
Maishiy-texnik mahsulotlarni ishlab
chiqaruvchi korxonalar ol-
dida turgan sotish muammosiga chuqurroq nazar tashlaydigan
bo'lsak, bu masalaga umuman boshqacha yondashishga to'g'ri kela-
di. Ayni davrda korxonada bugungi kunning eng dolzarb elektron
jihozlarni ishlab chiqarishni shakllantirishda aholining xarid ehti-
yojlaridan kelib chiqish maqsadga muvofiq bo'ladi.
Buning uchun
ratsional ishlab chiqarishni tashkil qilish, korxonalarni, avvalam-
bor, texnik-texnologik modernizatsiya qilish,
ularni moliyaviy
sog'lomlashtirish choralarini belgilash zarur bo'ladi. Aks holda
vatanimiz elektoroniklari ulkan tashqi va ichki bozor ulushlarini
yo'qotishlari turgan gap.
Bozor iqtisodiyotining rivojlanishi muamrnolarini yechish yangi-
dan-yangi yondashuvlarni talab etadi. Tarmoqda ishlab chiqarishni
texnik
moslashuvchanligi, mahsulot sifat darajasi va uning jahon
bozoridagi raqobatdoshligini oshirishni tubdan qayta ko'rib chiqili-
shi va o'zgartirilishi kerak bo'lgan masalaga aylanib bormoqda.
Sanoat ishlab chiqarish korxonalarida ishlab chiqarilayotgan mah-
sulot zamonaviy texnik talab darajasiga javob berishi kerak. Ularning
foydali ish koefitsienti
aniqligi va umumdorligi, uzoq davr ishonchli
ishlash qobiliyati yuqori bo‘lm og‘i, ekspluatatsiya davrida yuqori
tejamkorlikka ega bo'lish lozim.
Yuqoridagi keltirilgan muammolarni hal etish uchun esa kor
xonalar ishlab chiqarish faoliyatida qo'llayotgan lokalizatsiya das-
turini to'g'ri tashkil etishi kerak. Mahalliylashtirish rejasi muvaffa
qiyatli bajarilishi esa aniq dastur asosida amalga oshirilishi bilan
bevosita bog'liqdir.
Shuning uchun, «Foton» OAJ korxonasining
ishlab chiqarish faoliyatida aniq va samarali lokalizatsiya dasturini
ishlab chiqish o‘ta muhim va hal etilishi zarur bo'lgan muammo
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: