Менежмент. Маркетинг



Download 8,34 Mb.
bet344/448
Sana03.01.2022
Hajmi8,34 Mb.
#272838
1   ...   340   341   342   343   344   345   346   347   ...   448
Bog'liq
Менежмент маркетинг мажмуа 2020

2-Topshiriq: Firma faoliyati uchun zarur bo‘lgan birlamchi axborotlarni to‘plash rejalari.

Siz ushbu rejalarga yana qanday qo‘shimchalarni kiritish mumkin. Agar bo‘lsa uni asoslab bering.

Tadqiqot usullari

Audotoriya bilan aloqa usuli

Tanlovni tuzish rejasi

Tadqiqot qurollari

Nazorat

So‘rov


Eksperiment

Pochta

Telefon


SHaxsiy aloqa

Tanlov birligi

Tanlov hajmi

Tanlov strukturasi


Anketa

Mexaniq uskunalar











3-Topshiriq: Quyida keltirilgan davlatlarda axborotlarni yig‘ish usullarini sifatli va miqdoriy holati. (% hisobida).

Siz ushbu holatni O‘zbekistondagi biror korxona misolida tushuntirib bering.

Davlatlar

Pochta orqali so‘rov

Telefon orqali

SHaxsiy so‘rovlar

Guruhlararo muloqat

Har tomonlama so‘rovlar

Bel’giya

7

15

57

10

8

Velikobritaniya

8

15

67

10

-

Germaniya

5

18

56

6

10

Gretsiya

-

3

82

10

3

Daniya

16

24

31

6

21

Italiya

4

27

44

10

10

Irlandiya

1

2

72

23

3

Ispaniya

3

16

63

13

3

Lyuksemburg

-

10

65

5

-

Niderlandiya

31

18

34

4

9

Norvegiya

10

20

50

10

5

Portugaliya

12

9

65

7

3

Turtsiya

6

4

60

15

5

Finlyandiya

19

38

37

-

-

SHvetsiya

23

29

23

4

5

SHveytsariya

8

27

46

-

-

O‘zbekiston
















6. Topshiriqlarning talabalar tomonidan bajarilishini nazorat qilish va yo‘l-yo‘riqlar berish.

7. Topshiriqlarni bajarishning asosiy natijalari bo‘yicha xulosa va takliflar.

8. Savol va javoblar.

9. Uyga vazifalar.

9.1. O‘tilgan mavzuni o‘qib chiqish.

9.2. Topshiriqlarni to‘liq bajarish.

9.3. Ma’ruza matni asosida keyingi mavzu bilan mustaqil tanishib chiqish.


6-amaliy mashg‘ulot: Marketing dasturi(2-soat).

1. Darsning maqsadi: Marketing dasturlari haqida, maqsadli dasturlarni marketing turlari, marketing dasturlari uslubiy asoslari va ularni tashkil qilish jarayonlari, marketing dasturlarini korxonalarni iqtisodiy rivojlanishida tutgan o‘rni haqida talabalarga o‘rgatish.

2. Darsning rejasi:

  1. Marketing dasturi haqida tushuncha.

  2. Marketing dasturini ishlab chiqish ketma-ketligi va asosiy bo‘limlari.

  3. Vaziyatni tashkil etish va marketing sintezi.

  4. Korxona faoliyatini marketing tamoyillari asosida rivojlantirishni asosiy yo‘nalishlarini tanlab olish.


MARKETING DASTURINI TUZISH USLUBI.

Ilmiy-amaliy tadqiqot yakunlangandan so‘ng marketing rejasi tuziladi. Unda Marketing muxitining taxlili, bozorni kompleks o‘rgapnish, iste’molchilarning maxsulotga bo‘lgan talabi, bozor kon’yunkturasi, uning xajmi va bozor talabi, narxlashtirish tizimi, narx saviya va dinamikasi, raqobatchi firma, kontragent va neytrallar, sotish shakli va uslublari, iste’molchilarning xulqi, korxonangiz ishlab-chiqarish resurs va sotish imkoniyatlarini baxolash va uni turli bozorlardagi raqobatchilik saviyasini aniqlash. Buning asosida maqsadli bozor, bozor segmentlari aniqlanadi.

Maqsadli bozor omillari: korxonangiz maqsadiga erishishish uchun potentsial imkoniyatlar mavjudligi, tegishli bozor segmentining talablarini sizning maxsulotga mos kelishi, sizning sotish imkoniyatlaringizning bozor talablariga mos kelishi, ushbu bozor segmenti bo‘yicha ma’lumotlarni olish imkoni, va shu bozorda sizning raqobatchilik imkoniyatlaringiz mavjudligi.

Tadqiqotlar asosida va qo‘yidagilarni o‘z ichiga oluvchi marketing rejasi (yillar bo‘yicha bo‘lingan besh va unda ortiq yil muddatga) ishlab chiqiladi.

1) preambula (marketing dasturlarining va asosiy xulosalarning qisqacha tarkibi);

2) maqsadiy bozorning strategik rivojlanishi (bozor bashorati va uni ko‘rinishi);

3) korxonangiz ishining kuchli va zaif tomonlari (muammo va qiyinchiliklarning kelib chiqishi);

4) maqsad va masalalar;

5) marketing strategiyasi;

6) tovar strategiyasi( yangi tovarni sotilishi va ishlab chiqishiga tegishli siyosat, sotilayotgan tovar asortimenti va xokazo);

7) maxsulotni oldiga surish kanallarining shakillanishi va rivojlanish strategiyasi (shoxobchalarni tashkil etish, ulgurji va chakana do‘konlar, ishlab chiqarilayotgan maxsulotlarni sotilish dallollari tarmog‘i va omborlar tarmog‘i);

8) maqsad bozoridagi har bir tovar modifikatsiya strategiyasi va xarakat tizimi darajasini aniqlash, shuningdek, maxsulotning xayotiy tsikl fazasiga bog‘liqligi);

9) sotuvni rag‘batlantirish va talabning shakillanish strategiyasi (reklama tadbirlarini o‘tqazish rejalari, ko‘rgazma va yarmarkalarda qatnashish rejalari, namunalarni tarqatish va boshqalar);

10) marketing dasturlarini amalga oshirish byudjeti, uning samaradorligini baxolash va nazorati (dasturlar ishlab chiqish va undagi qo‘yilgan masalalarni bajarish, uning sotilish samarasini dastlabki baholash, marketing dasturlarini bajarilish xarakatini nazorat qilish tizimini ta’minlash va uning tartibi xajmi va xarajatlar tuzilmasi.).

Bir qator marketing dasturlari korxonaning ishchi va boshqarish xodimlarining malakasini oshirishni ta’minlaydi.

1. Preambula. -Bu Sizning korxonangiz marketing dasturining oliy boshqarma ko‘rib chiqishi uchun taklif qilinayotgan qisqacha izoxidir. Bu erda marketing dasturida mavjud bo‘lgan tavsiyalarning asosiy maqsadlari to‘planadi, marketologlar xulosalari rezyumesi keltiriladi.

2. Maqsadli bozorning rivojlanish strategiyasi. Maqsadli bozor rivojlanishining bashorati va sharxi quyidagi ko‘rsatkichlarni tarkibiga kiritib beriladi: to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lgan talab va taklifning xajmi va dinamikasi; eksport va import ko‘rsatkichlari; narx dinamikasi va darajasi: ma’lo‘m maqsadli bozorda ma’lum maxsulotni ishlab chiqarish xajmi; raqobatdoshlik darajasi va intensivligi; ma’lum maxsulotni sotib olish maqsadlari va xoxishlari; sotilgan maxsulotga iste’molchining maxsulotning texnik darajasi va sifatiga bo‘lgan talablari; xizmat tavsifi va xajmi; bozorda shakllanayotgan narxning taxminiy xajmi; iste’mol xajmi; kutilayotgan sotuv xajmi; Sizning korxonangizning bozordagi xisob-kitob qismi; maqsadli bozorda qabul qilingan sotuv tizimi; kutilayotgan xaridorlar, mijozlar soni; bozorda qabul qilingan sotuv formasi va usullari; bir xaridning o‘rtacha xajmi; ma’lum bozor segmentining asosiy rivojlanish tendentsiyasi, stabilligi, destabilligi va boshqalar.Ayrim hollarda bu dasturlarga oid bozorda faqat joriy vaziyat va bozorning qisqa tuzilmasi keltiriladi.

3. Korxonangizning kuchli va zaif ishlov tomonlari. Maqsadli bozorda korxonangizning ishlov kamchiliklari va afzalliklari ifodalanadi, o‘z vaqtida echilishi lozim bo‘lgan asosiy muammolar kelib chiqadi: o‘z korxonangiz obro‘si va nufuzligini baholash, o‘z maxsulotingizning raqobatdoshlik afzalliklari, (sifat tavsifi, narxlar darajasi, sotuv kanallari rivojlanishi, xizmat darajasi, tijorat ishlari xususiyati bo‘yicha); resurslar bilan ta’minlanganlik darajasi (ilmiy-texnik, ishlab chiqarish, tijorat, marketing, moliyaviy, kvalifikatsion va boshqalar); taklif etilayotgan operatsiyalarini o‘sishi va xajmi; taklif etilayotgan xarajat sarflash dinamikasi va xajmi; moliyalashtirish manbalari; sotuvning o‘rtacha rentabelligi, foydaning o‘rtacha normasi; ma’lum maqsadli bozorda korxonangiz boshqaruvining faoliyatli boshqaruv imkoniyatlari; maqsadli bozorda ishlashda yakka va permanent muvaffaqiyatga erishish istiqboli; ma’lum tovarga iste’molchilarning e’tibori; maqsadiy bozorning kon’yunkturasi umumxo‘jalik kon’yunkturasining o‘zgarishlariga sezgirligi. Korxona faoliyatining zaif tomonlari, korxona faoliyatining kuchli tomonlari.

4. Maqsad va vazifalar. Korxonangiz oldida turgan global maqsad va vazifalar aniqlanadi. Maqsad ham miqdor ham sifat j9atidan shakllanadi.

5. Marketing strategiyasi. Ushbu bo‘lim korxonaning bozor strategiyasiga bag‘ishlangan bo‘lib unda: marketing strategiyasining global yo‘nalishlari, korxonangiz bzor ulushiga nisbatan strategiyasi, bozor talabiga nisbatan strategiya

6. Tovar strategiyasi. U o‘z ichiga asosiy tovar strategiyasini aniqlashni o‘z ichiga qamrab oladi. SHu bilan birga quyidagi ma’lumotlar keltiriladi: mmaxsulot yangilik darajasi; maxsulot sifati; yangi maxsulotni ishlab chiqarish uchun ketgan xarajatlari; maxsulot o‘lchov birligi xarajatlari; yangi asortimentni egallash muddatlari va xokazo.


      1. SHakllantirish strategiyasi tovar xarakatini kanallarini rivojlantirish. Bu erda hisobga olinadi: bozor segmentida ishlab chiqarish tarmog‘ini majburiyatlari; Sizning korxonangizni ishlab chiqarish tizimini tashkiliy strukturasi; Sizning korxonangizni yoki o‘xshash bozor sigmentini ishlab chiqarish ishini tajribasi; dallollarning xizmatidan foydalanishni maqsadga muvofiqligini baholash; dallar yordami bilan sotish xajmini oshirish imkoniyati; Sizning korxonangizga dallolarning munosabatini siyosati; ishlab chiqarish tizimini muqobil imkoniyatlariga ko‘ra samaradorlik darajasi; sizning korxonangizda yangi ishlab chiqarish tashkiliy strukturasi bilan bog‘liqligi; bozordagi mavjud maxsulotni etkazib berish amaliyot; pontentsial iste’molchilar soni; yakka tartibdagi buyurtmalarni xajmi; buyurtmalarni taqsimlash xarakteri; tovarlarni bo‘linishi; xaridorlarga Sizning korxonangiz ko‘rsatayotgan xizmat xajmi; sotuv kanallari nazoratiga nisbatan boshqaruvning intilish nazorati; transport masalalarini hal qilish bashorati, maxsulot va materiallar oqimini xarakat logistikasini rejalashtirish, ta’minlovchilar bilan ishlash, sotuv tizimini ishlab chiqish va x. k.

      2. Narxnavo strategiyasi. quyidagi yo‘nalishlar ishlab chiqiladi: maxsulot o‘lchov birligi uchun narx saviyasi; narx dinamikasi; korxonangiz maxsulotining yangilik va assortiment darajasi bo‘yicha nisbati; raqobatchilar narxi; funksional va firma raqobatchilik darajasi; talab ellastikligi; bozor tafsifi; maxsulotlarni etkazib berish shartlari; kredit moliya shartlari; chegirtma va ustama tizimi, narxlashtirish tizimi va x.k.

      3. Sotuvni rahbatlantirish av talabni shakllantirish strategiyasi.Ushbu strategiya quyidagilarni qamrab oladi: reklama siyosati xususiyatlari reklama tadbirlar rejasi; reklama xarajatlari miqdori va x.k.

Marketing dasturini amalga oshirish byudjeti uni samarasini baxolash va nazorat qilish. quyidagi masalalarni amalga oshirish ko‘zda tutiladi: barcha marketing tadbirlarni amalga oshirish xarajatlarining umumiy xajmi; marketing tadqiqotdari xarajati; bozor rivojlanish bashoratini xarajatlari; vositachilarxizmatini to‘lash xarajatlari; monitoring va marketing dasturlarini amalga oshirish nazorati shakllari va uslublari; marketing dasturiga joriy korrektivalar kiritish xarajatlari va x.k.


Download 8,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   340   341   342   343   344   345   346   347   ...   448




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish