Kichik biznes va tadbirkorlik sub'ektlarini axborot bilan ta'minlash masalalari. Tadbirkorlik sub'ektlarini axborot bilan ta'minlash ichki va tashki bozor kon'yunkturasi, tenderlar, birja va auktsion savdolar buyicha ma'lumotlar, boshqa axborotdan xabardor qilish maxsus byulletenlar, ommaviy axborot vositalardagi chiqishlar, shuningdek, Respublika Savdo Sanoat palatasining faoliyat kursataetgan 240 mingta xo’jalik yurituvchi sub'ektlar hamda 26 mingta nomdagi tovar va xizmat hahidagi ma'lumotni o’z ichiga olgan ko’p tarmoqli “MAROQAND” axborot tizimi orqali yo’lga qo’yilgan. Ushbu tizimning portalini 20 ta mamalakatdan 500 dan ziyod chet el kompaniya va firmalari zierat qilishdi. Birjalar bilan hamkorlik qilish istagidagi kichik biznes sub'ektlari o’zlari chiqaraetgan mahsulotlarni Internet da tavsiya etish uchun beminnat imkoniyat berilyapti. Lekin, kichik biznes va tadbirkorlik sub'ektlarini axborot bilan ta'minlash xozirgi kunda talab darajasiga javob bermaydi, ayniqsa viloyat va xududlardagi, qishloq joylardagi tadbirkorlar ko’plab axborotlardan bexabar qolishmoqda.
Qisqa xulosalar
Kichik biznesdagi eng asosiy masalalardan biri - axborot bilan ta’minlashdir. Kichik biznes korxonalarida ish yuritish -bu xujjat tuzish, rasmiylashtirish, ularni ko‘paytirish, qabul qilish, jo‘natish va ro‘yxatga olish, ularning bajarilishini tekshirish, shuningdek zarur xujjatlarni izga solish va qayta ishlangan xujjatlarni aynan firmaning o‘zida saqlash kabi ishlar majmuidir.
Tayanch iboralar:
Axborot, ma’lumot, uning ahamiyati, axborot turlari, ijtimoiy-psixologik axborotlar axborot tizimi, kuzatish tajriba, so’rov, ikkilamchi axborot, birlamchi axborot,kichik biznesni axborot bilan ta’minlash.
Nazorat va muhokama uchun savollar.
Axborot deganda nimani tushunasiz?
Axborot tizimi mohiyatini aytib bering?
Axborot oqimlarini tashkil qiluvchi manbalar so’zlab bering?
Birlamchi axborot deganda nimani tushunasiz?
Birlamchi axborot uslublari nechta va ularni sanab bering?
Biznesda tadqiqot o’tkazish bosqichlari sanab bering?
Zamonaviy texnologiyalarni axborot almashtirishdagi o’rni qanday
Axborotlarni to‘plash ahamiyati qanday?
Axborotlarni saqlash qanday amalga oshiriladi?
Kichik biznesda ish yuritish asoslari nimadan iborat ?
Biznesmenning tashrif qog‘ozi nima?
Sheriklar qidirish uchun qanday tadbirlarni amalga oshirish lozim ?
Tijorat firmasidagi maxfiy axborotlar qanday saqlanadi ?
Kichik biznes korxonalarida axborotlarga ehtiyoj qanday qondiriladi?
O‘ta muhim ma’lumotlarni himoya qilish uchun qanday tadbirlarni amalga oshirish lozim ?
Ovoza qilinmaydigan ma’lumotlar nimadan iborat ?
Do'stlaringiz bilan baham: |