5. Qonuniy hukmronlik
Ijrochi rahbar u bajarishi kerak bo‘lgan bo‘yrukni berish huquqiga egaligiga ishonadi. U buyruqni ijro etadi, chunki bo‘ysunish uning ehtiyojlarini qanoatlantirilishiga olib kelishiga umid qiladi. SHuning uchun qonuniy huqmronlikni ko‘pincha an’anaviy deb ataydilar. Qonuniy hukmronlik, qo‘l ostidagi rahbarning ko‘rsatmasiga u tashkiliy iyerarxiyaning yuqoriroq zinachasida turganligi uchun itoat etgan vaqtdagina haqiqiy bo‘ladi. Rahbarlar, o‘z navbatida bu hukmronlikdan foydalanadilar, chunki ularga boshqalarni boshqarish vakolatlari berilgan. Buning ustiga rag‘batlantirish va jazolash imkoniyati rahbarning buyruq berish imkoniyatini mustahkamlaydi. SHunday kilib, tashkilotni to‘xtovsiz faoliyat yuritishi qo‘l ostidagilarni an’anaviy bo‘yicha rahbarlikning obro‘si - qonuniy hukmronlikni tan olishga tayyorliklariga bog‘likdir.
An’analarga asoslangan hukmronlik ayrim kamchiliklarga ega, chunki yangi, ilg‘or narsa ba’zida eskisi bilan ziddiyatga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |