6.2.Menejment etikasi
Reja
Menejment etikasi nima?
Etik jixatdan murakkab bo‘lgan qarorlarni qabul qilish me’zonlari.
Etik tanlovni belgilab beruvchi omillar.
Ijtimoiy mas’uliyat nima?
Korporatsiyaning ijtimoiy faoliyati natijalarini baxolash.
Kompaniyaning etikasi va ijtimoiy mas’uliyatini boshqarish
Boshqaruv muammosi.
Butunjaxon OITS (Orttirilgan Immunitet Tanqisligi Sindromi) epidemiyasi AQSHdagi yirik farmatsevtik kompaniyalarni qiyin axvolga solib qo‘ydi. Gap etika xaqida ketmoqda. Farmatsevtik gigant-kompaniyalar jamiyat ularning timsolida o‘lim keltiruvchi kasallik bilan kurashuvchilarni ko‘rishlarini xoxlaydilar, lekin xalqaro jamoat tashkilotlari dori ishlab chiqaruvchilarni boshqacha qilib ko‘rsatmoqdalar, ya’ni foyda ortidan quviydigan ishbilarmonlar sifatida. Emish-ki, kompaniyalarni insonlarning xayoti emas, balki o‘zlarining foydasi qiziqtiradi; shuning uchun ular najotbaxsh, lekin patentlangan dori vositalariga bo‘lgan narxni atayin baland o‘rnatadilar. “Skruj amaki” imijining paydo bo‘lishiga 40 ta farmatsevtik firmalar tomonidan Janubiy Afrika Respublikasi xukumati ustidan shikoyat qilib sudga berilgan da’vo arizalari xam ko‘maklashdi. Sababi, o‘sha paytdagi JAR prezidenti Nelson Mandela patentlangan dorilarning o‘rnini bosuvchi, arzon “nusxalari”ni, patent egalarining ruxsatisiz, olib kirishga ruxsat beruvchi qonunga imzo qo‘ygan edi. OITS tarqalishiga ozgina bo‘lsa xam qarshilik qilish maqsadida AQSH xukumati eng qashshoq mamlakatlarga istisno tariqasida bunga rozilik berdi. Lekin farmatsevtik kompaniyalar boshqacha fikrda edilar: ular bu qonunni intellektual mulkka bo‘lgan xuquqlarning buzilishi deb atadilar va OITSni davolash xamda profilaktika qilish narxlari masalasini chetlab o‘tishga urinishdi. Ko‘pgina jamoat tashkilotlari, shu jumladan, “CHegarasiz vrachlar” va “Oxfam” patentlangan dori vositalarini ishlab chiqaruvchilariga qarshi chiqdilar, ularning xolatini butun dunyo kambag‘al kishilarining sog‘ligi va farovonligiga taxdid deb atadilar. Ba’zi faollar yanada qattiq turib, farmatsevtik kompaniyalarni kambag‘al kishilarga nisbatan genotsidda aybladilar.
Siz qimmat, patentlangan dori vositalarini xarid qilishga puli yo‘q mamlakatlarni sud qilishni etik jixatdan to‘g‘ri deb xisoblaysizmi? Tashkilotning intellektual mulkini ximoya qilish bilan insonlarni dardini yengillashtirish maqsadida qonunni buzish o‘rtasida chegara bormi?
Bu vaziyat etik masalalar qanchalik murakkab bo‘lishini ko‘rsatadi va menejment kursidagi boshqaruv xamda ijtimoiy mas’uliyat to‘g‘risidagi munozara muximligini ta’kidlaydi. Kompaniyalar o‘zining axloqiy kodekslarini ishlab chiqishga va jamiyat oldidagi mas’uliyati xaqida bong urishga shoshilmoqdalar, etika masalalari bo‘yicha ixtisoslashgan maslaxatchilar esa katta obro‘’ga ega bo‘lmoqda. Afsus-ki, bunga sabablar bor. Oxirgi paytlarda ko‘pgina kompaniyalar, shu jumladan, Sears, Archer-Daniyels-Midland va Tyson Foods etik yoki xuquqiy me’yorlarning jiddiy buzilishida gumon qilindilar. Bridgestone/Firestone va Ford Motor korporatsiyalari bir necha oy davomida bir-birini avtoshinalar yorilib ketishi natijasida sodir bo‘lgan bir qator avtoxaloqatlar uchun mas’uliyatda aybladilar. YAna 2000-yili AQSHdagi barcha kompaniyalar ichida 7-o‘rinni egallab turgan “Enron” korporatsiyasi dong taratdi. Aldovlar, manmansirashlik, “qora” moliyaviy bitimlar, buxgalteriya xisobi qoidalariga amal qilmaslik, “ishirib ko‘rsatilgan” foydalar, buxgalteriya provodkalari ichida berkitilgan qarzlar uning obro‘’siga putur yetkazdi. Etik “xatolar” uchun yana bir potentsial muxit bu Internetdir.
Noyob kitoblarning onlayn sotuvchisi bo‘lmish “Alibris” kompaniyasi, “Amazon.som”dan xaridorlarga yuborilgan elektron xabarlarni o‘g‘irlaganini tan oldi. “iVillage” kompaniyasining sobiq raxbarlari kompaniyani o‘z xodimlariga va’da qilingan fond optsionlari bo‘yicha aldayotganlikda aybladilar.
Lekin yaxshi yangiliklar xam bor. O‘yinchoqlarni ishlab chiqaruvchi “Mattel” kompaniyasi o‘zining barcha fabrikalarida etika va ijtimoiy mas’uliyat me’yorlariga amal qilinishi uchun o‘zining siyosati va amaliyotini ijtimoiy auditdan o‘tkazmoqda. Amerisan elestris Power kompaniyasining raxbariyati Boliviyada o‘rmon massivlarini tiklash uchun 5,5 mln dollar ajratdi (atmosferaga chiqarayotgan zararli gazlar ta’sirini yumshatish uchun). eBay va Infoseyek kabi internet kompaniyalar xayr-exsonga anchagina mablag‘ ajratmoqdalar. eastman Kodak kompaniyasi esa bir necha yil oldin ajoyib qadam tashladi va menejerlar oylik ish xaqining bir qismini qo‘l ostidagi xodimlariga bo‘lgan munosabati kabi omillarga “bog‘lab qo‘ydi”.
Bu bob tashqi muxit, korporativ madaniyat va transmilliy kompaniyalar faoliyati to‘g‘risidagi xikoyamizning davomi xisoblanadi (3- va 4-boblarga qarang). Avvalo biz korporativ madaniyatga asoslangan etik qadriyatlar muammosini ko‘rib chiqamiz va firmaning tashqi muxit bilan o‘zaro aloqasidagi ijtimoiy qirrasiga o‘tamiz. Biz menejerlarga etika muammolari bilan tanishish imkonini beruvchi fundamental yondashuvlarni taxlil qilib chiqamiz. Bu muammolarning axamiyatliligini tushunib yetish mustaxkam asos bo‘lib xizmat qiladi, bu asosda keyinchalik boshqaruv qarorlarini “qurish” mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |