Guruhlarda keysni yechish bo‘yicha yo‘riqnoma
Individual yechilgan keys vaziyatlar bilan tanishib chiqing.
Guruh sardorini tanlang.
Vatman qog‘ozlarda quyidagi jadvalni chizing
Muammoni tahlil qilish va yechish jadvali
Muammoni tasdiqlovchi dalillari
|
Muammoni kelib chiqish sabablari
|
Muallif tomonidan taklif qilingan yechim
|
Guruh yechimi
|
|
|
|
|
Ishni yakunlab, taqdimotga tayyorlang.
Keys bilan ishlash jarayonini baholash mezonlari va ko‘rsatkichlari
(mustaqil auditoriyada va auditoriyadan tashqari bajarilgan ish uchun)
MARKETING
1-amaliy mashg‘ulot: Marketing tushunchasi va mohiyati, rivojlanish bosqichlari
(2 soat).
1. Darsning maqsadi: Marketing tushunchasi va uning moxiyati, marketigni vujudga kelishi, marketingning asosiy rivojlanish bosqichlari, xorijiy mamlakatlarda marketing rivojlanish tarixi, hozirgi davrda marketing holati
2. Darsning rejasi:
Marketing tizimi haqida tushuncha.
Marketigni vujudga kelishi, marketingning asosiy rivojlanish bosqichlari.
Xorijiy mamlakatlarda marketing rivojlanish tarixi.
Marketing ehtiyoj va muxtojlikni ayriboshlash orkali kondirishga karatilgan inson faoliyatining turidir. Marketing vujudga kelishining asosiy sabablaridan biri - bu ishlab chiqarish xajmining ortib borishi, yangi tarmoklarning vujudga kelishi, tovar turining kupayishi va tadbirkorlar urtasida maxsulotni sotish muammosining vujudga kelishidir.
Muxtojlik – kishini biron bir narsani yetishmasligini xis etishidir.
Ehtiyoj – indevid shaxsning madaniy darajasiga asosan maxsus shaklga muxtojlikdir.
Talab – bu xarid quvvatiga ega bo‘lgan ehtiyoj.
Talab – mavjud, potentsial hamda xoxish talabga bo‘linadi.
Tovar – bu ehtiyojni yoki muxtojlikni qondira oladigan hamda bozorga e’tiborni tortish, sotib olish, ishlatish yoki iste’mol qilish maqsadida taklif etilgan barcha narsalardir.
Marketing asosida bozorni xar taraflama urganish yunalishlarining asosiylaridan quyidagilarni ko`rsatib utish mumkin:
talabni urganish;
bozor tarkibini aniqlash;
tovarni urganish;
raqobat sharoitlarini tadqiq qilish;
sotish shakli va uslublarini taxlil etish.
1908 yili tijorat marketing tashkiloti ilk bor tashkil topdi. 1926 yilda AKSHda marketing va reklama milliy uyushmasi tashkil topdi, keyinchalik uning negizida Amerika Marketing jamiyati barpo etildi, bu jamiyat 1973 yili Amerika Marketing uyushmasi nomini oldi. Bir oz keyinrok bunday uyushma va tashkilotlar Garbiy yevropa mamlakatlari va Yaponiyada xam paydo buldi.
50-yillarda boshqarish konsepsiyasining ilk asosini sotish xajmi, ishlab chiqarish va muomala xarajatlari darajasi, daromad, foyda va boshqa ko`rsatgichlarni uzok muddatli o`zgarishlarini aniqlash taxlil kilindi. SHunga ko‘ra bozordagi ish faoliyatini bir yildan besh yilgacha moslashtirish kuzda tutilgan.
60-yillarga kelib bozordagi o`zgarishlarga qarab strategik rejalashtirishni amalga oshirish masalasi ilgari surildi va xal kilindi.
70-yillarga kelib, marketingning shunday konseptsiyasi ishlab chikildiki, u iqtisodiy j9atdan rivojlangan mamlakatlar xayotiga mustakil kirib bordi.
Marketing uz rivojida bir kadar evolyutsiya taraqqiyot boskichini kechdi. Bu evolyutsiya bir-biri bilan izchil tarzda almashadigan uch yirik davrni uziga kamraydi: birinchi davr - marketing kotseptsiyasi “ishlab chiqaroish konsepsiyasi” - “maxsulot ustunligi” tarzida belgilanadi, bunda eng muxim masala yaxshi tovar ishlab chiqarish va uni xaridorga arzon narxlarda sotish deb xisoblanadi. Konsepsiya shiori - “imkoni boricha kuprok tovar ishlab chiqar, chunki bozor talabi cheksiz”;
ikkinchi davr “sotish konsepsiyasi” nomini oldi. Bunda firmaning maxsulotini “mana tovar tayyor, kelavering va savdolashing” shiori bilan sotishni mo`ljallash birinchi uringa chikadi.
Marketingni ishlab chiqarishni boshqarish va bozor yunalishidagi savdo sotikning yagona bir tizimi sifatida ikki j9atdan qarab chiqish zarur. Birinchisi - boshqaruv marketingi korxonani boshqarishdagi muayyan tafakkur tarzidan iborat.Ikkinchi j9at - marketing bozorida bevosita olib boriladigan faoliyat deb qaraladi. Agar marketing ishlab chiqarishni boshqarish tizimi sifatida “korxonaning tafakkur tarzi” xisoblansa, bozordagi bevosita faoliyatdan iborat bulgan marketing korxonaning “xarakat tarzini” shakllantiradi, marketingning turli usul va vositalaridan tashkil topadi va jamlanib, marketing-“miks”ni vujudga keltiradi. Uning asosida “5r” formulasi turadi: 1 - narx (prise); 2 - maxsulot (produst); 3 - urin-joy (plase); 4 - siljitish (promotion, 5-inson (people).
3. Darsning ta’minoti:
Adabiyotlar ro‘yxatida ko‘rsatilgan adabiyotlar asosida.
4. Darsning borishi: Talabalar bilan salomlashish, davomatni aniqlash, o‘tilgan darsni takrorlash, uy vazifalarni tekshirish, talabalarning bilimini baholash va yangi amaliy mashg‘ulot darsini tushuntirish, berilgan topshiriqlarni birgalikda bajarish hamda uyga qo‘shimcha topshiriqlar berish.
5. Talabalarning mustaqil ishlashi uchun topshiriqlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |