Менежмент. Маркетинг



Download 8,34 Mb.
bet140/448
Sana03.01.2022
Hajmi8,34 Mb.
#272838
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   448
Bog'liq
Менежмент маркетинг мажмуа 2020

Etika va yangi ish joyi

Bugungi kunda ko‘pgina ilg‘or kompaniyalar ular faoliyatining natijalari faqatgina moliyaviy ko‘rsatkichlar bilan o‘lchanmasligini tushunib yetdi. Etika muammolari, ijtimoiy tadbirlarning kompaniyaning iqtisodiy ko‘rsatkichlariga ta’sir etishi muammolari xam menejerlarni, xam olimlarni o‘ylantirmoqda; bu mavzu atrofida keskin baxslar ketmoqda. Firmaning “odobli xulq-atvori” uning faoliyati natijalariga salbiy ta’sir etmaydimi, degan savol eng keskin turibdi, chunki etik dasturlarga baribir oz-muncha pul sarflanadi. Bu muammoga bir necha ilmiy izlanishlar bag‘ishlangan. Olimlar tomonidan olingan natijalar yagona ma’noli emas, lekin ular shuni tasdiqlamoqda-ki, ijtimoiy mas’uliyat va moliyaviy ko‘rsatkichlar o‘rtasida katta bo‘lmagan, lekin ijobiy o‘zaro bog‘liqlik mavjud. Masalan, 1989 yili ishlab chiqilgan, ijtimoiy mas’ul kompaniyalarning birja indeksi (Domini Sosial Index) ko‘rsatishicha, bunday firmalar xuddi “mas’uliyatsiz” tashkilotlarga o‘xshab bir xilda ishlaydilar yoki ulardan samaraliroq ishlaydilar. Walker Research kompaniyasining izlanishlari natijalarining taxlilidan shu xulosa kelib chiqadi-ki, bir xil narxlar va sifatda iste’molchilarning uchdan ikki qismi etik yoki ijtimoiy mas’uliyatli kompaniyaning maxsulotiga o‘tib olish tayyorligini bildirgan. Va bu izlanishlarning natijalari xali o‘z kerakli tasdig‘ini topgan bo‘lmasa-da, ular shuni ko‘rsatdi-ki, kompaniya tomonidan etik muammolarni yechishga va ijtimoiy mas’uliyatni rivojlantirishga mablag‘lar ajratilishi moliyaviy ko‘rsatkichlarga salbiy ta’sir o‘tkazmaydi. Ilg‘or firmalarning menejmenti shuni tushunadi-ki, sofdillik va ishonch muvaffaqiyatli, foydali biznes uchun juda muximdir. Masalan, dunyodagi alyumin ishlab chiqaruvchi eng yirik Alsoa kompaniyasining Davenport Works bo‘linmasi Missisipi qirg‘oqlaridan axlatni yig‘ishtirish uchun o‘z mablag‘lari xisobiga talabalarni jalb qiladi. Illinoys shtatining “YOvvoyi tabiat Federatsiyasi” tomonidan “yil ekologi” deb nom qo‘yilgan talaba CHad Pregrake daryo qirg‘oqlaridan 12 tonna axlat yig‘ishtirdi, shu jumladan, 92 ta metall bochka, 153ta avtopokrishka, 3ta muzlatgich, gaz plitasi, televizor. Bu dasturni moliyalashtirgan xolda Alsoa kompaniyasi o‘zining ijtimoiy mas’uliyatli kompaniya degan shuxratini oshiradi. Qisqa muddatli davrda kompaniyaning ijtimoiy foydali faoliyati balkim qo‘shimcha xarajatlar keltirib chiqarar, lekin aynan shu faoliyat kompaniya va jamiyat o‘rtasida ishonchli munosabatlar o‘rnatishga qodir, bu ishonchli munosabatlarni esa xech qanday pullar evaziga sotib ololmaysiz. Demak, oxir-oqibatda bu ezgu ishlar kompaniyaning foydasiga ishlaydi.

Elektron biznes shiddat bilan rivojlangan bugungi davrda etika masalalari ba’zan ikkinchi o‘ringa o‘tib qoladi: menejerlar va oddiy xodimlar iloji boricha tezroq maksimal ko‘p pul ishlab topishga intiladilar. Lekin eng o‘tkir raxbarlar eski ezgu xalolik qanday natijalarga olib kelishini biladi. YAqinda “Silikonli vodiy” da tuzilgan Senter Beam, Ins. kompaniyasi menejerlari xalollikni o‘z korporativ madaniyatining markaziga qo‘ydilar, va endi xodimlar bu kompaniya o‘z so‘zida tura olishi to‘g‘risida ko‘plab xikoyalar aytib bera oladilar. Masalan, kompaniyaga ishga kirayotgan bir talabgor raxbariyatdan yaxshi lavozimga ishga olish to‘g‘risida va’dasini oldi. Lekin bundan keyin kompaniyaga yanada istiqbolliroq talabgordan rezyume kelib tushdi. Boshqa tez o‘suvchi kompaniyada birinchi talabgor, va’dalarga qaramasdan, rad javobini olgan bo‘lar edi, lekin faqat Senter Beam da emas. Va’da berildimi, - uni bajarish kerak. YAna bir boshqa xolatda, kompaniyaning ta’minotchisiga oldindan berilgan va’dani bajarilishi bir necha ming dollarga tushdi, lekin menejerlar o‘z so‘zida turdilar. Bu ikki xolat xam oxir-oqibatda Senter Beam ning foydasiga ishladi, xodimlar, ta’minotchilar, xamkorlar va xaridorlar tomonidan bo‘lgan ishonchni mustaxkamladi. Internet-kompaniyalar faoliyatida ishonch qanday rolni o‘ynashi to‘g‘risida keyingi bobda xikoya qilinadi.

Mexnat sharoitidagi o‘zgarishlar yangi etik muammolarning paydo bo‘lishiga olib keladi. Masofadan turib ishlash, virtual jamoalarda ishlash, egiluvchan grafik – bularning barchasi xodimlarga berilgan erkinlikni suiste’mol qilish uchun sharoit yaratadi. Mexnatni tashkil qilishning yangi usullarining muvaffaqiyati o‘zaro ishonchga bog‘liq bo‘ladi. Menejerlar nuqti nazaridan, yangi texnologiyalar xodimlar ustidan nazoratni kuchaytirish imkonini beradi (xodimning lokal tizimga kirish vaqtini kuzatib borish, kompyuterdan foydalanish, Internetda axborotni izlash). Amerika menejment assotsiatsiyasi tomonidan shu mavzuda o‘tkazilgan so‘rov natijalari shuni ko‘rsatdi-ki, AQSHdagi yirik firmalarning 74 foiziga yaqini o‘z xodimlarining ish joyidagi faoliyati va kommunikatsiyalarini u yoki bu usulda qayd qilib boradi, va 1997 yildan 2000 yilgacha bo‘lgan davrda bu ko‘rsatkich salkam ikki barobarga o‘sdi. Aksariyat kompaniyalarda xodimlar ularning ustidan kuzatuv yo‘lga qo‘yilganligi xaqida xabardor qilinadi, lekin bu qoidaga xamma xam amal qilavermaydi. Undan tashqari, ba’zi menejerlar etik jixatdan to‘g‘ri aytishlaricha, bunday yalpi nazorat nafaqat pul va vaqt sarflari nuqtai nazaridan samarasiz, balki moxiyatan noto‘g‘ridir, chunki xodimning shaxsiy xayotiga aralashish xisoblanadi.

Biz ishchi munosabatlar zamonaviy etikasining bir necha murakkab masalalarini ko‘tardik. Kompaniyalar faoliyatining globallashuv jarayonlari ularni yanada murakkablashtiradi. Bizning esa ishonchimiz komil-ki, etika va ijtimoiy mas’uliyatning yuqori standartlarining menejment tomonidan dadil qo‘llab-quvvatlanishi kompaniyalarning o‘ziga xam, umuman jamiyatga xam foyda beradi.


Download 8,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   448




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish