Menejment-korxonani boshqarish tizimi sifatida reja kirish 1


Menejmentning mazmuni va uni korxonani boshqaruvidagi o'rni



Download 268,79 Kb.
bet2/13
Sana18.11.2022
Hajmi268,79 Kb.
#867843
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Menejment-korxonani boshqarish tizimi sifatida reja kirish 1

1.Menejmentning mazmuni va uni korxonani boshqaruvidagi o'rni.
Menejment sohasining mazmunini iqtisodiyotni boshqarishning, boshqarish tizimlari va uni tuzishning tashkiliy shakllari, xo’jalik mexanizmi va boshqaruv uslublari, boshqaruv texnika va texnologiyasining nazariy va metodologik asoslarini o’rganish tashkil etadi. Menejment boshqaruv faoliyatining umumiy qonuniyatlari va tamoyillari, boshqaruv tizimiga tasir usullarini shakllantiradi, boshqaruv apparatining aniq vaziyatlardagi harakatlari va o’zini tutish hollarini umumlashtiradi. İqtisodiyotni boshqarishning nazariy va amaliy tomonlarini o’rganadi. Boshqaruv nazariyasi boshqaruv faoliyatining qirralarini butun bir majmua ko’rinishida, nazariy tahlil va mantiqiy uslub asosida boshqarishning asosiy qonuniyatlari va usullarini ajratib o’rganadi.
Menejmentning amaliy tomonlari quyidagi aniq vazifalarni hal etishga: iqtisodiyotni bozor munosabatlariga o’tishiga, foyda olishga, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, aholi ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga, kishilar manaviy darajalarini o’stirish va boshqalarga qaratilgandir.
Menejmentning bu amaliy qismi boshqaruv tamoyillarining o’zini emas, balki ularni boshqaruv amaliyotida qo’llash qobiliyati, yani ulardan muayyan ko’rinishlaridan aniq vaziyatda foydalana olish qobiliyatini o’rganadi. İqtisodiyotni boshqarish amaliyotida qonuniyatlar, tamoyillar va uslublardan foydalanish namunalarini ishlab chiqarish uning boshqarish nazariyasidan farqidir.
Menejmentning asosiy vazifasi jamiyat rivojlanishining obektiv qonunlari talablarini hisobga olgan holda va iqtisodiyotni boshqarish amaliyotini umumlashtirish asosida iqtisodiyotni samarali boshqarish uchun zarur bir maqsadga yo’naltirilgan harakatlar tamoyillarini ishlab chiqishdan iborat.
Menejer — yuqorida turgan rahbariyat xohishini bajaruvchi,haq evaziga yollanuvchi xodim. Rahbariyat beixtiyoriy ravishda ishlab chiqarish, loyihalash, mahsulotni ishlab chiqarish, sotish, moliya va boshqa tadqiqot doirasidagi odamlar bilan muloqatda bo‘ladi. Shuning uchun menejerdan u yoki bu turdagi mahsulot yaratishda va uni realizatsiya qilishda malakali tayyorlovni talab etadi. Shu bilan birga menejer har doim mahsulot va xizmat ishlab chiqarish, oluvchi, iste’molchi, vositachi bilan ruhiy aloqada bo‘ladi. Shuning uchun menejer keng qamrovli professional xislatlarga ega bo‘lgan malakali mutaxassisdir. Professional tayyorgarlikdan tashqari quyidagi doirada bilim, malaka, mahorati bo‘lishi kerak:
1. Ruhshunoslik, etika, estetika, axloq doirasida.
2. Iqtisod, din, sotsiologiya, falsafa, tarix va boshqa shaxsning dunyoqarash darajasini shakllantiruvchi fanlar doirasida.
3. Menejer faoliyati texnologiyasini keng miqyosda belgilovchi huquq, ishlab chiqarish, xizmat etikasi va boshqa yo’nallish doirasida.
Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, ma’lum rahbarlar mohirlik bilan odamlarni o‘ziga ergashtiradi, paydo bo‘lgan qiyinchiliklarni muvaffaqiyat bilan yengadi, boshqalari esa, bunday holatlarda ishchilar ishonchini qozonolmay omadsizlikka duch keladi. Ishontira olmaslik, ishchilar faoliyatini motivlashtirish va nihoyat insonda menejer xohlagan ishini bajarishga ta’sir qila olmaslik — bu rahbarda menejerga xos bo‘lgan xislatlar mavjud emasligidan dalolat beradi
Agar rahbar guruhni malakali va samarali jamoaga aylantira olmasa, unda bunday menejer guruhni shakllantira olish qobiliyatini pastligidan dalolat beradi.
Shunday qilib, bozor iqtisodiyoti menejerdan quyidagilarni
talab qiladi:
— o‘zini boshqara olish qobiliyati;
— aqliy shaxsiy qobiliyatlar;
— aniq shaxsiy maqsadlar;
— doimiy shaxsiy o‘sish;
— muammolarni yechish malakasi;
— tadbirkorlik va tashabbuskorlik qobiliyati;
— atrofdagilarga ta’sir qilish qobiliyati;
— zamonaviy boshqaruv yondashuvini bilish;
— ishchilarni o‘qitish qobiliyati;
— mehnat jamoasini shakllantirish va rivojlantirish

Menejer deb xozirgi zamon tushunchasida, bozor sharoitida, firmaning faoliyati bo’yicha aniq qarorlar qabul qilish vakolatiga ega bo’lgan, doimiy mansabni egallab turgan rahbar yoki boshqaruvchi aytiladi. Menejer tomonidan qabul qilinadigan qarorlar asosli bo’lishi kerak va boshqarishning yangi usullari, ya’ni kompyuter texnikasi yordamida ko’p variantli hisob-kitoblar asosida ishlab chiqilishi kerak.
«Menejer» tushunchasi keng ma’noga ega bo’lib, quyidagilarga taaluqlidir:
- alohidagi bo’lim va guruhlarning bajarishi kerak bo’lgan aniq ish turlarining tashkilotchisiga;
- korxonaning rahbariga va shu korxonaning bo’lim, qism yoki guruhlarning rahbarlariga;
- hozirgi zamon usullari asosida ishlarni tashkil qiladigan ixtiyoriy darajadagi
- Boshqarmaning administratorig a(ma’muriga);
buysunadiganlarga nisbatan mavjud bo’lgan barcha rahbarlarga;
Bozorda mavjud bo’lgan tavakkalchilik va noaniqlik holat menejerdan qabul qilinadigan qarorlarda mustaqil harakat va javobgarlikni talab qiladi.
Har bir menejerga yuqori darajali quyidagi talablar qo’yiladi:
- korxonaning boshqarish doirasida umumiy bilimlarga ega bo’lish;
- firmaning faoliyati taaluqli bo’lgan tarmoqda ishlab chiqarish
texnologiyasi muammolarini yecha bilish;
- ishbilarmonlik, bozor holatini tushuna bilish va tahlil qila olish, tashabbuskorlik va firma resurslarini qo’prok foyda keltiradigan tomonlarga yo’naltira olish;
- quyi pog’onadagi rahbarlar va hodimlar bilan chambarchas ishlayatodi
olish;
- asosiy bozorning iqtisodiy holatini tahlil qila bilish;
- raqib firmalarning faoliyati va hatti–harakatlarini tahlil qila bilish.
Lekin, ixtiyoriy darajadagi menejerga qo’yiladigan asosiy talab - odamlarni boshqara olishdir. Bunga quyidagilar kiradi:
- qo’l ostida ishlayotganlarni yaxshi bila olish kerak, ularni aniq
berilgan vazifani bajara olish qobiliyati va sharoiti borligini bilish;
- tashkilotni va ishchilarni birlashtiradigan sharoitni bilish va
ularning manfaatlarini himoya qila bilish;
- firma faoliyatining to’g’riligini va hodimlarning birdamliligini ta’minlash.
Menejer ishlayotgan firmaning kapitaliga mulkdorlikdan erkin, demak, u firmaning aksiyasiga ega bo’lishi yoki ega bo’lmasligi mumkin.
Menejer, yaxshi mutaxassis sifatida, maxsus mahorat va xususiyatlarga ega bo'lishi kerak. Asosiylaridan biri bu korxona va ochiqlik. Masalan, muloqot qilish qobiliyati tufayli savdo menejeri xaridorlarni mahsulot sotib olishga ishontirib, e'tiborini jalb qila oladi. "Tadbirkorlik venasi" deb nomlangan odam borligida, u bahsli ravishda muzokaralar olib borishi, o'z argumentlari uchun bahslashishi va maqsadlariga erishishi mumkin. Muvaffaqiyatli menejerlar har doim odamlar bilan umumiy til topishadilar va hatto suhbatdoshlarning xususiyatlarini inobatga olgan holda, psixologning xulosalariga ega bo'lib, ularning ehtiyojlarini tushunadilar, odamni biron bir harakatni rag'batlantirish uchun "to'g'ri kalit" ni tezda topadilar.

Download 268,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish