“Mеnеjmеnt nаzаriyasi” fаni bo’yichа



Download 384,2 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/22
Sana27.04.2020
Hajmi384,2 Kb.
#47513
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22
Bog'liq
menejment strategiyasi va taktikasi

 

 

Kompaniya 

strategiyasi 


keyinchalik  unda  mustahkamlanib  qolish  maqsadida  bosib  o‘tish  strategiyasidir. 

Bu  strategiya  barcha  umumiy  strategiyalar  o‘lchamida  bozorni    rivojlantirish  va 

diversifikatsiyalashda ishlatilishi mumkin.  

Yangi bozorda ishlayotgan kompaniyaga ega bo‘lish – vaqtni yoqotish nuqtai 

nazaridan ancha tejamli usul, lekin u moliyaviy masalada ancha qimmat.  

Kirib  borish  strategiyasi,  kompaniyaning  bozorda  ishlashi  bo‘yicha  mavjud 

tajribasi  bilan  kerakli  texnologiyani  rivojlantirishning  taqqoslanishiga  bog‘liq 

holda shakllantiriladi.  

 

3.  Vertikal integratsiya. 

 

Vertikal integratsiya ta‘minotchi – ishlab chiqaruvchi – iste‘molchi zanjirida, 

mahsulot  ishlab  chiqaruvchining  u  yoki  bu  shaklda  ishlab  chiqarishni  xom  ashyo 

va  materiallar  ta‘minotchilarining  birortasi  bilan  yoki  o‘z  mahsulotlari 

iste‘molchilarining biri bilan birlashtirish holatida vujudga keladi. Bu usulni ham 

o‘z  ustunliklari  va  kamchiliklari  bor.  Vertikal  integratsiya  strategiyasining 

qo‘llanishi,  kompaniyaning  singib  ketish  yoki  qo‘shilish  muammosini  keltirib 

chiqaradi. 



4.  Qo’shilish va singib ketish. 

 

Zamonaviy biznesda qo‘shilish va singib ketish o‘lchamlari kata. Faqat 1994-

yilning  uchinchi  choragida  5800  ta  shunga  o‘xshash  operatsiyalar  sodir  etilgan. 

Diversifikatsiya strategiyasi ayrim hollarda qo‘shilish yo‘li bilan amalga oshirilishi 

mumkin.  

Qo‘shilish jarayoni nafaqat ishlab chiqarish sohasini qamrab oladi. U moliya 

sohasida ham keng yoyilgan. Masalan, yirik Niderlandiya moliya guruhi 1991-yili 

―Национале Нидерланден‖ sug‘urta kompaniyasining  ―НМБ  - Постбанк‖ bilan 

qo‘shilishi natijasida vujudga keldi. 

Biznes amaliyotida qo‘shilish  va singib ketish quyidagi turlarga ajratiladi: 

  Vertikal – bunda ta‘minotchi yoki iste‘molchi singib ketadi; 

  Gorizontal – bunda raqib singib ketadi; 




  Mahsulotni  rivojlantirish  maqsadi  –  bunda  firma  yagona  butun 

mahsulot yaratish maqsadida singib ketadi; 

  Bozorni  kengaytirish  maqsadi  –  bunda  boshqa  bozorlarda  faoliyat 

ko‘rsatayotgan bir xil firmalar singdiriladi; 

  Konglomertlar  yaratishga  yo‘naltirish  yoki  o‘zaro  strategik  maqsadlar 

bilan bog‘liq bo‘lmagan kombinatsiyalar ishlatiladi. 

Qo‘shilish  ikkita  kompaniyaning  o‘zaro  kelishuvlariga  binoan  amalga 

oshirilishi  mumkin.  Biroq  boshqa  holat  ham  bo‘lishi  mumkin  –  kompaniyani 

maqsadlariga  zid  holda  egallab  olish  va  qo‘shilib  oluvchi  kompaniyaning  qarori 

bilan birlashtirish. 



5.  Qo’shma korxonalar. 

 

Qoshma  korxonalar  tuzish  –  strategik  alyanslarning  bir  shaklidir.  Uning 

tuzilishi  kompaniya  darajasida  amalga  oshiriladi.  Shuning  uchun  bu  strategiyaga 

kompaniya  strategiyasi  sifatida  qaraladi.  Qo‘shma  korxonalar  bu  mustaqil 

korxonalar  bo‘lgan  ikki  yoki  undan  ortiq  korxonalardir.  Sheriklar  qo‘shma 

korxonaga  kapitalni  pul,  material  aktivlar,  sotish  tugunlari  yoki  intelektual 

ko‘rinishda kiritadi. 

Ko‘pchilik hollarda qo‘shma korxonalar, yirik korxona biznesining qandaydir 

qismi  bo‘yicha  kichik  kompaniyaning  tashkil  etilishiga  qiziqib  qolganda  tashkil 

etiladi. 



6.  Global strategiyalar. 

 

Bugun global raqobat, samolyotsozlik, elektronika, nusxa ko‘chirish texnikasi, 

avtomobilsozlik,  soat  ishlab  chiqarish  kabi  tarmoqlarda  o‘rin  olgan.  Global 

strategiyani  ishlab  chiqish,  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  global  bozordagi    barqaror  raqobat 

ustunligiga  erishish  uchun  ikkita  asosiy  usul  mavjud.  Birinchi  –  global  bozorga 

yaxshi xizmat ko‘rsatish maqsadida, turli xil faoliyat turlarini turli mamlakatlarga 

qulay  joylshtirish.  Ikkinchi  –  kompaniyaning  jahon  bo‘ylab  tarqalib  ketgan 

tuzilmalari faoliyatini muvofiqlashtirish qobiliyati. 

 

 



7.  Ayrim xavfli strategiyalar. 

 

Strategiyani  ishlab  chiqishda,  turli  kompaniyalarda  afzal  bo‘lgan  o‘ziga  xos 

xato  va  xavflarning  mavjudligini  yodga  olish  lozimdir.  Quyida  ushbu  xato  va 

xavflarning asosiylarining qisqa ro‘yxati keltirilgan: 

1.  Yetakchi  imitatsiya.  Xavf  kompaniyaning  kuchli  va  kuchsiz  tomonlari 

farqiga  yetarli  e‘tibor  bermasligidan  iborat.  Lider  –  kompaniya  uning  faoliyati 

yuzaki,  tahlilda  ko‘rinmaydigan  yoki  qiyinchilik  bilan  nusxa  olishga  yo‘l 

qo‘yadigan strategik qobilyatga ega bo‘lishi mumkin. 

2.  Birinchi  o‘tuvchi  sifatida  bir  bor  yutib,  ushbu  jarayonni  davom  ettirish  va 

yana  yangi  nimadir  izlab  topish  yo‘nalishi  vujudga  keladi.  Natijada  egallangan 

bozordagi ustunlikni ham yoqotish mumkin.  

3.  Qandaydir  kompaniya  bilan  raqobat  kurashiga  chiqib,  bozor  ulushlarini 

ko‘paytira borib sekin yutish mumkin. Bunda, qo‘shimcha xarajatlar (reklama va 

boshqalar) qo‘shimcha foydaga nisbatan yuqori bo‘lishi mumkin.  

4.  Katta imkoniyatlarning mavjudligida – barcha ishlarni bajarish.  


Download 384,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish