Savollar. Doktor Martin Lyuter King shunday der edi: “Toki dunyoda qashshoqlar bor ekan, men boy bo‘la olmayman...Toki kishilarga kasalliklar xujum qilarkan, men sog‘ bo‘la olmayman...Men xech qachon o‘zim xoxlagandek bo‘la olmayman, toki siz o‘zingiz xoxlagandek bo‘lmaguningizcha”. Bu fikrni ushbu bobimiz nuqtai nazaridan muxokama qiling. Bu fikr korporatsiyalarga xam taalluqlimi?
“YAshillar” (partiyasi) neft maxsulotlarini to‘kib yuborish xolatida neft qazib oluvchi kompaniyalarga tabiat muxitiga yetkazilgan zararni to‘liq qoplash majburiyatini yuklaydigan qonunlar qabul qilinishi zarurligini yoqlab chiqmoqda, agar bunday qonunlar qabul qilinsa, ushbu kompaniyalarning moliyaviy farovonligiga jiddiy zarba beriladi. Siz qanday xisoblaysiz, bunday qonunning qabul qilinishi korporatsiyalarning ijtimoiy mas’uliyati ortishiga olib keladimi?
Etik jixatdan to‘g‘ri qarorlarni qabul qilishga bo‘lgan utilitar va axloqiy-xuquqiy yondashuvlarning ustunliklari va kamchiliklarini solishtiring. Sizningcha, menejerlar ulardan qaysinisiga amal qilishlari lozim? Nimaga?
Tasavvur qiling, sizga ish yuzasidan qiladigan o‘z xarajatlaringizni “ozgina ishirib ko‘rsatish” ni taklif qilishdi. Qaroringizga nima ko‘proq ta’sir qiladi: o‘z axloqiy rivojlanish darajangizmi yoki siz ishlayotgan kompaniyaning madaniy qadriyatlarimi? Tushuntirib bering.
Siz qanday xisoblaysiz, kompaniyangizning siyosiy faoliyat yuritishi yoki boshqa tashkilotlar bilan xokimiyat organlariga ta’sir o‘tkazish maqsadida turli ittifoqlarga birlashishi ijtimoiy ma’qul qadammi? Muxokama qiling.
Muximlikning pasayishi tartibida kompaniyaning ijtimoiy mas’uliyatini baxolash me’zonlari quyidagi tartibda joylashgan: iqtisodiy, yuridik, etik va “bo‘yinga olingan mas’uliyat”. Bularning barchasi kompaniya ichida etik dilemmlarni xal qilishda qanday nisbatga ega?
Xozirda qanday etik muammolar xammaning og‘zida? Muammolarni etika va ijtimoiy mas’uliyat nuqtai nazaridan xal qiluvchi bir kompaniyani xamda noetik va mas’uliyatsiz bo‘lgan boshqa kompaniyani aytib o‘ting.
Web-saytlarga kirgan shaxslar to‘g‘risida ularni xabardor etmasdan shaxsiy axborot yig‘ish amaliyotini etik jixatdan to‘g‘ri deb xisoblaysizmi? Xodimlarning Internetdagi xarakatlari ustidan nazoratnichi? Muxokama qiling.
Nimani tashkilotda barqaror etik xulq-atvorni rivojlantirish nuqtai nazaridan samaraliroq deb xisoblaysiz: o‘qitish dasturlari bilan birgalikdagi axloqiy kodeksnimi yoki etik sardorliknimi? Nega?
Linsoln elestris kompaniyasida xaridorlar va xodimlar aktsiyadorlarga nisbatan muximroq manfaatdor guruxlar deb xisoblaniladi. Umuman, raxbariyat manfaatdor guruxlarni muxim va muxim emas guruxlarga ajratishi to‘g‘rimi? Bu guruxlarga teng ko‘z bilan qarash xuquqiy jixatdan to‘g‘rimi?